Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zbek futbol faxriylari haqida suhbat...

O‘zbek futbol faxriylari haqida suhbat...

Baho:
+ | -

Karen Safarov - futbolimizdagi tinim bilmas faxriylardan. Asosan «Andijon»dagi o‘yinlari bilan tanilgan sobiq futbolchi hamisha harakatda, qandaydir yangilikka qo‘l urish payida. Deylik, Safarov tashkil qilgan «Futbol faxriylari ligasi» 15 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Karen aka maxsus muxbirimiz bilan suhbatda aynan shu turnir va yangi rejalari haqida bafurja gapirib berdi.

- Futbolimizda har qanday holatdan qat’iy nazar, har yili o‘tkaziladigan faxriylar turnirini yo‘lga qo‘ygan shaxssiz. Avvalo, shu xususda gapirib bersangiz...

- Ha, «Futbol faxriylari ligasi» turnirini tashkil etganimga 15 yil bo‘lmoqda. Qanday qiyinchilik uchramasin, musobaqa har yili o‘tkazib kelyapmiz. 2008 yilning iyul oyida «Jar» stadionida tashkil etilgan dastlabki turnirga 4ta jamoani taklif qilgandim - O‘zbekiston milliy jamoasi, «Paxtakor», «Traktor» va «Andijon» klublarini. Biroq hokimlik so‘nggi lahzalarda safar xarajatini ko‘tarishdan bosh tortgach, andijonlik faxriylar o‘yinlarga kela olishmadi. Oqibatda shoshilinch tarzda boshqa jamoa qidirishga tushdim. Turnir startiga 2 kun qolgan pallada barchasi barbod bo‘lishidan jiddiy xavotirga tushgandim. Yaxshiki, vaqtida arman diasporasi jamoasi hisobiga kvartetni to‘ldirdik. O‘shanda armanlardan alohida jamoa yig‘ish fikri tug‘ildi va darhol Vadik Abramov, Ashot Babajanyan va Karen Adamyanga qo‘ng‘iroq qildim. Esimda, Arsen Balayan hattoki, iltimosimga binoan, Moskva viloyatidan uchib kelgandi.

- Xo‘sh, faxriylar turniri bugun qanday rivojlanmoqda?

- 2020 va 2021 yillardagi oxirgi ikki turnir Andijonda o‘tkazildi. Ularning birida biz g‘olib chiqdik, ikkinchisida farg‘onaliklar. Shu bahona Oleg Burov, Asad Do‘rmonov va Shuhrat Nazirov kabi yaqin do‘stlarim bilan ko‘rishdik, chaqchaqlashdik. Bu yil may oyida to‘planishni rejalashtiryapmiz, yana Andijonda.

- Siz yana faxriylar o‘rtasida «Paxtakor»-79 xotirasi uchun o‘tkaziladigan o‘yin tashabbuskori sanalasiz...

- «Paxtakor»-79 xotira uchrashuvini 2010 yili tashkil qilgandim. Bunday o‘yin qatorasiga 10 yil uzluksiz o‘tkazildi. Faqat 2020 yili pandemiya imkon bermadi, o‘zim ham o‘sha vaqt Toshkentda emasdim. O‘tgan yili esa Sasha Shapran bilan xotira uchrashuvini qayta tikladik. Xullas, oxirgi 12 yilda 11ta o‘yin ortda qoldi.

- Odatda xotira o‘yinida ko‘plab mashhur sobiq futbolchilar maydonga tushishadi.

- Hozirga qadar bunday uchrashuvlarda chamasi 300 nafarga yaqin futbolchi qatnashdi. Bundan tashqari, ba’zi o‘yinlarda qadrdon do‘stim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kozim Qayumovning ham maydonga tushgani ko‘pchilikni alohida quvontirdi.

- «Futbol faxriylari ligasi» va «Paxtakor»-79 xotira o‘yinlari haqida bukletlar tayyorlagan ekansiz...

- Ha, faqat hozircha elektron shaklda. Xudo xohlasa, joriy yil yozga qadar bukletlarni odatiy shaklda chiqaramiz. Ular 3ta: «Futbol faxriylari ligasi»ning birinchi va ikkinchi besh yilligi, «Paxtakor»-79 xotira uchrashuvlari. Do‘stlarimga allaqachon namunalarni ko‘rsatdim, ular barchaga birdek yoqdi.

- Kelajak uchun qanday reja va g‘oyalaringiz bor?

- Joriy yil bahor, yoz va kuzda Farg‘ona vodiysining uch viloyatida 3ta blis-turnir tashkil etmoqchiman. Nomini o‘ylab qo‘yganman: «Millionlar o‘yinining ulkan bayrami». 3ta jamoa maydonga tushadi: «Neftchi», «Navbahor» va «Andijon». Ularning tarkibida faqat sobiq futbolchilar o‘ynashlari mumkin, havaskorlar qo‘yilmaydi. O‘ylashimcha, o‘yinlar ushbu klublar stadionlarida tashkillashtirilishi kerak. Konsert dasturi ham rejalashtirilgan. Farg‘onaliklar meni allaqachon qo‘llab-quvvatlashdi, namanganliklar bilan esa hali gaplashish imkoni bo‘lmadi, lekin ishonchim komil, ular rad etishmaydi. Yaqin orada yig‘ilib, barchasini aniqlashtirib olamiz. Umid qilamanki, chindan ham, katta futbol bayrami bo‘ladi.

Qolaversa, may oyiga «Futbol faxriylari ligasi» turniri belgilangan. Shuningdek, sentyabr oyida 4ta jamoa o‘rtasida xalqaro musobaqa uyushtirish niyatidaman. Bitta mehmon ishtirokchi aniq - Qirg‘izistonning «Alay» jamoasi. Keyingi yili qatnashchilar soni 6taga ko‘payishi mumkin. Oxir-oqibat, 3 yildan so‘ng «Futbol faxriylari ligasi» xalqaro festivalga aylanishidan umidvorman. Maqsad faxriylar jamoalari sonini 12taga yetkazish. Afsuski, Toshkentda bu ishlar hech kimga kerak emas, shuncha yil g‘oyalarimga e’tibor va qiziqish qaratolmadim. Andijonda aksincha, ko‘pchilikda qiziqish kuchli. Ko‘ramiz.

- «Andijon» klubi ham faxriylar futboliga e’tibor qaratyaptimi?

- Yo‘q, har holda, oxirgi 2 yilda buni sezmadim. Turnirni Andijon viloyati futbol assosiasiyasi qabul qilmoqda, lekin barchasi men xohlagandek emas. Klub esa hozircha befarq.

- Aytishlaricha, klubning yangi rahbari futbolni juda yaxshi ko‘radi. U ham jamoa, ham Andijon futboli uchun katta ishlar qilishga tayyor.

- Ha, u haqda yaxshi gaplar eshityapman, Andijon futboli manfaati yo‘lida ishlash istagi butun shaharga ma’lum. Ammo uni shaxsan tanimayman. Agar qiziqsa, o‘z g‘oyalarim bilan tanishtiraman, albatta. Butun Osiyoda o‘xshashi yo‘q katta turnirlarni yo‘lga qo‘yish asnosida Andijonni faxriylar futboli markaziga aylantirish mumkin. Biroq klubning o‘zi va hokimlik qiziqish bildiradimi-yo‘q, buni bilmayman.

- «Andijon» yubileyi tantanalari o‘tkazilmadi, vaholanki, harakat yo‘q emasdi...

- Klubning 40 yilligini nishonlash masalasini ilk marta 2004 yili yaqinda hayotdan ko‘z yumgan Oleg Sazonov ko‘targandi. Biroq klubdan sado chiqmadi. 2014 va 2019 yillarda esa yubiley o‘tkazishni o‘zim taklif qildim. Birinchisida «Andijon» rahbariyati meni qo‘llab-quvvatladi, biroq vaqti yaqinlashganda, men bilan gaplashgan rahbarlarni iste’foga chiqarishdi. Yangilar esa jamoani yuqori ligada olib qolishga e’tibor qaratishdi, yubileyga vaqt yo‘q edi. Biroq jamoa finishga 4ta  tur qolgan payt sharmandali tarzda ligada qolishdan umid uzdi. Ikkinchisida klub rahbariyatining o‘zi qo‘ng‘iroq qilib, 55 yillik yubiley dasturi va ssenariysini yozib berishimni so‘radi. Shunda barchasini tayyorladim, ammo tashkiliy ishlar bilan shug‘ullanish vaqti kelganida, yana befarqlik boshlandi. Aslida 50 va 55 yillik yubileylarga hammasi tayyor edi. Endi oldinda 2024 yilga to‘g‘ri keladigan 60 yillik yubiley bor. Agar klub bu safar ham bir chetda qarab turadigan bo‘lsa, o‘zimiz - sobiq futbolchilar bayram uyushtiramiz.

- Qiziq, klub haqida yozayotgan kitobingizda nimalar bor?

- «Jonajon klubim 60 yoshda» yoki «Andijon» yubileyi» nomli kitobni 2024 yilning qishida chop ettirishni rejalashtiryapman. Uning ustida 30 kishi ishlayapti, 5 yildan buyon materiallar yig‘ilmoqda. Kitob 75 foiz tayyor, hozir suratlar to‘plami kelishini kutyapmiz. O‘tgan yili avgust oyida Axbor aka Imomxo‘jayev mehmoni bo‘lganimda, bir necha suratlar berdi, undan bag‘oyat minnatdorman. Kitobimizda ko‘plab qiziqarli voqea­lar, tarixiy faktlar, turli jadvallar, xotiralar va fotosuratlar beriladi. Ishonchim komil, u esda qoladigan darajada chiqadi. Agar klub bu kitobning yuzaga chiqishiga befarq qarasa, o‘zimiz chop ettiramiz, hattoki, zarar ko‘rsak ham. Kitob - bu xotira!

- «Futbol faxriylari ligasi», «Paxtakor»-79 xotira o‘yinlari, blis-turnirlar, xalqaro musobaqalar, bukletlar, yubiley kitobi... Faxriylar futbolida yana kim shuncha ish bilan band?

- Bilmayman, qiziqmayman ham. Chunki kim bilandir musobaqalashayotganim yo‘q. Bu ishlar o‘zimga yoqadi va umid qilamanki, hammasi faxriylar futboli foydasiga...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 17:51, 10.03.2022.
O'qildi: 1401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.