Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

«Raqiblar». Maldinimi yoki Sanetti? Kim kuchliroq (edi)?

«Raqiblar». Maldinimi yoki Sanetti? Kim kuchliroq (edi)?

Baho:
+ | -

Dunyoda shunday futbolchilar borki, ular o‘z faoliyati davomida faqatgina bitta klub sharafini himoya qilgan. Ha, tarixda bunday futbolchilar ko‘p emas, ammo mavjud. Shunday taqdir egalari qatorida Paolo Maldini hamda Xavyer Sanetti ham bor. Ushbu futbolchilar faoliyatini raqamlardan o‘qib olishingiz mumkin: Maldini «Milan» safida 902 marta maydonga tushgan. Sanetti esa «Inter»da 858 bor o‘yinlar qatnashchisiga aylangan. Ikki himoyachi o‘z vaqtida derbi bahslarida jamoasining suyanchiga aylanardi. Har biri bir shaharning ikki ulug‘ klubining sharafini himoya qilib keldi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: bu ikki fenomenning qay biri yaxshiroq bo‘lgan, qay birining yo‘li buyukroq? Quyida ushbu savollarga bir nechta aspketlardan nazar solib ko‘ramiz.

1. Taktik moslashuvchanlik

Umuman olganda, har ikki raqib maydonning turli xil o‘rinlarida o‘ynash qobiliyatiga ega bo‘lgan. Xususan, Paolo Maldini himoyada uchtalik yoki to‘rttalik taktik sxemada asosan qanotni himoya qilgan. Ammo vaqti kelsa, markaziy mudofaa uchun ham turib bera olgan.
Xavyer Sanetti esa o‘zining yaxshiroq moslashuvchanligi bilan ajralib turardi. U himoyaning markazida, har ikki qanotida, yarim himoyaning markazida yoki qanotida harakat qila olgan. Albatta, murabbiy g‘oyasidan kelib chiqib, Sanetti istalgan nuqtaga joylashishi mumkin edi. Bu darajadagi futbolchilar kamyob. Shuning uchun bu bob Sanettiga tegishli. Demak, g‘olib – Sanetti.

2. Derbidagi natijalar

Sanetti va Maldinini solishtirishni, ularning derbidagi natijalariga qaramasdan amalga oshirish imkonsiz ish. Biz ham bu jihatga alohida e’tibor qaratdik. Bu juftlik Milan derbilarida qatnashish borasida mutlaq rekordchi sanaladi. Maldini 56 ta o‘yin bilan nisbatan yetakchi bo‘lsa, Sanetti 47 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkinchi o‘ringa joylashgan. Ularning har biri, derbini ko‘p bor yutgan. Lekin Maldinida tosh bosadigan natija borki, uni bu borada g‘olib deb bilishga majbur qiladi. Bu bir paytlar YECHL yarim finalida «Inter» ustidan qozonilgan g‘alaba edi. Shu sababdan Maldini Sanettidan ustundir.

3. Himoyaviy harakatlar

Oldindan aytib qo‘ya qolamiz, bu kategoriyani ham Maldini oladi. Negaki, u yaxshiroq ixtisoslashgan futbolchilar toifasiga kiradi. «Milan» afsonasining himoyaviy sifatlari juda ham kuchli edi. U chapta o‘ynaydimi yoki markazda, har qanday hujumchi uchun qalqon vazifasini o‘tay olgan. Maldinining o‘yinni o‘qiy olishi, raqiblarga qarshi kuchli tajovuzkorligi hamda havodagi muvaffaqiyatli harakati, uni mukammallik sari yetaklagan. Shu boisdan Paolo Maldinini g‘olib deb e’lon qilamiz.

4. Hujumkorlik

Maydonning raqib tomonida, Sanetti jamoasi uchun foydaliroq bo‘lgan. Bu degani, Maldini hujumlarda qatnashmagan, faqat mudofaada yurganini anglatmaydi. Biroq, Sanetti raqib darvozasi oldida yaxshiroq harakat qilar, sovuqqon va tabtortmas edi. Uning hujumchilar bilan bog‘lanishi ham yaxshiroq kechgan. Bu jihatdan olib qaraganda, Sanetti hozirgi, zamonaviy qanot himoyachilariga o‘xshaydi. Xavyer o‘z hujumchi sheriklarini oldinga boshlar, jarima maydonchasiga to‘pni o‘ta qulay va mos ravishda yetkazib berardi. Uning hujumni qo‘llab-quvvatlashini Maldininikiga tenglashtirib bo‘lmaydi. Shunday ekan, bu jihatda Sanetti ustunroq.

 

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 21:11, 04.02.2022.
O'qildi: 1952 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик