Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/11 00:45 Kalyari 1-0 Verona
30/11 01:00 Brayton 1-1 Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka 2-1 Valensiya
30/11 15:00 Navbahor 3-3 Andijon
30/11 15:00 OKMK 1-0 Qizilqum
30/11 15:00 Lokomotiv 2-3 Neftchi
30/11 15:00 Bunyodkor 2-0 Paxtakor
30/11 15:00 Surxon 3-0 Olimpik
30/11 15:00 Dinamo 1-0 So‘g‘diyona
30/11 15:00 Nasaf 1-2 Metallurg
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta
01/12 00:45 Bolonya - Venetsiya
01/12 01:00 Valyadolid - Atletiko

“Iblislar“ qanday mahv etildi yoxud Rangnikning Abramovcha xatosi haqida

“Iblislar“ qanday mahv etildi yoxud Rangnikning Abramovcha xatosi haqida

Baho:
+ | -

Kecha “Old Trafford“da mezbon “Manchester Yunayted“ klubi asosi portugallardan iborat “Vulverxempton“ni mehmon qildi. Rostan ham juda yaxshi mehmondo‘stlik qilib yubordi, ochig‘i. Uchrashuv 1:0 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Vaholanki, o‘yin davomida “bo‘rilar“ bemalol 3-4 ta gol urib qo‘yishi mumkin edi. Biroq David de Xeaning fantastik seyvlari MYUchilar joniga oro kirdi. Ispaniyalik posbon 82 daqiqa davomida darvozasini daxlsiz saqlashga muvaffaq bo‘ldi. Lekin yakunda haqiqat baribir o‘z so‘zini aytdi. “Vulvz“ gol urdi va mehmonda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Haqli ravishda.

Xo‘sh, Brunu Laje jamoasi ushbu bahsda qanday qilib g‘alaba qozondi? Manchesterliklarning o‘yini qovushmasligiga uning jamoasi sababchi bo‘ldimi?

Dastlab “bo‘rilar“ning maydonda olib borgan taktik ishlanmalariga e’tibor qaratamiz. Uchrashuv oldidan sxemalar orqali mehmonlarning 5 yarim himoyachi bilan harakatlanishi ko‘rsatildi. Semedu va Marsal loteral sifatida 2 pozisiyada o‘ynashi ma’lum edi. Biroq asosiy e’tibor baribir markazga qaratilgandi. “Yunayted“da esa yarimhimoyachilar 4 nafar deya ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, negadir Sancho hamda Grinvud ortga qaytib, markazni mustahkamlashda dangasalik qilishdi. Bu esa “MYU“ tayanch zonasidagilar uchun ikki karra yuk bo‘ldi. Skott va Nemanya ham bog‘lovchi, ham buzuvchi rolida o‘ynashga majbur bo‘lib qolishdi. Tabiiyki, ular buni eplay olishmadi. Shu tariqa, markaz to‘liqligicha mehmonlarga topshirildi. Bu to‘p nazorati va zarbalarda yaqqol aks etdi. Birinchi taymning o‘zida “Vulverxempton“ salkam 60% to‘p nazoratiga egalik qildi, 14 zarba berdi, 6 ta burchak zarbasini amalga oshirdi.

2-bo‘limda ham vaziyat deyarli o‘zgarmadi. Faqatgina 70-daqiqaga kelib, Rangnik jamoasi uzog‘i 5 daqiqalik shiddatli bosim uyushtirdi. Keyin yana avvalgi holatga qaytdi.

Eng qizig‘i, nemis mutaxassisi amalga oshirgan almashtirishlar bo‘ldi, biz uchun. Dastlabkisi – Grinvud o‘rniga Fernandesh. Xo‘p, Fernandesh kerakligi aniq ko‘rinib turgandi. Uning kabi bog‘lamlarda harakatlanuvchi futbolchi zarur edi Manchesterning qizil tomoniga. Biroq nega Kavani emas, Grinvud o‘rniga??? Fernandeshni yana qanotga majburlab joylashtirishning nima keragi bor edi?

Ikkinchi o‘zgarish – Sancho aut, Reshford in. Yana markaz e’tiborsiz qoldi va yana samarasizligi ayon bo‘lib ulgurgan qanotlarga urg‘u berilmoqda.

Uchinchi o‘zgarish – himoyachi Uan-Bissaka olindi, hujumchi Elanga tushirildi. Jamoa 3-3-4 va hatto, 3-2-5ga o‘tdi. Shusiz ham bazo‘r hujumlarga chap berayotgan himoyachilar endi yanada og‘ir ahvolga tushib qolishdi. To‘g‘ri, natija uchun tavakkal qilish kerak. Biroq nega bunday ko‘rinishda va nega g‘alaba uchun emas, durang uchun tavakkal qilish kerak?!

Rangnikning yurishlarini kuzata turib behosdan o‘zimizning “daho“ Vadim Abramovimiz esga tushib ketdi. Saudiyaga qarshi bahsda hech kim kutmagan va hamma noto‘g‘ri ekanligini anglab turgan taktika bilan jamoani boshlab tushgandi muhtaram murabbiyimiz. 1-taymdan so‘ng bu qaror xato ekanligi isbotini topib ulgurdi hamki, bizning murabbiy haliyam fikrida qat’iy turib, sxemani o‘zgartirmadi. Yakun qanday bo‘lganini esa siz yaxshi bilasiz.

Ralf ham ketma-ket o‘yinlarda o‘z qarorida sobit turgancha, o‘zgartirishga qo‘l urmayapti. Bundan xulosa qiladigan bo‘lsak, yo u rostan biz bilmaydigan narsalarni anglovchi daho yoki futbolning oddiy tomonlarini-da tushuna olmaydigan ojiz murabbiy.

P.s. Aytgancha, Abramov yuqoridagi g‘alati qarorlaridan so‘ng ko‘p o‘tmay iste’foga chiqarilgandi. Balki Rangnik ham...

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:05, 04.01.2022.
O'qildi: 3965 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.