Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Romario: «O‘zimni har doim eng yaxshi deb hisoblaganman»

Romario: «O‘zimni har doim eng yaxshi deb hisoblaganman»

Baho:
+ | -

Braziliyalik sobiq hujumchi Romario 56 yoshga to‘lishi munosabati bilan The Players~Tribune nashriga bergan intervyusida hayotida sodir bo‘lgan asosiy epizodlar va erishilgan yutuqlari haqida gapirib berdi. Quyida ana shu suhbatning qisqartirilgan variantini havola qilamiz.

- Romarioni u faoliyat yuritgan ko‘plab klublarda «erkatoy» deyishardi...

- Ayrim klublar bilan yarim tungacha uxlolmasligim haqida kelishuvga ega edim. Shunday bo‘lsada, hech qachon mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormaganman. Hozir tushuntiraman: Braziliyadagi faoliyatim davomida barcha men o‘ynagan klub prezidentlariga shunday derdim: «Bilasizmi, ertalab vaqtli uyg‘onishim juda qiyin, shuning uchun mashg‘ulotlarni tushda o‘tkazaman». Ey, Xudo! Juda ko‘p bema’ni gaplar bo‘lardi. «Eh, Romario uxlamaydi...», «Yo‘q, uxlaydi, faqat kech uyg‘onadi...», «Romario mashg‘ulotda qatnashmaydi...», «U shug‘ullanadi, faqat ertalab soat to‘qqizda emas...». Prezidentlar buni bilishardi. Ularning murabbiylarga ayt-ganlari esa mening muammoyim emas.

- Sizni spirtli ichimlikka mukkasidan ketgan ham deyishardi...

- Hech qachon alkogol ichmaganman, hatto bir qultum ham. Ko‘ngil yozish uchun mast bo‘lish kerak, deb kim aytdi? Hech qachon o‘yin oldidan ko‘chada sang‘imasdim. Agar o‘yin yakshanbaga belgilangan bo‘lsa, juma kuni sayrga chiqardim. Bunday holat o‘ntadan bittasida sodir bo‘lardi, undan ortiq emas. Qolaversa, hech qachon tamaki chekmaganman va xayriyatki, hech qachon giyohvand moddalarni iste’mol qilmaganman.

- Plyaj voqeasini gapirib berasizmi?

- Ha, bu haqiqat. Biz «Fluminense» bilan uchrashishimiz kerak edi, lekin men o‘ynamaslikka qaror qildim. Rostini aytsam, sababini eslay olmayman. Har holda, yigitlar o‘yindan bir kun oldin bazaga yig‘ilishdi, men esa butun kunni sohilda o‘tkazdim. Keyin negadir maydonga tushish istagi tug‘ildi va darhol «Marakana»ga bordim. Jamoaning u yerga borganiga bir necha soat bo‘lgan ekan, barcha chigalyozdi mashg‘ulotlari bilan band edi. Men esa oyog‘imni silkitib, qumni tushirgancha kiyim almashtirish xonasiga kirdim. Va oxir-oqibat maydonga tushdim. Marselo ismli bir yigit bor edi, u o‘zining debyutiga tayyorgarlik ko‘rayotgandi va hatto butun oilasini stadionga taklif qilgan ekan. Lekin uning o‘rniga asosiy tarkibda men maydonga tushdim. Bechora. Yakunda ikkita golim evaziga biz g‘alaba qozondik. Mening ruhiy tayyorgarligim oddiy edi: u yerga bor, libosingni kiy va gol ur! Bu yerda boshqa hech qanday sir yo‘q va hech qachon bo‘lmagan ham.

- Chindan ham itlardan qo‘rqasizmi?

- Oh, buni tasavvur ham qilolmaysiz! 13 yoshimda bir kuni buvimning oldiga ketayotgandim, yo‘lda menga ikkita it hujum qildi. Itlarga hech qachon ziyon yetkazmaganman, ammo ulardan o‘lguday qo‘rqaman, ayniqsa, kichkinalaridan. Nemis ovcharkasi hujumidan omon qolishim mumkin, lekin chixuaxualarni mendan uzoqlashtiring.

- Minglik marrasini zabt etishingizni kutganmidingiz?

- 20 yoshimda mingta gol urishimni aytgandim. Braziliyada chop etiladigan jurnallarning biriga bergan intervyuimda marrani zabt etganimda, hech kim buni tasodif deb atamagani haqida gapirganman.

- Maydondagi harakatlaringiz boshqa futbolchilarnikidan farq qilgan, deb hisoblaysizmi?

- Ehtimol, shundaydir. O‘zimni har doim eng yaxshisi deb hisoblaganman: eng yaxshi to‘purar, demoqchiman. Zarba yo‘llay olmasligimni bilganimdagina pas berardim, lekin noqulay bo‘lganda ham, baribir, to‘pni darvoza tomon tepardim. Buni oddiygina izohlash mumkin: o‘zimni eng zo‘ri deb bilarkanman, hujumni boshqa birovga bergandan ko‘ra, o‘zim yakunlaganim ma’qul... Shundagina jamoa uchun yaxshiroq bo‘ladi. Xuddi basketbolda oxirgi soniyalarda uch ochko kerak bo‘lgani singari. To‘pni kimga uzatish kerak? Albatta, Jordanga! Tasavvur qiling, men allaqachon to‘rtta golni o‘z hisobimga yozdirib qo‘yganman. O‘sha payt keyingi imkoniyat men uchun oxirgisidek tuyulardi. Butun faoliyatim shu zayl davom etdi.

- Butun o‘yin davomida ko‘rinmasligingiz mumkin, lekin yakunda ismingiz tabloda albatta, yozilardi...

- Hech qachon to‘liq 90 daqiqa o‘yin ichida bo‘lishga harakat qilmaganman. Ma’lum vaqt suvdan tinchroq, maysadan pastroq bo‘lardim. Himoyachilar meni unutishlari mumkin, deb o‘ylashardi... shu paytda gol urardim. O‘likdek ko‘ringan paytim juda xavfli edim.

- Yoxan Kroyff haqida nima deysiz?

- U mening futboldagi eng yaxshi do‘stlarimdan biriga aylandi. Eng yaxshi murabbiyim edi, shubhasiz. «Barsa»ga o‘tganimda o‘zim yoqtirgan 11-raqamli futbolkani olishni xohlardim, Kroyff esa «10»ni berdi. Unga: «Janob, bu men uchun katta sharaf, lekin menga 11-raqam ko‘proq yoqadi», dedim. Hamma «o‘nlik»­ni olishni xohlaydi, to‘g‘rimi? Umrimda birinchi marta kamtarlik ko‘rsatdim! Ammo Kroyff bunga qarshi edi. Unga savol berdim: «O‘nlik»ni hozirning o‘zida topshirishga tayyorman! Buning nimasi yoqmayapti?». Yoxan o‘ziga xos tarzda javob qaytardi: «Mening jamoamda eng yaxshilar har doim 10-raqam ostida harakat qilishadi». Eh, jin ursin, nima ham derdim? Shundan so‘ng har doim 10-raqamda o‘ynashga harakat qiladigan bo‘ldim.

- JCH-1994 atrofidagi voqealardan so‘zlasangiz...

- Aslida, o‘sha mundialga bormasligim kerak edi. Bu - haqiqat! Braziliya termasi saralashdan osonlikcha o‘tishi kutilgandi, men esa doim murabbiylar bilan bahslashardim, ziddiyatga borardim. Natijada, bosh jamoaga chaqirilmasligim aniqroq ko‘ringandi. Ammo Urugvay termasiga qarshi hal qiluvchi yakuniy o‘yinda g‘alaba qozonishimiz yoki durang o‘ynashimiz talab etilgandi. Murabbiylar agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasak, mamlakatdan qochishlarini yaxshi tushunishgan. Ular nima qilishdi? Eng kuchli o‘yinchilar oldida tiz cho‘kishdi. Men bosimni his qilmadim. Shunchaki, o‘yindan rohat olishni xohlardim. Shuningdek, federasiyadagi ahmoqlarga ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘ldim. Ishonmasangiz, xohlagan odamingizdan so‘rashingiz mumkin: futbolchi hayotida hech qachon bundan yaxshiroq o‘ynashi mumkin emas. O‘sha uchrashuvda men 10 balli tizimda 11 ball olgandim.

- Milliy jamoangizning o‘sha mundialda g‘olib chiqishini oldindan taxmin qilganmidingiz?

- Men doim aytganman, biz jahon chempionatida g‘olib chiqamiz, agar g‘alaba qozona olmasak, bu mening aybim bo‘ladi, deganman. Jamoamiz qanchalik kuchli ekanini bilardim va hayotimdagi eng yaxshi turnirni o‘tkazishimga ishonchim komil edi. Mana shunaqa.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:00, 23.02.2022.
O'qildi: 2250 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.