Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Imomning o‘g‘li Sadio Mane — Afrika chempioni!

Imomning o‘g‘li Sadio Mane — Afrika chempioni!

Baho:
+ | -

Sadio Mane 1992 yil Senegalning Sediu shahrida tug‘ilgan. Ammo uning bolaligi oilasi ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan mittigina Bambali qishlog‘ida o‘tadi. Sadioning otasi mahalliy masjidlarning birida imom edi. Ko‘p bolali oila kattalari farzandlarini ko‘proq o‘qishga undashardi. Bolalar orasida o‘qishni yaxshi ko‘radiganlari ham bor edi, biroq Sadio maktabdan ko‘ra futbolni ko‘proq sevardi.

2002 yil har bir senegallik bolakay ongida katta chaqnash yuz bergan, agar u futbolga qiziqqan bo‘lsa, albatta. Boisi shu yili jahon chempionati doirasida Senegal terma jamoasi 1/4 finalgacha yetib borgan. Yaponiya va Janubiy Koreyadagi mundialni televizor orqali kuzatgan o‘n yoshli Mane kelajagi borasida qat’iy qaror qabul qildi. Futbolchi bo‘laman, dedi u o‘ziga. Lekin aytganimizdek, oila kamtar, yana ham aniqroq aytilsa faqir bir oila edi. Masalan, Sadio 15 yoshga yetib Dakardagi "Jenerasyon Fut" akademiyasiga ko‘rikdan o‘tish uchun borgan vaqti unda yirtiq butsa va eski kiyimdan boshqa narsa topilmasdi. Mashg‘ulotda o‘zini yaxshi ko‘rsata olgan qahramonimiz akademiyaga qabul qilingach boshqa bir oila qaramog‘iga o‘tishiga to‘g‘ri keldi.

Sadio akademiyada eng kamgap va eng iqtidorli futbolchi edi. 2011 yil Fransiyaning "Mets" klubi skautlari uni ilg‘aganlarida jamoa to‘purari bo‘lib ulgurgan edi. Dastlab Mane Fransiyaga ko‘chib o‘tganini ota-onasiga bildirmadi. Ular uni poytaxtda deb o‘ylashardi. Sadio hammasi muvaffaqiyatli chiqqachgina bu haqda otasiga xabar berdi. Avvaliga oila a’zolari unga ishonishmadi. Axir, qanday qilib bir oddiy senegal bolasi Fransiyaga borib yuqori divizonda to‘p tepishi mumkin. Keyinchalik uni televizor orqali ko‘rishgach shubhalar butkul tarqadi, Sadioning o‘zi ham endi butunlay bosimsiz o‘ynay boshladi. "Mets"ning eng katta maqsadi bu pul topish ekanini hisobga olsak, Manega tushgan ilk jiddiy taklifdayoq uni sotib yuborishdi.

Endi hujumchi Avstriyaning "Red Bull" jamoasi a’zosiga aylandi. 2012-2014 yillar davomida u klubning asosiy yulduziga aylandi. Yevropa Ligasida o‘ynadi. O‘rtoqlik o‘yinida "Bavariya"ga gol urdi. Chempionatda klub to‘purari bo‘ldi. So‘ng Manega Angliyadan qiziquvchilar ko‘paydi. Takliflar orasida eng yaxshisi "Sautgempton" tomonidan berildi. Taxminiy narx o‘shanda 15 million yevro bo‘lgani aytiladi.

Angliyadagi debyut o‘yinida "Arsenal" darvozasiga gol penalti orqali gol urdi. Bu kubok bahsi edi. Shu tariqa yangi jamoasi tarkibida ko‘plab muhim gollar muallifiga aylana boshlagan Sadio, APL tarixidagi eng tezkor xet-trikni ham o‘z hisobiga yozdi. 2 daqiqa 56 soniyada "Aston Villa" darvozasi uch bor ishg‘ol qilindi. 2016 yil "Liverpul"ga qarshi uchrashuvlarda ham gol urgan futbolchini Klopp o‘z tarkibida ko‘rishni istadi va oxir oqibat bunga erishdi. 40 mln. yevro transfer qiymati bilan senegallik forvard Mersisaydga ko‘chdi.

Davomini yaxshi bilasiz. Sadio Mane "Liverpul"da Kloppning hujum uchligidan muqim joy egallab, klub safida CHLda bosh sovrinni yutdi. 30 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya chempionligi qo‘lga kiritildi.

Kecha esa u yana tarix yozdi. Senegal — Misr finalining avvalida penaltidan gol urolmagan Mane ochig‘i o‘zini tutishi bilan meni ajablantirdi. U go‘yo xato qilmagandek, go‘yo aniq biladiki, hali gol urib, aybini yuvadi...  yakunda shunday ham bo‘ldi. Penaltilar seriyasida hal qiluvchi gol aynan Sadio Manega oid bo‘ldi. Kamtargina imomning kamgap o‘g‘li Sadio Senegalni tarixda ilk bor Afrikada tengsiz qildi. Ajoyib!

Albatta, bu g‘alabada Senegal tarkibidagi hammaning hissasi bor. Masalan, seriyada seyv bilan Manega ishonch bergan Eduar Mendi ham shu jumladan. Ammo, Mendining hikoyasiga avvalroq to‘xtalib o‘tgandik. Bu safar fokusni Sadio Manega burdik.
 
Menimcha, Mane bunga munosib! Shunday emasmi?!

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 08:10, 07.02.2022.
O'qildi: 4773 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.