"Arsenal" himoyachisi Pablo Mari "Udineze"ga o‘tish arafasida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Italiya klubi futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga oladi. Shuningdek, "Udineze"da ispaniyalik futbolchini majburiy sotib olish sharti bo‘lmaydi.
28 yoshli futbolchi joriy mavsumda Premyer-ligada ikkita o‘yinda maydonga tushdi.