«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionatining 18-turi doirasida bo‘lib o‘tgan Menxengladbaxning «Borussiya»ga qarshi o‘yinda (1:2) jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. 33 yoshli futbolchi uchun ushbu gol joriy mavsumdagi Bundesliga doirasidagi 20-gol bo‘ldi.
Polshalik futbolchi Yevropaning top-5 chempionatlarida yigirmatalik marrani zabt etgan ilk o‘yinchiga aylandi. Uning yaqin ta’qibchilari — Patrik Shik («Bayer», Germaniya), Dushan Vlaxovich («Fiorentina», Italiya) va Muhammad Saloh («Liverpul», Angliya) hisobida 16tadan gol mavjud.