Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Orzulari ushalgan "bolakay" (4 qism)

Orzulari ushalgan "bolakay" (4 qism)

Baho:
+ | -

 

  Shundan so‘ng, klub darajasidagi ishlar ancha tez yomonlasha boshladi. Roy Xojson boshchiligida "Liverpul" klub tarixidagi qorong‘u kunlarni boshladi. Hujumchining o‘yin sifati o‘z pozisiyasidan noroziligi tufayli keskin tushib ketdi. «Liverpul» klubidagi faoliyati davomida birorta ham sovrin yuta olmaganligi uchun uning umidsizliklari oqlangan. Muxlislar shunda ham Torresni olqishlashar va uni holatini tushunishar edi.

  2011 yilning 27 yanvarida "Chelsi" futbolchiga 40 million funt sterling taklif qilgan. Transfer rad etildi. Ertasi kuni Fernandoning o‘zi “Liverpul” rahbariyatidan uni “Chelsi”ga sotishini soradi. Uning fikri inobatga olinmadi. Ammo, oxir-oqibat, londonliklar “qizillar”ni ko‘ndirdi va 2011 yilning 31 yanvarida Fernando Torres 58 million funt sterling evaziga "Chelsi" futbolchisiga aylandi.

Bu transfer Torres faoliyatining tanazzulini ko‘rsatdi, bu "jarlikka qulash"ning boshlanishi edi, vaqt o‘tishi bilan u Yevropaning barcha jamoalarini dahshatga soladigan hujumchidan oddiy futbolchiga aylandi. Uning Enfilddan ketishiga muxlislar shunchaki qarab tura olishmadi. Uni sotqin deyishdi va Torres ismi tushirilgan liboslarni olovga otishdi.

 Hech bir o‘yinchi Stiven Jerrard kabi sadoqat va fidoyilikni o‘zida mujassam etgan emas, ammo "Liverpul" sardorining so‘zlari Torresga klubni tark etish qarorida yordam berdi: "O‘zing haqingda o‘ylab ko‘r va sen uchun eng yaxshisini qil. Sen “Liverpul” uchun qo‘lingdan kelgan ishni qilding."

 Ba’zilar Torresning qarorini sodiqlikdan ko‘ra pulga asoslangan xudbinlik deb bilishadi. Aslida, Jerard haq edi; Torresda isbotlash uchun hech narsa yo‘q edi. Uning harakatlari “Liverpul”ni shon-shuhratga olib chiqish uchun kamlik qildi, klub jiddiy narsa uchun kurasha olmaganida uning aybi yo‘q edi. Fernando o‘zining cho‘qqisida edi, u eng yuqori saviyada o‘ynashni, sovrinlar uchun kurashishni xohlardi. Futbolchilik faoliyatining katta qismi ortda qolgan Torres sovrin yutishni istashi turgan gap edi.

 Shaharga bo‘lgan muhabbatiga qaramay, u Jerard kabi klubga sadoqatli bo‘lib qola olmadi. "Liverpul"ni tark etish uning muxlislar bilan munosabatlarini buzdi. Torres o‘zining Mersisayddagi obro‘siga putur yetkazsa-da, karerasini davom ettirishga qaror qildi. Jerrard u To‘g‘ri qilganini aytgan ersa-da "Liverpul" muxlislari orasida g‘azab va xiyonat hissi yo‘qolmadi.

 Ispaniyalik futbolchi yangi klubi uchun 900 daqiqadan ko‘proq gol ura olmadi va keyingi mavsumda uning golsiz davrlaridan biri deyarli besh oy davom etdi. Bu tizzasidagi jarohat oqibati bo‘ladimi yoki "Liverpul"ni tark etishning hissiy va psixologik ta’siri bo‘ladimi? Bunisi noma’lum.

  Uning "Chelsi" libosidagi eng yaxshi lahzalari 2012 yilning aprel oyida bo‘lgan. Torres Chempionlar ligasi yarim finalida “Barselona” darvozasiga gol urgan, keyin esa “ko‘klar” finalda “Bavariya”ni mag‘lub etgan. Shu tariqa  “El Ninyo” va “aristokratlar” Chempionlar ligasini yutgan.

 2012 yilgi UYEFA Yevropa chempionatida Torres xalqaro maydonda yana maydonga tushib, “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ispaniya finalda Italiyani 4:0 hisobida mag‘lub etib, ketma-ket uchinchi yirik kubokni qo‘lga kiritdi. Fernando o‘sha o‘yinda zaxira o‘rindig‘ida edi, lekin maydonga tushdi va gol urdi.

2012 yilda "Chelsi"da Rafa Benites ish boshlashi Torresga yordam berishi kutilgan edi.

Torresning eng yaxshi formasiga qaytishga qodir emasligi aniq bo‘lgan. Joze Mourinyo qo‘l ostidagi 2013-14 yilgi omadsiz mavsumdan so‘ng, Torres 2014 yilning avgust oyida yangi muammo uning to‘xtab qolgan faoliyatini jonlantirishi mumkin degan umidda ijara asosida "Milan"ga qo‘shildi. Yarim mavsum va bir goldan so‘ng, Milan uni sotib oldi va uni “Atletiko Madrid”ga ijaraga berib yubordi.

Davomi bor.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:00, 14.01.2022.
O'qildi: 2332 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.