Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«PSJ»ning muvaffaqiyatsiz 10 urinishi

«PSJ»ning muvaffaqiyatsiz 10 urinishi

Baho:
+1 | -

«Santyago Bernabeu»dagi mag‘lubiyatdan (1:3) keyin «PSJ» prezidenti Nosir al Xelayfi o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoldi: yo‘lida duch kelgan buyumlarni g‘azab bilan tepib, uloqtirdi, hakamlarning adabini berib qo‘yishini ta’kidlab, «Real» vakiliga «seni o‘ldiraman» deya do‘q urdi. UYEFA mojaro videoyozuvini so‘radi. Endi hatto prezident Cheferin ham qadrdon do‘stini diskvalifikasiyadan qut­qara olmaydi.

Xullas, Nosir al Xelayfi yuksak martabasiga yarashmaydigan harakatni amalga oshirdi. Lekin ehtiroslarga erk berib yuborishining o‘ziga yarasha sabablari borligini inobatga olishimiz lozim. Oxirgi 11 yil davomida klub sohibi faqat futbolchilar xaridi va ish haqining o‘ziga 2 mlrd. yevrodan ko‘proq mablag‘ sarfladi. Tabiiyki, shu davr ichida Xelayfi Yevropa futbolini zabt etishni chamalagandi. Biroq ma’lum bo‘lishicha, pul evaziga erishib bo‘lmaydigan armonlar futbolda ham mavjud ekan.

Jumladan, «ko‘hna qit’a»ning eng nufuzli klub sovrini hanuzgacha orzu bo‘lib qolmoqda, doimo nimadir yoki kimdir uning ro‘yobga chiqishiga xalal beradi. Ayniqsa, joriy mavsum parijliklarning «Real»dan yengilishlari o‘ta alamli bo‘ldi:

- birinchidan, ikki uchrashuvdan iborat duelning intihosi o‘ta xijolatli bo‘ldi, 150 daqiqa davomida 2 to‘p farqi bilan oldinda borgan «PSJ» qandaydir 17 daqiqa ichida chorak final yo‘llanmasini boy berdi.

- ikkinchidan, qatorasiga ikki muvaffaqiyatli (final va yarim final) mavsumdan ke-yin jamoa nufuzli turnirni barvaqt tark etdi. «Pley-off» bosqichining dastlabki raundidan keyin tomoshabinlar safidan joy olish - o‘ta og‘riqli zarba.

- uchinchidan, qatarlik sohib aynan shu mavsumga katta umid bog‘lagandi. Tarkibga Messining olib kelinishi, Mbappening saqlab qolinishidan ko‘zlangan maqsad faqat Liga 1 chempionligini qaytarib olish emasligi aniq. Endi Kilian Parijni tark etishga yaqin turibdi, Leo esa yana bir yoshga ulg‘aydi. Xullas, qulay imkoniyat boy berildi.

- to‘rtinchidan, bu ikki jamoa o‘rtasidagi qarama-qarshilik allaqachon yashil maydon tashqarisiga chiqib bo‘lgandi. O‘tgan yili parijliklar Mbappeni 200 mln. yevro evaziga Madridga qo‘yib yuborishmadi va Parijda qolishi uchun unga o‘ta manfaatli shartnoma taklif etishdi. «Real» ustidan erishilajak g‘alaba «PSJ»ning ruhiy ustunligini ta’minlardi. Amalda buning aksi kuzatildi. Yuz bergan omadsizlik Mbappening yo‘qotilishi bilan cheklanib qolmasligi ehtimoli katta.

Omadsizlikning 50 foiziga «Real» va «Barselona» sababchi

Ta’kidlash joizki, YECHL «pley-off» bosqichida «PSJ» yenga olmagan to‘siqlar shunchaki, anoyi jamoalar emas. So‘nggi 10 yillikda parijliklarni faqat grandlar musobaqadan barvaqt chiqarib yuborishdi: «Barselona» (3 marta), «Real» va «Manches­ter Siti» (2 martadan), «Bavariya», «Chelsi» va «MYU». «PSJ»ga qarshi duellarda bu jamoalar yuksak sport formasida deyishga asos yo‘q, parijliklar necha marta sezilarli ustunlikni qo‘ldan chiqarishgani haqida gapirmasa ham bo‘laveradi:

2012|2013 yillar mavsumi. «PSJ» - «Barselona» (chorak final) - 2:2, 1:1

2013|2014. «PSJ» - «Chelsi» (chorak final) - 3:1, 0:2

2014|2015. «PSJ» - «Barselona» (chorak final) - 1:3, 0:2

2015|2016. «PSJ» - «Manchester Siti» (chorak final) - 2:2, 0:1

2016|2017. «PSJ» - «Barselona» (nimchorak final) - 4:0, 1:6

2017|2018. «PSJ» - «Real» (nimchorak final) - 1:3, 1:2

2018|2019. «PSJ» - «MYU» (nimchorak final) - 2:0, 1:3

2019|2020. «PSJ» - «Bavariya» (final) - 0:1

2020|2021. «PSJ» - «Manchester Siti» (yarim final) - 1:2, 0:2

2021|2022. «PSJ» - «Real» (nimchorak final) - 1:0, 1:3.

YECHLdagi 10 yillik omadsizlikning o‘ziga xos jihati

Qatarlik sohib davridagi dastlabki «pley-off» bosqichida jamoani Karlo Anchelotti maydonga olib tushgandi. O‘shanda tarkibida Bekxem va Ibragimovich bo‘lgan «PSJ» «Barselona» bilan tengma-teng o‘yin ko‘rsatib, safarda urilgan gol ustunligiga (o‘z maydonida - 2:2, «Kamp Nou»da - 1:1) ko‘ra musobaqani barvaqt tark etgandi. 2012|2013 yillar mavsumidan keyin don Karlo Parijni tark etdi va «Real» bilan «Desima»ni qo‘lga kiritdi. Joriy mavsum nimchorak finalidagi «PSJ» ustidan erishilgan g‘alaba Karlettoning ikkinchi tashrifida yorqin sahifa bo‘ladi.

«PSJ» nufuzli turnirning «pley-off» bosqichlarida to‘rt marta dastlabki bellashuvlarni o‘z foydasiga hal etib, javob uchrashuvidan keyin ishtirokini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. «Chelsi», «Barselona», «MYU» va «Real» o‘z muxlislarini ajoyib «kambek»lar bilan xushnud etishdi. Ayniqsa, 0:4 ko‘rinishidagi mag‘lubiyatdan keyin 6:1 hisobidagi zafarning zavqi o‘zgacha bo‘lgani aniq. «PSJ» bunga imkon berdi. Vaholanki, omadsizliklarning barchasida kamida 2ta gol ustunligiga ega bo‘lgandi.

* 10ta muvaffaqiyatsizlikning 3tasida «PSJ» o‘z maydonida ham, safarda ham raqiblariga imkoniyatni boy berdi.

* To‘liq ustunlik nashidasini surishga «Barselona» (2014|2015, umumiy 5:1 hisobida), «Real» (2017|2018, umumiy 5:2) va «Manchester Siti» (2020|2021, 4:1) klublari muvaffaq bo‘ldilar.

Parijliklar mag‘lubiyati bilan yakunlangan duellar juftligi xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, 9ta javob uchrashuvlarining 8tasida ular imkoniyatni boy berishgan. 2012|2013 yillar mavsumida jamoa «Kamp Nou»dagi jangovar durang (1:1)dan so‘ng YECHL bilan xayrlashgandi. Qolgan barcha bellashuvlarda mag‘lubiyatni tan olishgan. Garchi dastlabki uchrashuvlarda risoladagidek qarshilik ko‘rsatishgan va ba’zan raqibdan kuchliroq (4 g‘alaba, 2 durang, 3 mag‘lubiyat) o‘ynagan bo‘lsalar ham.

Raqiblarning «kambek»lari, «PSJ»ning yaqqol ustunlikni boy berish odati kishini hayron qoldiradi. Taajjubki, jamoa bir amallab finalga yetib kelganida, nufuzli sovrin taqdirini hal qilgan yagona golni o‘zi tarbiyalagan, lekin qadriga yetmagan Kingsli Komandan qabul qilib oldi. O‘sha aniq zarbaning ahamiyati Benzemaning «xet-trik»idan zalvorliroq!

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:30, 21.03.2022.
O'qildi: 3755 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.