Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Torres, Keyn va Gvardiola haqida

Torres, Keyn va Gvardiola haqida

Baho:
+ | -

Kecha Gvardiolaning Ferran Torres transferi haqida aytganlarini o‘qib men ham Aslanov kabi Harri Keynni esladim. Yozda "Manchester Siti"ga o‘tishni juda istagan Keynni "Tottenhem" qo‘yib yubormadi. Garchi mashg‘ulotlarga qatnashni to‘xtatib, oshkora ravishda qarori qat’iy ekanini ko‘rsatsada Deniyel Levi hujumchini sotmaslikni to‘g‘ri deb bildi.

Avgustning birinchi haftasida shayxlar Djek Grilish uchun 100 million funt sterling berishdi. Bu asli Keynga atalgan pullar edi. Harri esa qanchalik istamasin Manchesterga ko‘chib o‘tmadi.

Gvardiolaning so‘zlaridan kelib chiqsak, ispan Harri Keynni tarkibida ko‘rishni juda va juda istagan! Chunki so‘zni bejiz sarflamaydigan murabbiy Grilishning adaptasiyasi biroz murakkab kechayotgan bir vaqtda Torresning transferi haqidagi fikr orqali Keynga ishora berishi anchayin ramziy. Bu uning ichidan kelayotgan afsus va qisman alam oqibatidir.

Masalaning boshqa tomoni shundaki, o‘zi ismasa ham Londonda qolgani Keynning o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Avvaliga u Nunu Eshpiritu Santu qo‘l ostida umuman gol urmadi va o‘ziga o‘xshamadi. Maydonda sekin yugurar, yugurganda ham shunchaki oyoqlari bilan, yurak va aql yordamisiz yugurardi va istamaygina zarba yo‘llardi. Bu balki professionallikka ziddir, lekin men Keynni tushunaman. Yaxshi tushunaman. Futbol garchi jismoniy sport turidek ko‘rinsada, aslida u ko‘proq ijodiy yondashuvga asoslangan sport turidir. Istalgan ijodiy jarayonda esa ijodkorning ilhomi, samarasi uning o‘zi uchun hech bo‘lmasa minimal komfortda bo‘lishiga to‘g‘ri proporsionaldir. Xullas, ichki ishonchi qolmagan, olovi so‘nggan ijodkordan (futbolchidan) samara kutish noto‘g‘ri.

Biroq vaqt ko‘p dardlarga davo deganlaridek, Keyn ham ohista o‘ziga kelmoqda. Orada Santuning istefoga chiqarilishi ham uning uchun muhim bo‘ldi. Aslida muhimi bu Antonio Konte kalibridagi murabbiyning ish boshalagani. Endi Harri Keyn yurak bilan yugurmoqda, aql bilan harakat qilyapti. Gollar hozir ham deyarli yo‘qligining boisi esa menimcha bir muddat muvofiqlikni yo‘qotgan jismoniyat va ruhiyat yana uyg‘unlashib ketishi uchun ozgina vaqt talab etilishidadir. Gvardiola-ki Keynni tarkibiga qo‘shib olmaganidan afsuslanib, orada achchiq aralash buni bilintirib qo‘yyaptimi, demak tushunmoq kerak — Harri Keyn katta futbolchi, o‘ta katta.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 10:45, 24.12.2021.
O'qildi: 2716 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.