“Arsenal” himoyachisi Sedrik Soaresh jarohat oldi.
30 yoshli portugaliyalik futbolchi Angliya Liga kubogi doirasidagi “Liverpul”ga qarshi bahsda jiddiy jarohat olgandi. Himoyachi o‘yinning 10-daqiqasidayoq almashtirildi. Uning maydondagi o‘rnini Kallum Chembers egalladi.
Jarohat tafsilotlari va futbolchining tiklanish muddati batafsil tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin ma’lum bo‘ladi.
Soaresh bu mavsumda Premyer-ligada to‘rtta o‘yinda gol urdi.