Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Krishtianu garajiga yana bir nazar: 17 million funtlik «motorlar uyumi» haqida

Krishtianu garajiga yana bir nazar: 17 million funtlik «motorlar uyumi» haqida

Baho:
+-1 | -

Krishtianu Ronaldu futbol olamidagi mashhurlikni undan tashqariga ham ko‘chira olgan shaxsdir. Futbolchi tez-tez o‘z shaxsiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan xabar va rasmlarni kuzatuvchilari uchun ulashib turishi hech kimga sir emas. Bu safar esa katta sahnaga uning o‘zi emas, balki turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodriges chiqdi. U yaqinda «Netflix» tarmog‘i foydalanuvchilari uchun o‘z hayotining hashamatlarini, xususan, maxsus garajini namoyish etdi. «MYU» superyulduzining jufti «Netflix» kameralari qarshisida Madrid shahridagi 5 million funtlik hashamdor narsalari bilan birga suratga tushdi. Ushbu videolar yig‘indisidan esa «Men Jorjinaman» ( I Am Georgina / Yo soy Georgina) nomli hujjatli film ishlanganidan hammaning xabari bor. Jorjina Krishtianuning garajini ko‘z-ko‘z qilar ekan, undagi mashinalarga mahliyo bo‘ladi. Ronalduning garaji jami qiymati 17 millionlik «motorli qutilar uyumi» bilan to‘la edi.

Ushbu dasturning qisqacha tizerida futbolchining superkarlari sovitish tizimiga ega garajga mohirlik bilan terib qo‘yilgani ham aks ettiriladi. Yuqori sifatga ega yoritqichlar hamda rangdor polda ushbu manzara yanada chiroyli tus olgan, mashina jinnilari uchun esa risoladagidek ko‘rinishga kelgandi. Quyida ushbu qatorda bugungi «chaqaloq»ning aynan qaysi turdagi avtomobillari yig‘ilgan ekanini sanab o‘tamiz.

Qatorning boshlanishini futbolchining sevimli ulovlaridan bo‘lmish «Bugatti Chiron» markali brend egallagan. Ushbu mashinaning narxi kamida 2 million funtni tashkil etadi. Undan keyingi o‘rinda «Ferrari 599 GTO» turibdi. Ushbu poygachi avto nisbatan ancha arzon, 500 ming funtga baholangan. Navbatning uchinchi o‘rinini esa 750 ming funtlik «McLaren Senna» davom ettirgan. So‘nggi o‘rinda «Rolls-Royce Cullinan» joylashtirilgan (300 ming funt). Agar hisobdan va jilolardan idrokingiz charchamagan bo‘lsa, u holda garajning ikkinchi qatoridagi avtolarni sanab ko‘ramiz.

Undan 1,5 million funtlik «Bugatti Veyron», oq rangli «Mercedes-Benz C65 AMG» (200 ming f), sabzirang «McLaren MP4-12C» (220 ming f), «Lamborghini Aventador» (270 ming f) hamda yirik, «Merc G-Wagon Brabus» (600 ming funt) joy olgan. Shourumdan uzoqroqda barpo etilgan garajning yana bir qismida kamida yana to‘rtta brend avtolar zaxira shinalari oldiga terib qo‘yilgan. O‘sha qatorda kumushrang «Ferrari», «AMG GLE 63» markali «Mercedes» hamda qora rangli yana bitta kundalik yumushlar uchun mo‘ljallangan «Benz» savlat to‘kib turgan edi.
Jorjina Rodriges shuningdek, o‘zi haqidagi filmda «Range Rover»da sayr qilayotgan paytida ham ko‘rinish beradi.

Ronaldu o‘tgan yili Angliyaga qaytishi bilan o‘z kolleksiyasiga 250 minglik «Bentley Flying Spur» elektrokarini qo‘shib qo‘ygandi. «MYU» mashg‘ulotlariga esa boshqa bir «Bentley Continental GT» bilan borganidan, siz muxlislar xabardorsiz. Ronalduning eng qimmat avtomashina xaridlaridan birining narxi 8,5 million funtni tashkil etadi. Superkar butun dunyoda faqat o‘n nusxada ishlab chiqarilgan «Bugatti Centodieci» edi.

 

Futbolchi buni 2020 yilda sotib oladi. O‘sha yili, CriRo'ning F1 poygalarida «Ferrari» boshqargan holatida tushirilgan rasmi tarqalgan. Ushbu mashina «Monza» markali 1,4 million funtlik model edi. Hujumchida shuningdek, eng arzon hisoblangan «Lamborghini Urus» hamda «Chevrolet Camaro» nomli ulovlari ham mavjud. Ularning o‘rtacha narxi 40 ming funtdan oshmaydi. Ronaldu o‘zi yig‘gan mashinalaridan ko‘p ham foydalanavermaydi. U bir vaqtning o‘zida ulardan faqat bittasini hayday oladi, xolos. Eng asosiy ish esa – xobbini davom ettirish.

 

 

Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:30, 05.02.2022.
O'qildi: 3067 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.