Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Kech uxlash, prezidentlarga shart qo‘yish, ayollar va boshqa faktlar. Romariodan haqiqatlar...

Kech uxlash, prezidentlarga shart qo‘yish, ayollar va boshqa faktlar. Romariodan haqiqatlar...

Baho:
+ | -

Barcha davrlarning eng yaxshi braziliyalik hujumchilaridan Romario o‘z haqiqatlarini aytishga qaror qildi.

O‘zim o‘ynagan bir nechta klubi bilan shartnoma imzolayotganimda uyquga kech yotishim haqida kelishib olganman. Lekin hech qachon mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormaganman. Bunga aniqlik kiritib o‘taman - Braziliyada har prezidentga aytganman: "Meni eshiting, meni erta uxlashim juda qiyin, shu sababli, mashg‘ulotlarga kunning ikkinchi yarmida chiqaman". Bu atrofida juda ko‘p bema’ni gap-so‘zlar bo‘lgan. "Romario esa uxlamaydi!" Ha, u uxlamaydi. U shunchaki kech uxlaydi. "Romario mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti!" Yo‘q, u mashg‘ulotlarga boradi, faqat ertalab soat to‘qqizda emas. Prezidentlar bu haqda bilishardi. Bu haqda murabbiylarga aytishganmi yoki yo‘qmi - bu mening muammoim emas.

Men hech qachon o‘yin arafida ziyofatlarda ishtirok etmaganman. Agar biz yakshanba kuni o‘ynaydigan bo‘lsak, u holda men shaharga oxirgi marta juma kuni chiqardi. Ba’zida esa hamma narsa aksincha bo‘lardi. Lekin, bu hol juda kam bo‘lardi. Shuningdek, men hech qachon chekmaganman. Yaratganga shukurki, hech qachon narkotik moddalar iste’mol qilmaganman. Hech qachon alkogol ichimliklar ichmaganman. Bir tomchi ham. Kim aytdi chekmasangiz, ichmasangiz hayotdan zavq olmaysiz deb?

Sohil haqidagi tarix? Shunday bo‘lgandi: Oldimizda "Fluminense"ga qarshi o‘yin turgandi, men esa o‘ynamaslikka qaror qildim. To‘g‘risini aytsam, nega bunday qilganimni eslolmayman. Harqalay yigitlar o‘yinni o‘tkazish uchun bir kun oldin jamlanishdi, men esa kunni sohilda o‘tkazdim. Keyin esa negadir menda o‘ynash uchun xohish paydo bo‘ldi va darhol "Marakana"ga yo‘l oldim. Jamoa o‘yin boshlanishiga bir necha soat o‘sha yerda edi. Ular hatto o‘yindan oldin chigalyozdi mashg‘ulotlarni ham o‘tkazishib bo‘lgan ekan. Oyog‘imdagi qumlarni silkitgancha kiyinish xonasiga kirib bordim. Marselo jamoadagi debyut o‘yinini o‘tkazadigan edi, u o‘z o‘yinini namoyish etish uchun oila a’zolarini stadionga taklif qilgan ekan. Men esa uning o‘rniga o‘ynadim. Bechora yigit. Yakunda ikkita gol kiritdim va biz yutdik. Mening ruhan tayyorgarlik ko‘rishim oddiy edi: shunchaki maydonga tushish, libosni kiyish va gol urish. Boshqa sir yo‘q edi, hech qachon bo‘lmagan.

Ishqiy munosabat deganda nimani tushunaman? Siz o‘zingizga mos narsani qilishingiz kerak. Ishqiy aloqa har doim men uchun juda yaxshi narsa bo‘lib kelgan! Gohida ertalab uyda, agar men uyg‘onganimda xohish paydo bo‘lib qolsa, u holda ishqiy munosabat bilan shug‘ullanib, keyin o‘yinga ketardim. Bu menga tinchlik va maydonda yengillik berardi.

Odamlar, men itdan qo‘rqaman. 13 yoshimda buvamlarnikiga mehmonga borgandik va menga bitta kuchuk hamla qilib qolgandi. Men kuchuklarni hurmat qilaman. Men ularga hech qachon yomonlik qilmayman. Lekin ular meni o‘lgunimcha qo‘rqitishadi. Kuchuklar qanchalik kichkina bo‘lsa, mening qo‘rquvim shunchalik kattalashib boraveradi. Nemis ovcharkasi bilan menda hech qachon muammo bo‘lmaydi. Ammo, iltimos qilaman, kuchuklarni mendan uzoqroq olib yuring.

Men takabbur emasman. O‘zimga ishonganman. Tushunyapsizmi, nima haqida gapiryapman? Men tug‘ilganimda Yaratgan: "Ana, inson" degan gapni aytishni xohlayman. Odamlar buni bema’nilik deb o‘ylashdi. Biroq, meni eshiting, bu haqiqat edi! Odamlar: "O, Romario, dam olishni yaxshi ko‘radi, mashg‘ulotlani o‘tkazib yuboradi, qo‘ldan juda ko‘plab ayollarni o‘tkazadi!" - deyishardi. Keyingi o‘yinda esa uchta gol kiritsam odamlar: "Bu Romario - juda yaxshi!" - deyishardi. Ha, Romario xuddi beadabga o‘xshaydi, lekin gol kiritadi! Bu beadablikmi? Yo‘q! Men ham doim o‘zimga va qilayotgan ishimga ishoganman. Men shunchaki haqiqatni gapirardim. Albatta, ba’zida o‘zimni ko‘rsatishimga to‘g‘ri kelgan, xa-xa-xa!

Jakarezinyodagi uyimiz yonidagi temiryo‘lda otam bilan birga futbol o‘ynaganimizni eslayman. Men to‘rt yoshimda astma kasalligi bilan kasallanganman va juda yomon uxlardim. Gohida umuman uxlay olmasdim, bir qo‘limda dadamni qo‘lini ushlab olardim, ikkinchi qo‘limda to‘pni. Chiqardik va 10 daqiqacha o‘ynab, yana uyga qaytardik. O‘shanda to‘p meni deb aqldan ozardi. Men o‘zimni baxtli his qilish uchun unga bir necha marta zarba berishim kifoya edi. Uyga kelganimizda o‘likdek uxlab qolardim.

Mening bobomning beshta shartlari bor edi. Boshingni bulutlar orasiga tiqib olma. Sharob ichma. Narkotik moddalar iste’mol qilma. Hech kim senga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yma. Kimnidir qo‘lini silkitganingda buni qat’iy bajar va o‘sha odamni ko‘ziga qara. Men ularga amal qildimmi? Albatta! Omin!

Bitta o‘yinda to‘rtta gol kiritganimni eslaymiz. O‘sha vaziyatni nima haqida o‘ylardim? Keyingi imkoniyat oxirgisi bo‘lishi mumkinligini o‘ylardim. Men faoliyatimning ko‘p qismini oxirgi imkoniyatlar do‘konida o‘tkazdim.

Dunga haq edi. "Vasko"da o‘ynab yurgan paytlarimiz, qandaydir vaziyatda jamoaning ishlari uncha yaxshi emasdi. Tita va Roberto Dinamit meni yoshligim uchun o‘zlariga ishlashga majbur qilishdi. Bu yigitlar afsonalar edi, tushunyapsizmi? Ular xohlagan narsalarini qilishlari mumkin deb o‘ylashardi. Lekin ular bu haqda deyarli unutishdi! Men ularga: "Eshitinglar, men jamoaga ishlayman. Bu ishni qanchalik yaxshi bajarayotganimni bilmoqchi bo‘lsangiz to‘purarlar ro‘yxatiga qaranglar" - dedim. Ular keyinchalik ham men bilan bahslashishni, lekin keyin Dunga: "Mayli, men senga bosim o‘tkazishda davom etaman, sen gol urishda davom etaver!" - dedi. Aynan mana shu narsa sodir bo‘ldi. O‘sha Dunga boshqalarga qaraganda, juda aqlli bola edi.

Niderlandiyada juda qiynalganman. Men "PSV" klubiga o‘tganimda 22 yosh edim va Riodan boshqa joyda yashamaganman. Mana men qorong‘u va sovuq joyga kelib qoldim. Jin ursin - ayoz minus 17. O‘n yetti!!! Yana meni mashg‘ulotlarda ishtirok etmaganligimda ayblashgandi! Bir marta sovuq havo tufayli uch uydan hech qayerga chiqmaganman. Yigitlar mendan xavotir olishni boshlashgan. Ular kelishgan, eshikni taqillatishgan, lekin men ularga javob bermaganman. Men qishki uyquda edim, bro!

Kroyf futboldagi eng yaqin do‘stlarimdan biri edi. Albatta, mening eng yaxshi murabbiyim bo‘lgan. "Barselona"ga kelganimda 11-raqamni so‘raganman, bu mening sevimli raqamim edi. Kroyf esa menga 10-raqamni berdi. "Janob, bu men uchun katta sharaf, lekin men 11-raqamni afzal ko‘raman" - dedim. Tushunyapsizmi, barcha hamma joyda 10-raqamni xohlaydi. Men esa juda kamtarlik qilganman! Shunda Kroyf, "Yo‘q!" - dedi. Hammaga men bu sharafni rad qilgandek tuyuldi. O‘shanda Kroyf o‘z jamoasidagi barcha yaxshi futbolchilar 10-raqam ostida to‘p surishini aytdi. Jin ursin, bu gapni qarshi nima deyish mumkin? O‘shandan beri 10-raqamga bo‘lgan muhabbat oshgan - abadiy!

1994 yilgi Jahon chempionatida o‘ynashimni umuman kutmagandim. Haqiqatdan ham shunday. Braziliya saralashdan osonlik bilan o‘tdi, meni esa bosh murabbiy bilan muammolarim bor edi, shu sababli meni terma jamoaga taklif qilishmagandi. Lekin, so‘nggi o‘yinda - Urugvay terma jamoasiga qarshi bahsda bizda ochko kerak edi, durangmi, g‘alabami, farqi yo‘q, asosiysi ochko. Bilasizmi o‘shanda ular nima qilishgan? Ular o‘zlarining eng yaxshi futbolchisini taklif qilishdi. To‘g‘risi o‘sha uchrashuvda hech qanday bosim sezmaganman. Aksincha - juda zavq olganman. Men shunchaki murabbiylar shtabidagi o‘sha badbasharalarni isbotlamoqchi edim. Xohlagan odamingizdan so‘rang - ular tasdiqlanadi: Bu futbolchi o‘ynashi mumkin bo‘lgan eng yaxshi o‘yin edi. O‘sha o‘yinda 1dan 10gacha bo‘lgan shkalada o‘zimga 11 baho beraman!

Men boy bo‘lgandan ko‘ra, baxtli bo‘lishni afzal qo‘raman. 1995 yili "Flamengo" menga shartnoma taklif qildi, men esa o‘zimga savol berdim: "Haqiqatdan ham nima xohlayman o‘zi?" Pul masalasiga kelsam, bu eng yaxshi variant bo‘lmaydi, hatto men Braziliya tarixidagi eng katta maoshni olgan taqdirimda ham. Yoshim 29da edi, Yevropada yana bir necha yillik muvaffaqiyatlarim oldinda edi. Ammo men Rioda oilamga, ota-onamga, akamga, bolalarimga va do‘stlarimga yaqin bo‘lardim. Mening qarorim ko‘pchilik uchun g‘alati tuyulganini bilaman, lekin bu men uchun chuqur ma’noga ega edi.

Nimadan afsuslanman? Yigitlar, men o‘zim haqida juda ko‘p yomon so‘zlarni aytishim mumkin: beadab, jinni... Ro‘yxat juda uzun bo‘lishi mumkin. Ammo har bir harakatingizni bajarilgan vaqtni xisobga olgan holda baholashingiz kerak. O‘shanda men umuman boshqa yigit edim va dunyo futboli butunlay boshqacha edi. Men cho‘qqiga chiqish uchun o‘lim bilan ham kurashishim kerak edi. Men barcha his-tuyg‘ularimni shunga sarfladim. Men qilgan barcha yaxshilik va yomonlik yurakdan chiqqan.

Axir, hech kim mukammal emas. Biz buning uchun yaratilmaganmiz. Va buning uchun Yaratganga rahmat!

Kiritildi: 23:52, 09.02.2022.
O'qildi: 2289 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.