Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Superliga. «Olimpik» mavsumdagi ilk g‘alabasiga Jizzaxda erishishga yaqin kelgandi

Superliga. «Olimpik» mavsumdagi ilk g‘alabasiga Jizzaxda erishishga yaqin kelgandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatining 4-turidan o‘rin olgan qiziqarli uchrashuvlardan biri Jizzaxda bo‘lib o‘tdi. OFK kubogida ishtirok etadigan "So‘g‘diyona" o‘z maydonida musobaqa debyutanti "Olimpik"ni qabul qildi.

Jizzaxliklar bir soat davomida katta ustunlikka erishishgan bo‘lsa, olimpiyachilar asosan himoyalanishdi. Baqoyev jamoasi birinchi bo‘limda hisobni ochgandi, ammo gol ofsayd tufayli (VAR yordamida) bekor qilindi.

Ikkinchi bo‘limning 58-daqiqasida mezbonlar futbolchisi maydon markazida raqibiga nisbatan fol ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydonni tark etdi. "Olimpik" son jihatdan ustunlikdan 78-daqiqada foydalanishdi. Darvoza to‘siniga tegib qaytgan to‘pni Otabek Jo‘raqo‘ziyev bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Toshkentliklar 90-daqiqada o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishlari mumkin edi. Darvozabon to‘pni egallab, maydon markazi tomon uloqtirib berdi. Mamasiddiqov "So‘g‘diyona" posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi.

Uchrashuvga qo‘shib berilgan 3-daqiqada hakam "Olimpik" darvozasi tomon penalti belgiladi. Sabab — to‘p himoyachining qo‘liga tegdi. Penaltidan esa Shohruz Norxonov unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

Natijada har ikki jamoa 2 ochko yo‘qotishdi. Ayniqsa, "Olimpik" mavsumdagi ilk g‘alabasiga yaqin turgandi.

Superliga. 4-tur
"SO‘G‘DIYONA" - "OLIMPIK" - 1:1 (0:0)
Gollar: Shohruz Norxonov (90+3-penalti) — Otabek Jo‘raqo‘ziyev (78)
Chetlatish: Behruz Shodmonov (58)
So‘g‘diyona: Mitrovich, Qulmatov (Filiposyan 64), No‘monov, Shayqulov, Jo‘rabekov, Norxonov, Qahramonov, Shodmonov, Chermel, Abdumannopov (Hasanov 60), Kolakovich.
Olimpik: Nazarov, Begimov, Hamraliyev, Jiyanov, Abdumannonov (Odilov 46), Jo‘raqo‘ziyev, Tursunov, Ibrohimov, Tairov, Turdialiyev, Anvarov (Mamasiddiqov 46).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:36, 02.04.2022.
O'qildi: 2125 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.