Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Teng guruhlar, turli yo‘llar: 2022 yilgi jahon chempionatida qaysi jamoa g‘alaba qozonishi mumkin?

Teng guruhlar, turli yo‘llar: 2022 yilgi jahon chempionatida qaysi jamoa g‘alaba qozonishi mumkin?

Baho:
+ | -

Garchi, Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati-2022 musobaqasining barcha ishtirokchilari aniqlanmagan bo‘lsa-da, kecha turnir final qismiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mutaxassislarvamuxlislarningta’kidlashicha, busafarna «osonguruhlar», na «o‘limguruhlar» yo‘q. Biroq, bu final uchrashuviga qadar bir xil bo‘ladi degani emas. Shu sabab guruhlarni sinchiklab tahlil qilib, turnirning favoritlari haqida biroz ma’lumot berishga qaror qildik.

Chempionlar ligasi musobaqasidan farqli o‘laroq, Jahon chempionati1/8 finalning potensial ishtirokchilari hatto guruh bosqichidagi ishtiroki oldidan o‘zini qanday raqiblar kutayotganini taxminan bilishadi. Ha, har qanday bosqichda sensasiyalar bo‘lishi mumkin, ammo keling, final yo‘li qanday bo‘lishini va qaysi jamoalar osonroq yo‘ldan ketishi mumkinligini taxmin qilib ko‘raylik.

«A» «B»«S» va «D»guruhlari

Aynan u yerda jahon chempionati mezboni hisoblangan Qatar terma jamoa bor. «A» guruhida asosiy kurash ikkinchi o‘rin uchun kechadi. Yaqin Sharqning ushbu jamoasiga hurmat saqlagan holda aytadiganbo‘lsak, qit’adoshlarimizni qiyin raqib deya olmaymiz. Guruhga nazar tashlasak, Qatarning «A» guruhidagi raqiblari Ekvador, Senegal va Niderlandiya terma jamoalari bo‘ldi. «Uchar gollandlar» bu kvartetda yaqqol favorit, ammo Senegal, Qatar va Ekvador jamoalari katta ehtimol bilan ikkinchi qator uchun kurashadi.

A guruhidagi jamoalarning raqiblari «B» guruhidagi jamoalar bo‘lishi aniq. Bu guruhdagi o‘yinlar ham shiddatli va keskin kurashlarga boy o‘tishiga shubha yo‘q. Angliya, Qo‘shma Shtatlar va Eron bir guruhdan joy oldi. To‘rtinchi jamoa Yevropa saralashidan so‘ng keyinroq aniqlanadi. Uels terma jamoasi Ukraina – Shotlandiya juftligi g‘olibiga qarshi kurash olib boradi.

Bu yerda bashorat qilish ancha qiyin, lekin birinchi o‘rinni Angliya o‘ziniki qilib olganini inkor etib bo‘lmaydi. Shu sabab, bu yerda ham ikkinchi o‘rin uchun kurash qiziq bo‘ladi. Shunday qilib, lpley-offda Gollandiya Eron, AQSH va Yevropaning bitta jamoasiga qarshi kurash olib borsa, «B» guruhining favoriti Angliya Ekvador, Qatar yoki Senegal bilan kurashishi mumkin bo‘ladi.

«S» guruhida yaqqol favorit va yaqqol autsayder jamoalar bor. Gap Argentina va Saudiya Arabistoni haqida ketmoqda, ammo ikkinchi o‘rin uchun katta ehtimol bilan Meksika va Polsha kurash olib boradi. Agar polyaklar hozirgi formasini yil oxirigacha saqlab qolishsa, unda ular yanada uzoqroqqa borishlarini taxmin qilish mumkin.

«D» kvartet deyarli 2018 yildagi Fransiyaning raqiblariga o‘xshab ketadi. O‘shandaDidye Desham shogirdlariDaniya Peru va Avstraliya bilan o‘ynagandi. Endi fransuzlar Daniya va Tunis bilan o‘ynashadi, to‘rtinchi raqib esa Peru/Avstraliya/BAA triosidan biri bo‘ladi. Bu guruh haqida taxmin qiladigan bo‘lsak, katta ehtimol bilan birinchi va ikkinchi o‘rinlarni Fransiya va Daniya terma jamoalari egallaydi. Sababi, Tunis Afrika qit’asini unchalik kuchli bo‘lmagan jamoasi hisoblansa, Peru/Avstraliya/BAA haqida ham shunday deyish mumkin. Har holda, hozirgi paytda Daniyani bu terma jamoalardan kuchli ekanligini inkor etib bo‘lmaydi. Ammo, bu — futbol va o‘sha «maydon tekis, to‘p yumaloq» iborasini eslab o‘tish zarur.

Bizning taxminimizga ko‘ra, 1/8 finalda Argentina Daniya bilan, Fransiya esa Polsha bilan o‘ynaydi.

Keyin esa chorak finalni tasavvur qilishga harakat qilamiz. Gollandiya Argentina bilan o‘ynashi mumkin, Angliya esa Fransiyaga qarshi saf tortadi.

 

«E», «F», «G» va «H» guruhlari

«E» guruhi ham ishtirokchilari ham hali to‘liq tarkibiga ega emas. Hozircha Ispaniya, Germaniya va Yaponiya jamoalari aniq. To‘rtinchisi yoki Kosta-Rika yoki Yangi Zelandiya bo‘ladi. Qanday bo‘lmasin, bu yerda sensasiyani kutishning hojati yo‘q. Germaniya va Ispaniya mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallashi mumkin.

«F» guruhida bizni Belgiya va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi qiziq qarama-qarshilik kutmoqda. Mazkur musobaqabelgiyaliklarning «oltin avlodi» uchun so‘nggi turnir bo‘lishi mumkin — yo  hozir, yo hech qachon. Xorvatiya ayni damda 2018 yildagidek kuchli emas, lekin baribir raqiblariga yetarlicha qarshilik qila oladi. Ammo Marokash va Kanada haqida bunday taxmin bildira olmaymiz.

Bunda katta ehtimol bilan Germaniya Xorvatiya bilan, Ispaniya esa Belgiyaga qarshi bahs olib boradi.

«G» guruhida birinchi o‘rin uchun kurashni kutishning hojati yo‘q. Braziliya qolgan rahiblaridan bir bosh ustun turadi. Ammo ikkinchi o‘rin uchun esa uchta jamoaning har birida imkoniyat bor: Shveysariya, Serbiya va Kamerun. Serblar jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi. Sababi ular saralashda Portugaliyadek jamoani ortda qoldirib, final bosqichiga yo‘l oldi. Ammo, shveysariyaliklarda ham ajoyib jamoa bor va 2018 yilda ular shunga o‘xshash guruhdan ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l olgandi. Biroq, unda uchinchi jamoa Kamerun emas Kosta-Rika edi .

«H» guruhida ham Portugaliya qolgan uchta teng jamoalar orasida yaqqol favorit ko‘rinadi — Gana, Urugvay va Janubiy Koreya. Ko‘pchilik Amerika qit’asi vakili Urugvayni favorit deb aytishmoqda, ammo biz bu yerda Janubiy Koreyaning imkoniyatlarini yuqori baholaymiz. Sababi qit’adoshlarimiz bo‘lgan koreyaliklarda so‘nggi yillarda ajoyib jamoa shakllangan. Son Xin Min boshchiligidagi terma jamoadan bu yil ko‘p narsa kutish mumkin. Taxminimizga ko‘ra, 1/8 finalda Braziliya Janubiy Koreya bilan, Portugaliya esa Serbiya bilan o‘ynaydi.

Chorak final juftliklarida Germaniya Braziliya bilan uchrashadi va o‘sha 2014 yildagi sharmandali hisob uchun Neymar va uning jamoasi qasos olishga harakat qilib ko‘radi. Qolgan chorak finalda esa belgiyaliklar portugaliyaliklar bilan o‘ynaydi.

Ko‘rib turganingizdek, favoritlar hozirgi formasidagi kabi o‘ynay olsa, katta ehtimol bilan bizning taxminlarimiz o‘zini oqlashiga shubha yo‘q. Imkoniyatdan foydalanib, Fransiya va Braziliyaning yo‘li Germaniya va Ispaniyaga qaraganda ancha oson bo‘lishini taxmin qila olamiz.

Sizchi? 2022 yilgi jahon chempionatining asosiy favoriti sifatida qaysi terma jamoani ko‘rasiz?

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz

Сизчи? 2022 йилги жаҳон чемпионатининг асосий фаворити сифатида қайси терма жамоани кўрасиз?

Kiritildi: 21:39, 02.04.2022.
O'qildi: 10627 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.