Jurnalist Fabrisio Romano "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohning kelajagi borasida yangi ma’lumot e’lon qildi.
"Saloh hozirda La Ligaga o‘tishni rejalashtirmayapti. U shu yozda ketishni maqsad qilgani yo‘q! Uning shartnomasi 2023 yilning iyun oyida tugaydi, shu vaqtdan boshlab u tekinga jamoadan ketishi mumkin.
Hozircha misrlik yulduz bor e’tiborini faqat "Liverpul"ga qaratgan.
Yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar haligacha hal etilmagan. Hammasi faqat "Liverpul"ga bog‘liq", - deb yozdi Romano.