Futbol mutaxassisi Elli Makkoist "Arsenal"ning keyingi sardori kim bo‘lishini aytdi. Uning fikriga ko‘ra, yangi mavsumdan sardorlik bog‘ichi Kiran Tirniga berilishi kerak. U Lyakazett ketgach, sardorga aylanadi.
Makkoist 24 yoshli futbolchini "Liverpul" a’zosi Endryu Robertsonga taqqoslagan. Avvalroq Kiran Tirni uchun "Real" qiziqayotgani haqida xabar qilingan edi.