Italiyalik 28 yoshli "Torino" hujumchisi Andrea Belotti Italiya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan Turinning "Yuventus" klubiga (1:1) qarshi o‘yindan so‘ng, amaldagi klubi bilan yozda tugaydigan shartnoma bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.
"Shartnoma holati ? Keyinchalik nima bo‘lishini bilmayman, lekin agar bu mening so‘nggi Turin derbim bo‘lsa, men o‘yinimizdan faxrlanardim", - deya Belotti so‘zlarini keltiradi Fabrisio Romano, DAZN nashriga tayanib.
Belotti joriy mavsumda "Torino" safida barcha turnirlarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning hozirgi transfer qiymati 28 million yevroga baholanmoqda.