Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida futbol mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida futbol mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, O‘FA hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida memorandum imzolangandi. Unga ko‘ra, universitet talabalaridan yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash borasida yaqindan hamkorlik qilish belgilangandi.

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi shu mavzuga bag‘ishlandi.

“Har bir sohada bo‘lganidek, hakamlikda ham bugungi kunning talabi — ishga mas’uliyat va professionallik bilan yondashish, zamonaviy bilimlarni egallashda shijoatli bo‘lish hisoblanadi. Avval faqat o‘yindagi vaziyatlar tahlil qilingan bo‘lsa, bugungi kunda hakamlarning jismoniy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratiladi. Uchrashuv davomida barcha holatlarni nazorat qilish, tahlil etish, qaror chiqarishdagi tajribani oshirishga ilmiy yondoshiladi. Bu borada zamonaviy texnologiyalarni ishga solish yo‘lga qo‘yiladi”, dedi Ravshan Ermatov.

Hakamlar bilan o‘tkaziladigan seminarlarga professor o‘qituvchilar va mutaxassislar taklif etiladi. Shuningdek, universitetning salohiyatli talabalarini hakamlik, tahlilchi, marketing, skauting, psixologiya kabi futbolning ko‘plab yo‘nalishlariga jalb etish borasida kelishuvga erishildi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 18:45, 23.02.2022.
O'qildi: 1117 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик