Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Luish Nani hikoyasi (2-qism)

Luish Nani hikoyasi (2-qism)

Baho:
+ | -

Ochlikni tushuntirib berish qiyin. Ayrim insonlar: «Afrikadagi qashshoq bolalarga qarang» - deydi. Ha, siz ularni qanday och qolayotganini ko‘rishingiz mumkin. Lekin ular buni o‘z tanasida his qilib ko‘rmagan. Og‘zingiz qurib qolishi va qorningizning tinimsiz g‘uldurashi va butun tanangiz bo‘ylab og‘riqni his qilib ko‘rganmisiz? Shunday paytlar bo‘lardiki tanamning bir qismini pishirib yeb ko‘rsa bo‘larmikan deb o‘ylab qolardim. Bunday holatlarni juda ko‘p his qilganman. Bularga ko‘nikish qiyin edi.

Lekin ochlikning bir yaxshi tomoni ham bor – u sizni izlanishga, yangi qarorlar qabul qilishga majburlaydi.

Kunlardan bir kuni katta akam Paulo Roberto xayoliga bir fikr kelib qoldi. O‘ylashimcha 10 yoshlar atrofida edim. Akam mendan 5 yoshga katta edi va qaysidir tomonlama oilamizda otamning o‘rnida edi. U meni ko‘p narsalarga o‘rgatgan. Akam menga shunday dedi: «Kel, Lissabonning boylar yashaydigan tumaniga borib ulardan ovqat so‘raymiz».

Menga bu fikr unchalik ham yoqmadi. Nahotki hammasi shunchalar oson bo‘lsa? Lekin Paulo ularda ortiqcha ovqat bo‘lishini bilardi va u adashmagan edi. Men hayratda edim. Chunki ular bizga non, sho‘rva va pechenyelar berishardi. Kimlardir bizni uyiga taklif etardi. Yana kimlardir ovqat sotib olishimiz uchun bizga pul berardi. Biz hattoki u yerda yangi do‘stlar ham orttirishga ulgurdik. O‘ylashimcha, biz ularga yoqib qolgandik, chunki biz o‘g‘rilik qilmasdik. Biz iltimos qilardik. Biz rostgo‘y edik.

Bir kuni Paulo bilan futbol o‘ynayotganimizda bir pitsseriyaga ko‘zimiz tushib qoldi. Borib ulardan biroz ovqat qoldiqlari bormi deb so‘raganimzida ular bizga rad javobini berishdi. Ammo u yerdan chiqib ketayotganimizda bir ayol ortimizdan chiqib keldi. «Salom. Hoy, hoy! To‘xtanglar!» Ikki daqiqadan so‘ng u o‘zi bilan pissa olib keldi. Ox, do‘stim, bu pissa… u juda ham shirin edi.

Agar siz rostakam ochlikni his qilmagan bo‘lsangiz, meni oshirib yuborayapti deb o‘ylashingiz mumkin. Biroq men rostan aytyapman, chunki uni yana bir bor tatib ko‘rish imkoniyatim bor. Keyin o‘sha ayol biz bu yerda nima qilayotganimizni so‘radi. Akam futbol o‘ynayotganimizni aytdi. Keyin esa u bizni ertaga ham bu yerga kelish yoki kelmasligimizni so‘radi. U biz futbolni qanday o‘ynashimizni ko‘rmoqchi edi. Biz ayol xohlaganidek qildik. U akamning o‘yinini ko‘rib shunday dedi: "Oxo, o‘yining juda yaxshi!” Keyin esa shunday dedi: «Meni professional futbolchi do‘stim bor. Balki u senga yordam bera olar»

Uning do‘stini ismi Marko Aurelio edi. Biroz vaqtdan so‘ng u akamni «Sporting» klubida mashg‘ulot o‘tkazishi borasida kelishuvga erishdi. Shu tariqa, pissa so‘ragan akam, Portugaliyaning eng yaxshi jamoalaridan birida sinovdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yomon emas!

Bu hayotingizda uchrashi mumkin bo‘lgan eng katta imkoniyat edi. Lekin akam mashg‘ulotga kech qoldi… naqd bir oyga! Jiddiy aytyapman. Bir soat emas. 20 daqiqa emas. Bir oy!

Paulo mendan farq qilardi, sababi ham shunda. Shak shubhasiz, u juda yaxshi futbolchi edi, ammo uning boshi joyida emasdi. Uning yomon do‘stlari ko‘p edi. Shu tufayli u ham chekishni boshlab yuborgandi. U «Sporting» ko‘rigiga kech qolganidan so‘ng biroz vaqt o‘tib Niderlandiyaga «Sparta Rotterdam» klubida mashg‘ulot o‘tkazishga yo‘l oldi. Lekin u hech qachon professional futbolchi bo‘lishni istamasdi. U «Sporting»dan taqdim etilgan bu imkoniyatni ko‘kka sovurgach, tangri oilamizdan aynan meni futbolchi bo‘lishim uchun yaratgan ekanini tushunib yetdim. Barcha akalarimda to‘g‘ri yo‘lda yurish borasida muammosi bor edi. Ularga tartib, maqsad, pozitiv fikrlash yetishmasdi. Aynan mazkur sifatlar menda bor edi.

Davomi bor...

Manba: https://t.me/Turdialiyev_Hasan
Kiritildi: 10:00, 25.12.2021.
O'qildi: 2310 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.