Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

“Real” Vinisiusga yangi shartnoma taklif qildi

“Real” Vinisiusga yangi shartnoma taklif qildi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi jamoa yetakchilaridan biri Vinisius Juniorga shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif yubordi. Bu haqda taniqli insayder Florian Plettenberg o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar bergan.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, madridliklar rahbariyati 26 yoshli braziliyalik hujumchi bilan bir necha oydan beri muzokaralar olib bormoqda va uni jamoada saqlab qolishga urinmoqda. “Real” mutasaddilari Londonning “Arsenal” klubi futbolchiga jiddiy qiziqish bildirayotganidan xabardor. Qayd etilishicha, londonliklar ham tez orada Vinisiusga rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, braziliyalik vinger 2018-yildan buyon “qirollik klubi” sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u jamoa safida jami jami 375 ta o‘yinda maydonga tushib, 128 ta gol hamda 100 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Vinisius “Real” tarkibida 3 marta Ispaniya chempioni, 2 marta klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi, Ispaniya Kubogi va Superkubogi sohibi hamda ikki karra Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan.

2026-yilgi Jahon chempionatida Vinisius Braziliya milliy terma jamoasi safida 5 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol va 1 ta assist qayd etdi hamda terma jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Eslatib o‘tamiz, braziliyaliklar JCH-2026 turnirining 1/8 finalida Norvegiya terma jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani erta tark etgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:49, 28.07.2026.
O'qildi: 3381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик