Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Katta oltilik: Angliyaning eng qadimiy futbol klublari

Katta oltilik: Angliyaning eng qadimiy futbol klublari

Baho:
+ | -

 Angliyaning yetakchi jamoalari ro‘yxati so‘nggi yillarda o‘zgarmadi. Premyer-liganing oltita qadimiy klubi hozir ham mavjud. Ammo ular siz kutgandek mashhur emas. Tarixdagi dastlabki oltita klub orasida yirik nomlar deyarli yo‘q, ba’zi nomlar esa Premyer-liga tomoshabinlariga mutlaqo noma’lum.

6. "Stok Siti"

1863 yilda tashkil etilgan jamoa 1888 yilda ilk bor tuzilgan Angliya ligasining asoschilaridan biri bo‘lgan.

So‘nggi ikki mavsumda "Kulollar" uchun vaziyat juda yomon bo‘ldi va jamoa hali ham chempionshipga moslasha olmayapti. G‘ururlanishga yagona sabab: “Notts Kaunti” ligadan tushib ketganidan so‘ng, “Stok” ligadagi eng keksa klubga aylangan.

Stok-on-Trent shahrini ifodalovchi klubning asl nomi “Stok Ramblers” edi. 1878 yilda bu nom oddiygina "Stok" ga o‘zgartirildi. 1925 yilda Stok-on-Trentga shahar maqomi berilgandan so‘ng klub "Stok Siti"ga aylandi.

Stok - bu ro‘yxatdagi eng mashhuri. 2008 yildan 2018 yilgacha “kulollar” Premyer-ligada o‘ynagan va 2011 yilda Angliya kubogi finaliga qadar etib borgan. "Stok" tarixidagi yagona jiddiy sovrin 1971/72 yilgi mavsumda qo‘lga kiritilgan Liga kubogidir.

Klub turli vaqtlarda ikkita "Oltin to‘p" sohibi jamoada to‘p surgani bilan maqtanishi mumkin: Ser Stenli Mettyus va Maykl Ouen. “Kulollar” safida Angliya futboli tarixidagi eng yaxshi ikki darvozabon ham to‘p tepgan. Gordon Benks o‘n yilni "Stok" safida o‘tkazdi, Piter Shilton esa uch mavsum o‘ynagan.

5. "Notts Kaunti"

Klub 1862 yilda tashkil topgan. U ham “Stok” kabi 1888 yilda yaratilgan liga asoschilaridan biri bo‘lgan.

“Notts Kaunti” Nottingem shahri vakili bo‘lgan eng mashhur klub emas, ammo "Qarg‘alar"da faxrlanadigan ko‘p narsa bor. Ular Futbol Ligasining turli darajalarida tashkil etilganidan to 2019 yilning mayigacha o‘ynashdi, o‘shanda “Notts Kaunti” tarixda birinchi marta to‘rtinchi diviziondan tushib ketgan. Angliya futboli tarixida hech kim Futbol Ligasi chempionatlarida ulardan ko‘p o‘yin o‘tkazmagan.

Jamoaning tarixdagi eng katta yutug‘i - 1884 yilda Angliya kubogidagi g‘alaba. “Nots Kaunti” so‘nggi bor ingliz futboli elitasida 1983/84 yilgi mavsumda o‘ynagan.

Bir vaqtlar klub menejerlari Sem Ellardays, Xovard Kendall, Nil Uornok va Xovard Uilkinson kabi taniqli mutaxassislar bo‘lgan.

4.“Varskop Taun”

1861 yilda tashkil etilgan.

Klub Nottingemshirdagi Varskop shahri vakili. Tarixda hech qachon futbol ligasi darajasida o‘ynamagan.

1892 yildan 1899 yilgacha “Varskop” Sheffild va tuman futbol ligasida, keyin esa Midlend ligasida o‘ynadi. 1968 yilda “yo‘lbarslar” uchta divizionni o‘z ichiga olgan Shimoliy Premyer-liganing asoschilaridan biriga aylandi.

2018/19 yilgi mavsumda jamoa Shimoliy grafliklar Sharqiy ligasida (to‘qqizinchi divizion) g‘olib chiqdi va Shimoliy Premyer-ligaga qaytdi.

O‘z tarixida bir marta “yo‘lbarslar” Angliya kubogining uchinchi bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘lishgan (1954/55 yilgi mavsum). U yerda jamoa “Svindon”ga minimal hisobda yutqazishgan.

 3. "Hallam"

1860 yilda tashkil etilgan.

Klub Sheffildning chekkasida joylashgan Krosspol jamoasidir. Uning kelib chiqishi 1804 yilda “Hallam” kriket klubi tashkil etilgan paytdan boshlanadi. Aynan uning vakillari Sheffildda futbol jamoasi paydo bo‘lishgach, o‘z jamoalarini ham tashkil etishga qaror qilishgan.

“Hallam” boy tarixga ega. U jahon futbolidagi ilk kubok sohibi. 1867 yilda klub Angliya kubogi tashkil etilishidan to‘rt yil oldin Sheffildda o‘tkazilgan Youdan kubogida g‘olib chiqqan. Sandigeyt Road stadioni Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng qadimgi stadion sifatida kiritilgan. U 1804 yilda qurilgan va u erda bir vaqtning o‘zida kriket o‘ynagan. Sandigeytda birinchi futbol o‘yini 1860 yilda bo‘lib o‘tgan. Stadion 700 kishini sig‘dira oladi va ular tarixiy ahamiyatini saqlab qolgan holda hech narsani o‘zgartirmoqchi emas. Ya’ni stadionga qo‘shimcha tribunalar qurilishi shart emas.

“Hallam” hozirda Shimoliy grafliklar Sharqiy ligasida, to‘qqizinchi divizionda o‘ynaydi.

2. "Krey Uonderers"

1860 yilda tashkil etilgan.

Klub Buyuk Londondagi Bromli shahri vakili hisoblanadi.

"Krey Uonderers" London atrofida temir yo‘l liniyalari qurilishi bilan bir vaqtda tashkil topgan. Sent-Meri Krey qishlog‘ida yashovchi tashrif buyurgan ishchilar bo‘sh vaqtlarida futbol o‘ynashgan va shu tariqa jamoa tuzadilar. Ular London chempionatida qatnashgan birinchi maydon keyinchalik qabristonga aylangan.

Jamoa Buyuk Britaniya poytaxti turnirlarida muvaffaqiyat qozongan, Kent okrugi futbol ligasi asoschilaridan biri edi. “Krey Uonderers” 1895 yildan 1907 yilgacha professional jamoa hisoblangan. Klub, shuningdek, “Arsenal” bilan yaqindan hamkorlik qilib, ularga o‘z iqtidorlarini yetkazib berdi.

Hozir“Krey Uonderers” ingliz futbolida 7 liga hisoblanmish Istmian ligasida ishtirok etadi.

1. "Sheffild"

1857 yilda tashkil etilgan.

Vaqti-vaqti bilan «Sheffild»ning dunyoning eng keksa klubi sifatidagi maqomini shubha ostiga qo‘yishga urinishadi, ammo befoyda. Bu unvon ham futbol uyushmasi, ham FIFA tomonidan rasman tan olingan. 2004 yilda “Sheffild” Jahon futbol federasiyasining xizmatlari uchun ordenini ham qo‘lga kiritdi va "Real Madrid"dan keyin bunday mukofotni qo‘lga kiritgan ikkinchi klub bo‘ldi.

Sheffildga Nataniel Kresvik va Uilyam Perst asos solgan. Ular klub yaratish bilan birga Angliyada ilk bor futbol qoidalarini ham yaratishgan. Oradan olti yil o‘tgach, Futbol Uyushmasi o‘z qoidalarini nashr etgan va 1877 yilgacha ular bir-biriga parallel ravishda mavjud edi. “Sheffild” va London jamoalari navbatma-navbat u yoki bu qoida asosida futbol o‘ynashi mumkin edi.

1860 yilda “Hallem” tashkil topgan  va “Sheffild” bilan ular futboldagi birinchi klub to‘qnashuvini tashkil qilishgan. U 1857 yilgi modeldagi “Sheffild” o‘yin nizomiga ishora qilib, Qoidalar Derbisi sifatida tanildi.

“Sheffild” hech qachon professional jamoa nomiga erisha olmagan. Klubning eng katta yutug‘i 1904 yilda havaskorlar o‘rtasidagi Angliya kubogini qo‘lga kiritish bo‘lgan. Umumiy Angliya kubogida jamoa tarixda bor-yo‘g‘i ikki marta to‘rtinchi bosqichga chiqqan.

Hozir Sheffild Shimoliy Premer-liganing birinchi janubi-sharqiy divizionida, ingliz futbolidagi sakkizinchi darajali ligada o‘ynaydi.

O‘tmishda klubda oliy divizion darajasiga chiqqan futbolchilar to‘p surgan. Masalan, “Byornli”ning hozirgi himoyachisi Mettyu Louton 2008 yilda “Sheffild”da ijarada o‘ynagan edi.

Jamoani ba’zi ishqibozlar “Sheffild Yunayted” bilan adashtirib yuborishadi. Ammo ular ikki xil jamoa hisoblanadi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:51, 07.03.2022.
O'qildi: 2845 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.