Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Superliga hakamlari uchun maxsus o‘quv yig‘ini tashkil qilindi

Superliga hakamlari uchun maxsus o‘quv yig‘ini tashkil qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, Superliga bahslarida ishlaydigan va unga nomzod bo‘lgan hakamlar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahrida o‘tkazilgan yig‘inda hakam va yordamchi hakamlardan normativ testlar olinib, o‘yin qoidalari bo‘yicha seminarlar olib borildi. Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida VAR-simulyatorida mashg‘ulot tashkillashtirildi va hakamlar maxsus o‘rtoqlik uchrashuvlarida sinovdan o‘tkazildi.

Kecha O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov o‘quv-seminarga tashrif buyurdi.

“Professional futbol rivojlanishi uchun sifatli hakamlik zarur, buning uchun hakamlarimiz doimiy ravishda o‘z ustida ishlab, chempionat o‘yinlarini yuqori saviyada boshqarib, halol va albatta adolatli qarorlar chiqarishi lozim. Eng asosiy maqsadimiz — muxlislarning hakamlikdan rozi bo‘lishiga erishish. Faqat shu orqali hakamlik imidjini ko‘tarishimiz, hakamlikka bo‘lgan ishonchni oshirishimiz mumkin. Bu yo‘lda albatta bor imkoniyatimizni ishga solamiz. VAR tizimi qanchalik qimmat bo‘lishiga qaramasdan, adolatni ta’minlash uchun har qanday xarajatdan qochmagan holda ushbu texnologiyani milliy chempionatimizga tatbiq etayotganimiz ham futbolda shaffoflik va halollikni qaror toptirish yo‘lidagi qadamdir”, dedi Ravshan Ermatov.

Shuningdek, uchrashuv davomida joriy yilgi FIFA hakamlarining ro‘yxati tilga olindi. Reytingga ko‘ra, o‘zbekistonlik 9 nafar bosh hakam va 11 nafar yordamchi hakamlar bu yil xalqaro darajadagi uchrashuvlarni boshqarish uchun da’vogar hisoblanadi. Ravshan Ermatov ularning zimmasida katta mas’uliyat borligini aytdi. Bundan tashqari, mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati bahslarini boshqarish uchun bir nechta o‘zbekistonlik hakamlar ham nomzod ekanligi, ular ham chempionatga qadar tinimsiz o‘z ustlarida ishlab borishlari kerakligi qayd etildi.

Ayol hakamlarimizning ham xalqaro miqyosda o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotganligi, Edita Mirabidova va Anna Sidorova kabi hakamlarimizga katta ishonch bildirilayotganligi e’tirof etildi. Ayollar chempionatida ham uchrashuvlarni ayol arbitrlar boshqarib borishini yo‘lga qo‘yish, ularning malakasini doimiy ravishda oshirib borish zamon talabi ekanligi ta’kidlandi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 05:12, 31.01.2022.
O'qildi: 1101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.