"Yuventus" himoyachisi Leandro Bonuchchi YECHL 1/8 final javob o‘yinida "Vilyarreal"dan uchralgan mag‘lubiyat (0:3) haqida fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, italiyalik jarohati tufayli o‘yinda ishtirok eta olmadi.
"Faoliyatimda birinchi marta bunday o‘yinni maydon tashqarisida tomosha qildim, shuning uchun muxlislarimizning his-tuyg‘ularini bilaman. Endi biz faqat kechirim so‘rashimiz mumkin", dedi Bonuchchi.
"Yuventus" "Vilyarreal"ga umumiy hisobda mag‘lub bo‘ldi (1:4) va asosiy sovrin uchun kurashni tark etdi.