Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

O‘ta qo‘pol tunash jinoyati

O‘ta qo‘pol tunash jinoyati

Baho:
+ | -

Argentinalik mashhur himoyachi Nikolas Otamendi deyarli 1,5 yildan buyon «Benfika» sharafini himoya qilmoqda. Portugaliya futboli va turmush tarzi unga notanish emas - 2010-2014 yillar oralig‘ida «burgutlar»ning asosiy raqibi - «Portu»da o‘ynagandi. Nikolas yaqinda bu mamlakatdagi hayotida eng yoqimsiz holatga yuz tutdi: 5 nafar bos­qinchi uning Lissabondagi uyida «mehmon» bo‘ldi...

Odatda o‘g‘rilar futbolchilar uyini ular o‘yinga ketgan yoki safarga chiqqan payt «nishon»ga olishadi. O‘g‘irlikka bog‘liq jinoyatning bunday formulasi ayniqsa, Angliyada keng tarqalgan. Biroq Nikolas Otamendi bilan yuz bergan voqea mutlaqo boshqacha: o‘g‘irlik payti futbolchi o‘z yaqinlari bilan uyda bo‘lgan. Dahshatli jinoyat xronologiyasi va voqea atrofidagi faktlar chindan ham, qo‘rquv uyg‘otadi:

*** Mehmonda «Famalikan» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin ortga qaytgan Otamendini o‘z uyi oldida noma’lum kimsalar «muloyim» qarshi olishgan.

*** Nikolas eshikka yaqinlashgach, jinoyatchilar unga tashlanishgan, 1-2 zarba berib, kamar bilan bo‘g‘ishgan va uyga kiritishni talab qilishgan. Futbolchida ularning buyruqlarini bajarishdan boshqa iloji qolmagan. Eshik ochilgach, bosqinchilar uy sohibining boshiga qop kiydirib, ichkariga olib kirishgan.

*** Qo‘lqop va niqob kiyib olgan jinoyatchilardan ikkisi boshiga qop tortilgan futbolchini turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li turgan xonaga olib kirgan bo‘lsa, yana ikki nafari uyni ag‘dar-to‘ntar qilgancha qo‘liga ilingan barcha qimmatbaho buyumlarni olib ketgan. Ular shuningdek, jinoyat jarayonida o‘zaro rasiya orqali gaplashganlar.

*** O‘g‘irlik jinoyati atigi 10 daqiqa davom etgan, yakunda noma’lum shaxslar Otamendini yana kaltaklab, uydan chiqib ketishgan.

*** Dastlabki hisob-kitob­larga ko‘ra, bosqinchilar umumiy bahosi chamasi 300 ming yevroga teng buyumlarni olib ketishgan. Jumladan, qimmatbaho soatlar va taqinchoqlarni, yana ma’lum miqdorda pul ham.

*** Hozir Otamendi va oilasi vakillarida hammasi joyi­da. To‘g‘ri, turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng yengil «shok» holatida.

*** «Benfika»ning rasmiy bayonoti: «Klub Niko Otamendi 13 dekabr kuni erta tong­da o‘g‘irlik jinoyatidan aziyat chekkanini tasdiqlaydi. Dahshatli holatga qaramay, futbolchi ham, uning yaqinlari ham yaxshi. «Benfika» jurnalistlarni futbolchi va oilasining shaxsiy daxlsizligiga hurmat bilan qarashga, polisiya tekshiruvi natijalarini kutishga chaqiradi».

*** Setubal polisiyasi Otamendi ishini o‘z zimmasiga oldi. Ayni payt Otamendi uyi oldiga maxsus qo‘riqlash guruhi qo‘yilgan. Bundan tashqari, tansoqchilar ham futbolchi va uning yaqinlarini hamma joyda kuzatib borishadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:30, 24.12.2021.
O'qildi: 3071 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик