Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Zidan Italiya terma jamoasini qarg‘ab yuborganmidi? (katta maqola)

Zidan Italiya terma jamoasini qarg‘ab yuborganmidi? (katta maqola)

Baho:
+ | -

Italiya Shimoliy Makedoniyadan uchralgan mag‘lubiyat tufayli 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqa olmadi.

Balki o‘shanda Materassi afsonaga nisbatan provokasiya qilmasligi kerakmidi?

Italiya JCH-2022 yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan o‘yinda Shimoliy Makedoniyaga mag‘lub bo‘lib, barchani larzaga keltirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bularning barchasi Zinedin Zidanning qarg‘ishi deb hazil qila boshladi. Esingizda bo‘lsa kerak - Fransiya bilan JCH-2006 finalida, qo‘shimcha bo‘limda "adzurrilar" himoyachisi Marko Materassi Zizuga nimadir dedi va u bunga javoban italiyalikning ko‘kragiga boshi bilan zarba berdi. Bosh hakam Orasio Elisondo vaziyatni o‘tkazib yuborgandi, ammo to‘rtinchi hakam Luis Medina Kantalexo bilan maslahatlashganidan so‘ng, Zidanga qizil kartochka ko‘rsatgandi. Oxir-oqibat, Italiya o‘z tarixida to‘rtinchi marta jahon chempionatida g‘alaba qozondi.

Zidan va Materassi bilan bo‘lgan vaziyat o‘sha jahon chempionatining eng mashhur epizodi sifatida tarixdan joy oldi. U Jeff Xerst va Tofig Baxramovning mo‘’jizaviy goli, 1986 yilgi jahon chempionatida Angliya darvozasiga urgan Diyego Maradonaning ikkita goli yoki 1994 yilgi Jahon chempionati finalida Roberto Badjoning penaltilar seriyasida noaniq amalga oshirgan zarbasi kabi unutilmas vaziyatlar tarkibiga kirdi.

Finaldan bir necha yil o‘tgach, Materassi o‘sha paytda Zidan nima uchun unga tashlanganini ochiqladi:

“Men voqeaning bunday rivojlanishidan qochishim mumkin edi. Lekin u menga to‘rt marta futbolkasini kiyib ko‘rishimni aytgandi, men singlingni kiyib ko‘rganim ma’qul, deb javob berdim. Keyin bilsam, uning haqiqatan ham singlisi bor ekan, lekin men bu gaplarni aytganimda uning singligi borligidan bexabar edim. Onasini haqorat qilish? Men hech qachon birovning onasini haqorat qilmayman”, - deb esladi italiyalik sobiq himoyachi 2011 yilda.

Materassi umrida birovning onasini haqorat qilmagan bo‘lsa kerak, ammo o‘sha Berlindagi finaldan keyin Italiyaning jahon chempionatlarida muvaffaqiyatsiz ishtiroki boshlandi.

2010 yilgi Jahon chempionatida "adzurri" o‘z guruhidan chiqa olmadi, 2014 yilgi Jahon chempionatida ham xuddi shunday hodisa ro‘y berdi, lekin JCH-2018 va JCH-2022 JCHda ishtirok etish uyoqda tursin, hatto saralash bosqichidan ham o‘ta olmadi.

Ammo 2006 yilning yozi Italiya uchun shunchaki ajoyib bo‘ldi: Ishonchli tarzda guruhdan chiqish (Gana bilan 2:0, AQSH bilan 2:2 va Chexiya bilan 2:0), keyin Avstraliya (1:0), Ukraina (3:0) ustidan g‘alaba qozonish, Germaniya (2:0 q.v) bilan ajoyib yarim final va nihoyat Fransiya bilan final.

Turnir boshlanishiga bir necha hafta qolganida «kalchopoli ishi» boshlandi, ammo bu voqea Italiya terma jamoasini yanada kuchli qildi.

«Ko‘pchilik bizni ruhiy zarbaga uchradi, raqiblarimiz bizni maydonda oyoq osti qilamiz, deb o‘ylagandi, ammo biz barcha muammolarni ijobiy energiyaga aylantira oldik. Biz o‘zimizni hurmat qilganimiz va qadrlaganimiz uchun rahmat, - deb eslaydi o‘sha paytda jamoani boshqargan Marselo Lippi.

“Jamoani boshqargan birinchi kundanoq men barchani ishontirishga harakat qildimki, terma jamoada har bir futbolchining orzusi bo‘lishi kerak, futbolchilar bu haqda yiliga 365 kun, 24 soat o‘ylashi kerak. Hatto tarkibimizda o‘rtoqlik uchrashuvida ham qo‘pol vaziyatlarda oyog‘ini ayaydigan futbolchilar yo‘q edi. Ular Koverchanoga jarohatlar bilan kelishgan. Ular jamoa bilan birga bo‘lishni xohlashdi. Bir kuni Gattuzo tayoqchada paydo bo‘ldi. Bir kun avval «Milan» direktori Adriano Galliani menga qo‘ng‘iroq qildi: “Marselo, Rinoning to‘pig‘idan jiddiy jarohat bor, u qovunga o‘xshaydi, hatto yura olmaydi. Ammo u yig‘inga kelishni xohlaydi. Unga nima deyishim kerak?" - dedi. - Hech narsa, Adriano. U haq, dedim" - deb eslaydi Lippi.

O‘sha tarkibda bo‘lgan barcha futbolchilar keyinchalik o‘z avtobiografiyalarida jamoadagi aql bovar qilmaydigan muhit haqida gapirishdi, xususan, Franchesko Totti va Jiji Buffon. Lekin, ehtimol, bu Fabio Kannavaro va jurnalist Alessandro Alchatoning «Bizning bolamiz» kitobida eng yaxshi tarzda yetkazilgan. Kannavaroning o‘zi yozganidek, 2014 yilda u WhatsAppda chat yaratdi va uni «Jahon chempionlari 2006» deb nomladi - hech kim taklifni rad etmadi. G‘alabaning o‘n yilligiga kelib, kitob g‘oyasi paydo bo‘ldi va amalga oshirildi, unda ro‘yxatdan o‘tgan 23 nafar futbolchining har biri ushbu turnir haqidagi o‘z hikoyalari bilan o‘rtoqlashdi. Sahna orqasi juda kulgili va hayajonli bo‘lib chiqdi va eng muhimi, bu Italiya nima uchun Jahon kubogini yutganini qisman tushuntirdi.

«Dortmundda maydonga tushganimizda, odatdagidek, markaziy tribuna oldida turdik. Keyin ular raqiblarni, odatiy marosimni kutib olishdi. Nemislar tik turishdi, biz hamma bilan qo‘l berib ko‘rishib, ularning yonidan o‘tdik. Lekin ularning birortasi ham ko‘zimga qaramadi, hammasi maydonga tikildi. Ular qo‘rqishdi. Ular juda qo‘rqishdi va men o‘yladim: «Mama mia, ular bunchalik katta ...». Biroz vaqt o‘tgach, u kulib yubordi: «Agar ular o‘zlarini ahmoq qilishsa, qanday bo‘lishini tasavvur qiling ...» Men darhol Buffonning oldiga yugurdim.

- «Jiji!»

- Nima xohlaysan, Fabio?

- «Bo‘ldi»

- «Nima gap?»

- «Biz allaqachon g‘alaba qozonganmiz»

- «Nima haqida gapiryapsan?»

- «Ular bizning ko‘zimizga qarashmaydi. Ular qo‘rqishadi».

- «Fabio, sen juda ahmoqsan...»

Men ahmoqdirman, lekin biz Germaniya hech qachon mag‘lub bo‘lmagan stadionda g‘alaba qozondik. Biz ularning talismanini sindirib tashladik» - bu Kannavaroning Germaniya bilan yarim finaldagi xotiralari.

O‘shanda Italiya har qanday talismanlarni yo‘q qilishga kuchi yetardi. biroq, Zidanga tegish kerakmasligini hozirda o‘zlari ham tushunib yetishgandir...

Kiritildi: 14:59, 29.03.2022.
O'qildi: 3459 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.