Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

JCH-2022ga qur’a tashlandi: Ronaldu Suaresga qarshi, Messi va Levandovski o‘zaro o‘ynaydi

JCH-2022ga qur’a tashlandi: Ronaldu Suaresga qarshi, Messi va Levandovski o‘zaro o‘ynaydi

Baho:
+ | -

2022 yilgi jahon chempionatiga qura tashladi.

Avvalo bir lahzani qayd etib qo‘yish kerak. Bu oxirgi marta Jahon kubogi finali matematik jihatdan mukammal ko‘ringan turnir bo‘ladi: to‘rtta jamoadan sakkizta guruh, 16 pley-off ishtirokchilari. 2026 yilgi jahon chempionati esa 48 ta terma jamoa 12 guruh har bir guruhda 3 tadan jamoa bo‘ladi.

32 ishtirokchidan 29 nafari ma’lum bo‘lgani bilan baribir qur’a o‘tkazildi. Qit’alararo pley-off hali bo‘lib o‘tgani yo‘q, Yevropadan so‘nggi nomzod ham noma’lum. Bu tahlilni to‘liq qilish imkonini bermaydi.

Biroq, asosiy xulosalar osonlik bilan chiqarilishi mumkin.

1. To‘rt yil avvalgidek, "o‘lim" guruhi yo‘q. 1/8 finalga barcha favoritlar chiqishi kerak shekilli, sensasiyalar bo‘lmasa guruh bosqichida hech bir kuchli terma jamoani boy bermaymiz.

2. Rossiya-2018da pley-off bosqichidan oldin yuqori ko‘rsatkichga ega ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi: Ispaniya - Portugaliya va Angliya - Belgiya. Hozir - faqat bitta Germaniya - Ispaniya.

3. Lekin ajoyib individual qarama-qarshiliklar bor: Leo Messi - Robert Levandovski, Krishtianu Ronaldu - Luis Suares, Sadio Mane - Virjil van Deyk, Kevin De Bryuyne - Luka Modrich.

4. B guruhi. Bu, albatta, eng qiziqarli kvartet: Angliya, AQSH, Eron, shuningdek, Shotlandiya / Ukraina yoki Uels. 2010 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida amerikaliklar va britaniyaliklar o‘rtasidagi o‘yin durang bilan yakunlangan va britaniyalik darvozabon Robert Grinning xatosidan hamma hayratda qolgandi. Bu xalqlar o‘ziga xos munosabatlarga ega - ham tarixiy, ham futbol borasida. AQSHda birinchi raqamli sport turini “sokker” deb atashadi, bu ko‘pchilikni bezovta qiladi va Angliya bilan o‘yin shukrona kunidan so‘ng darhol, “Qora juma” kuni bo‘lib o‘tadi.

Shotlandiya yoki Uelsning inglizlar yo‘liga chiqishi mumkinligi intriga qo‘shadi va AQSH va Eron o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar hammaga ma’lum.

5. Qatar nisbatan oson raqiblarga ega bo‘ldi. Ha, u birinchi savatda edi, lekin u boshqalardan kuchliroq raqiblarga duch kelishi mumkin edi. Mezbonlarning birinchi turdagi o‘yini Ekvadorga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Vaqt farqi tufayli birinchi kunning ikkita o‘yini (Ekvador va AQSH ishtirokida) kechroq vaqtga ko‘chirildi. Shu bois turnirni Qatar terma jamoasi ochib bermaydi. Ochilish o‘yinida Senegal va Niderlandiya terma jamoalari maydonga tushadi.

6. Ikki guruh birdaniga JCH-2018da ko‘rganimizni deyarli to‘liq takrorlaydi. Braziliya, Shveysariya va Serbiya 4 yil oldin o‘zaro o‘ynagan. Fransiya va Daniya ham, ammo BAA/Avstraliya yoki Peru triosidan kimdir ham kvartetga qo‘shiladi. So‘nggi ikki jamoa Rossiyada fransuzlar va daniyaliklar bilan bir guruhdan joy olgandi.

Bizning vakillarimiz turnirda ishtirok etishmasa ham, haqiqiy futbol bayramidan zavq olishda davom etamiz…

Kiritildi: 09:37, 02.04.2022.
O'qildi: 3604 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.