Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 0-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Rangnik o‘yinchi almashtirishda xato yo‘l qo‘ydimi?

Rangnik o‘yinchi almashtirishda xato yo‘l qo‘ydimi?

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan «MYU» - «Sautgempton» uchrashuvi tugashiga 5 daqiqa qolganda, Rangnik Skott Maktominey o‘rniga Elangani maydonga tushirdi.

Albatta, agar yosh hujumchi gol urganida, boshqa gap, ammo umuman ushbu almashtirishning mazmuni turli savollar tug‘diradi.

Masalan, "MYU" yarim himoyasida Maktominey - Pogba - Brunu uchligi o‘rin olgandi. Uchlikda faqat Skott himoya uchun ko‘proq javobgar, uning faolligi Brunu va Pogba kabi kreativ futbolchilarning erkin harakatlanishini ta’minlardi.

Skott - Elanga rokirovkasi natijasida sxema 4-3-3 dan 4-2-4 ga o‘zgardi va endi Pogba - Bruno juftligi hujumlarni boshlashdan tashqari, tayanch zonasiga javobgar bo‘lib qolishdi.

To‘g‘ri, Maktomineyning sariq kartochkasi bor edi va xavf ostida qolgandi. Zaxirada esa, to‘g‘ridan to‘g‘ri nomzod yo‘q, uchta himoyachi — Mata, Gannibal va Lingard bor xolos. Balkim, uchinchi markaziy himoyachini tushirib, maydon markazisiz o‘ynash iloji yo‘qmidi?

Agar «Sautgempton» butun jamoa bo‘lib himoyaga yotib olganida, o‘zgarish o‘zini oqlar, baribir himoya liniyasi baland bo‘lganidan,  Pogba&Brunu raqib jarima maydoniga yaqin joylashishlari mumkin bo‘lib, hujumda qo‘shimcha kuch xalaqit bermasdi.

Ammo «Sautgempton» juda yaxshi kontro‘yin namoyish qilib, to‘p nazoratida ham bo‘sh kelmayotgan va tez-tez xavfli vaziyatlar yaratayotgandi. Bunday sharoitda to‘psiz o‘yinda intizomli bo‘lmagan juftlikka eng muhim zonani topshirish katta risk.

Ikkinchidan, buning natijasida har ikki futbolchi ham oldinga chiqishda qo‘rqib qolishdi, zero raqib jarima maydonida to‘pni nazorat qilishda eng muhim o‘yinchilar aynan shu ikkisi.

Hujumda qo‘shimcha Elanganing yugurib yurishidan ko‘ra, Pogba va Brunoning erkinroq bo‘lishlari yanada foydaliroq bo‘lardi, menimcha.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 12:38, 14.02.2022.
O'qildi: 2870 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик