So‘nggi haftalarda "ko‘klar" Premyer-liga peshqadami "Manchester Siti"dan olti ochko ortda qolishni boshladi. Shuning uchun ularning murabbiyi qandaydir taktik moslashuvchanlikni ko‘rsatishi kerakmi?
"Chelsi"ning Premyer-ligadagi so‘nggi olti o‘yinida ikkita g‘alaba qozonganligi ko‘pincha jarohatlar rekordi o‘sib borayotgani va Covid-19 ning klubga ta’siri bilan bog‘liq.
Bunda haqiqat juda ko‘p bo‘lsa-da, shuni ta’kidlash joizki, Tomas Tuxel vaziyatga moslasha olishi kerak deb taxmin qilganlar kam emasdi.
Nemis murabbiyi jamoaning sport formasining tushib ketishida, shubhasiz, aybdor. Muammo uning asosiy tarkibini haddan tashqari o‘zgartirishda emas, balki umumiy strategiyani umuman o‘zgartirmasligida.
Tuxel "Stemford Bridj"ga kelganida, u doimo uning shakllanishi bilan shug‘ullanadigan hayajonli, hatto asabiy boshqaruvchi sifatida tanilgan edi. U jim o‘tiradiganlardan, yechim izlashda dadil taktikadan qochadiganlardan emas.
Qanday g‘alati, u "Chelsi" murabbiyi sifatidagi dastlabki 11 oy ichida uch himoyachidan voz kechmagan. Bugungi kunga kelib, uning dastlabki topshirig‘idan keyin 24 soat o‘tgach sodir bo‘lgan "bo‘rilar" bilan 0:0 hisobidagi durang - u to‘rt himoyachi bilan boshlagan yagona raqobatli o‘yin.
Tuxel kuch nomutanosibligiga moslashmadi. Asosiy tarkibda, 3-4-2-1 taktikasida 4-3-3 yoki 4-2-3-1dan ko‘ra ko‘proq himoyachilar bor va Antonio Ryudigerning hujumlariga va “Chelsi” qanot himoyachilarining hujumga bo‘lgan intilishiga qaramay, o‘yinda himoyachilar ko‘p. Umuman olganda, Yevropa chempionlari chempionlik uchun kurashadigan raqiblariga qaraganda kamroq kreativ o‘yinchilarga ega.
Ahamiyatlisi, bir mavsumda kutilayotgan gollar soni (xG) – 33,8 ga teng, chempionlikdagi raqiblaridan ancha past, hatto to‘rtinchi o‘rinda turgan “Arsenal”nikidan ham pastroq.
Tuxel Premyer-ligaga qanday moslashishni hali o‘ylab topmagan bo‘lishi mumkin, bu esa "Chelsi"dek klublarni to‘pga egalik qilish va maydondagi hudud jihatdan ustunligini ta’minlashga imkon bermayapti. U Parijda bo‘lganida, bu ba’zida muammo bo‘lardi, garchi ularning tarkibida texnikasi yuqori bo‘lgan futbolchilar harakat qilgan bo‘lsalar ham.
Fransiyaga ko‘chib o‘tishdan oldin Tuxelning murabbiylik faoliyati Germaniyada bo‘lib o‘tgan, u yerda qarshi hujumlarda o‘ynash ancha oson.
"Chelsi" bosh murabbiyida Timo Verner va Kay Havers kabi o‘yinchilarni qayerda o‘ynatishni bilmayapti. "Vulverxempton" va "Everton"ga qarshi o‘ta himoyaviy futbol "ko‘klar"ni tashvishlantirish uchun katta sabab bo‘ladi.
4-2-3-1 taktik uslubiga o‘tish vaziyatni o‘zgartirishi mumkin. Romelu Lukakuning borligi 3-4-2-1 uslubida yaxshi qo‘l keladi.
Ammo Tuxel har qanday vaziyatda jarohatlar kuzalishi mumkinligi e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. 4-2-3-1 sxemasiga o‘tish, Meyson Mauntni markaziy yarim himoyani oldingi uchtaligiga qo‘shsa, "Chelsi" yarim himoyachilarinining aqlli uzatmalari bilan raqiblarning chuqur himoyaga o‘tirishi va bosimni yuzaga keltirish uchun xizmat qiladi.
Tuxelning to‘p nazoratiga bo‘lgan qarashlari biroz o‘zgargan. U futbolchilariga erkin o‘ynash imkoniyatlarini beryapti. Jamoaning tarkibini shakllanishi uchun Tuxel ketma-ket taktikalarga qo‘llab ko‘rmoqda. Lekin ta’kidlash kerakki, jamoaning o‘zagi allaqachon shakllanib bo‘lgan. Klubda kuzatilayotgan yana bir muammo bu to‘g‘ri maqsad qo‘ya olmaslik bo‘lishi ham mumkin.
"Chelsi"da bu mavsumda o‘zgarishlar qilish va Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritish uchun yetarlicha vaqt bor. Ammo buning amalga oshishi uchun Tuxel "Stemford Brij"da yuzaga keladigan qiyin vaziyatlarga moslashishga tayyorligini namoyish qilishi kerak.