Myunxenning «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski ayni paytda Bundesliganing 22-tur doirasida «Boxum» (1:1, birinchi bo‘lim) jamoasiga qarshi uchrashuvda gol kiritdi.
Bu polshalik hujumchining "Bavariya" tarkibidagi 36-goli sanaladi. Levandovski joriy mavsum 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
U Bundesliga to‘purarlari bahsida 25 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda «Bayer» hujumchisi Patrik Shik (18 gol) bormoqda.