Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Baxtini APLdan topayotgan Koutinyo

Baxtini APLdan topayotgan Koutinyo

Baho:
+ | -

 

Endi “Lids” braziliyalikdan jabr ko‘rdi – Filippedan bir gol va ikkita golli uzatma.

 "Aston Villa" bilan uchta o‘yinda u ikkita gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Bungacha esa bu mavsumda "Barselona" safida 17 ta o‘yinda atigi ikkita gol urilgan. Ushbu transformasiya qanday sodir bo‘ldi?

 U qanday qilib Premyer-ligaga qaytgani yodingizdami?

"Barselona" keraksiz futbolchilardan qutulish uchun har tomonlama harakat qildi. Ulardan biri Filippe Koutinyo edi. Uzoq vaqt davomida hech bir klub uning talablarini qondirishga tayyor emas edi. Yanvar oyiga kelib da’vogarlar paydo bo‘ldi: matbuot "Arsenal", "Flamengo" va "Tottenxem"ning qiziqishi haqida gapirdi. Keyin esa kutilmaganda Stiven Jerrard va “Aston Villa” unga qiziqib qoldi.

 "Liverpul" afsonasi va o‘sha jamoa tarkibida yulduz bo‘lgan futbolchi birga ishlay boshladi. Birmingem jamoasi braziliyalikni mavsum oxirigacha ijaraga oldi. “Aston Villa” futbolchi maoshining 65 foizini to‘laydi, Koutinyo esa qolgan 35 foizdan voz kechdi. Jerrard uni o‘ziga xos deb atadi va “Aston Villa” muxlislari uning debyutidan hayajonlanishdi va u "Manchester Yunayted"ga qarshi uy uchrashuvida maydonga tushdi.

Maydonga ikkinchi bo‘limda tushirilgan Filippe bitta gol kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

Jerrard Koutinyoni dastlabki daqiqalarda maydonga tushirmadi, balki qiyin pallada unga yetakchilikni va maydondagi o‘rnini topshirdi. “Aston Villa” 2:0 hisobida mag‘lub bo‘layotgandi va 13 daqiqada o‘yinni o‘zgartirdi. 77-daqiqada Remsi bitta gol urgan bo‘lsa, 81-daqiqada Koutinyo Angliyaga qaytganidan keyin ilk golini urdi.

 

Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi va Filippe debyutdan va ayniqsa Jerrard bilan birga ishlayotganidan  xursandligini yashirmadi: “Bu yerda ekanligimdan juda xursandman, bu katta klub. Men Stivni anchadan beri bilaman, u bilan o‘ynadim va undan ko‘p narsalarni o‘rgandim. Umid qilamanki, biz muvaffaqiyatli hamkorlik qilamiz”.

 Jerrard esa ortiqcha hayajonga berilmadi: «U uchun yaxshi boshlanish. Biz sifatli futbolchi bilan shartnoma imzoladik. Endi uning o‘yin tezligi ustida ishlaylik”.

Jerrard o‘zgarish sirini ochdi, Koutinyo esa qaytganidan xursand bo‘ldi

“Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yindan so‘ng Koutinyo Instagramda o‘z minnatdorchiligini qoldirdi: “Qaynoq qabul uchun rahmat. Bugun kechqurun Villa Parkda ajoyib muhit”.

 Hissiyotlar haqiqatan ham Koutinyoni bosib oldi. BBC bilan suhbatda u o‘yin oldidan biroz asabiylashgani va bunday o‘yinlarni o‘tkazib yuborganini aytdi. Braziliya terma jamoasidagi o‘yinlardagi eyforiya haqida gapirdi: Koutinyo 2021 yilning oktyabridan beri ilk bor chaqiruv oldi va u Paragvay darvozasiga gol urdi.

Koutinyo qaytganidan keyin APLning uchinchi o‘yinida ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi (u “Everton” bilan o‘yinda gol ura olmadi). "Aston Villa" birinchi bo‘limda "Lids"dan tezkor gol o‘tkazib yubordi. Keyin esa Koutinyo avvaliga o‘zi gol urdi va 6 daqiqada ikkita golli uzatma amalga oshirdi.

 Koutinyo Aston Villa bilan 3 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golda ishtirok etdi. Koutinyo APLni umuman tark etmasligi kerak edi shekilli.

Jerrard o‘zgarish sirini ochib berdi: “Filippe o‘zini sevishini va qo‘llab-quvvatlanishini his qilishi kerak, men ham xuddi shunday edim. Agar biz o‘yindan zavqlanadigan baxtli Filippeni olsak, uning iste’dodini ko‘ramiz."

 Hammasi amalga oshguncha. To‘g‘ri, jamoaning qolgan qismi porlamaydi. Koutinyoning urinishlariga qaramay, “Aston Villa” ustunlikni saqlab qola olmadi va “Lids” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Jerrard qo‘l ostida klub 11 uchrashuvdan beshtasida g‘alaba qozonib, o‘rtacha 1,45 ochko jamg‘argan.

 Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:33, 10.02.2022.
O'qildi: 4599 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.