Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Qatar-2022. Angliyaning finalgacha yo‘li qanday bo‘ladi? Hisob-kitob qilamiz!

Qatar-2022. Angliyaning finalgacha yo‘li qanday bo‘ladi? Hisob-kitob qilamiz!

Baho:
+ | -

1 aprel kuni 2022 yilgi Jahon chempionati uchun saralangan jamoalar o‘rtasida qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unda deyarli hamma, guruhdagi raqiblari kim bo‘lishini bilib oldi. Xususan, Angliya terma jamoasi ham. Endi inglizlar 56 yillik tanaffusdan keyin Qatardagi kubokni yutish uchun nimalar qilish kerakligini yaxshi biladi. Garet Sautgeyt shogirdlari tarixdagi ilk qishki mundialda, nisbatan osonroq guruhdan joy oldi.
«Uch Sherlar» B guruhida Eron, AQSH hamda ehtimoliy Uels, Shotlandiya va Ukraina triosi g‘olibi bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi. 2018 yilda yarim finalgacha, Yevro-2020da esa finalga qadar yetib bora olgan inglizlar, guruhni g‘olib sifatida yakunlashiga ishonadi. Ammo pley-off bahslari qanday o‘tadi? Turnirning mana shu tomoni jiddiyroq masala sifatida qaralishi kerak.
Quyida e’tiboringizga Angliyaning finalga qadar bo‘lgan ehtimoliy yo‘lini keltirib o‘tamiz.

Guruh bahslari:

B guruhi

Angliya
Eron
AQSH
Uels/SHotlandiya/Ukraina

21 noyabr – Angliya va Eron
25 noyabr – Angliya va AQSH
29 noyabr – Uels/Ukraina/ Shotlandiya va Angliya

Nimchorak final:

3‐6 dekabr.
Agarda Angliya terma jamoasi B guruhini g‘olib sifatida yakunlasa, u holda A guruhida ikkinchi o‘rinni olgan raqib bilan to‘qnash keladi. Bu raqib esa Qatar, Ekvador, Senegal yoki Niderlandiya bo‘lishi mumkin.
Bordi-yu, Sautgeyt shogirdlari ikkinchi o‘rinni olsa, A guruhining g‘olib jamoasiga duch keladi. Bu g‘olib jamoa esa katta ehtimol bilan Afrika chempioni Senegal yoxud Niderlandiya bo‘ladi.

Chorak final:

9-10 dekabr
Siz ayni bosqichga kelib, musobaqaning eng qizg‘in pallasiga guvoh bo‘layotgan bo‘lasiz. Bu yerga Angliya terma jamoasi nimchorakdan o‘tib kelishi kerak bo‘ladi. Agar buni eplasa, ular D guruhi g‘olibi yoki C guruhida ikkinchi o‘rinni olgan jamoaga ro‘baro keladi.
Bu, raqibni ko‘p ehtimol, Fransiya yoki Argentina bo‘lishini anglatadi. Qolaversa, ikkinchi variant ham mavjud. Unda esa jamoalar ko‘p: BAA/Peru, Daniya, Tunis, Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha ham raqibga aylanishi mumkin.

Yarim final:

13-14 dekabr
Agar Angliyaga omad kulib, jamoa 2018 yilgi natijasini takrorlay olsa, u holda yarim finaldagi raqib ancha kuchli bo‘ladi. Ulaf E, F, G yoki H guruhidan chiqib kelgan bo‘lishi mumkin. Ushbu guruhlarning eng favorit jamoalari ichida Ispaniya, Germaniya, Belgiya, Braziliya va Portugaliya mavjud. Shuningdek, Kosta-Rika/YAngi Zelandiya, Yaponiya, Kanada, Shveysariya, 2018 yilgi finalchi ‐ Xorvatiya, Serbiya, Kamerun, Gana, Urugvay hamda Janubiy Koreyaga ham potensial raqib sifatida qarash mumkin.

Final:

18 dekabr
Agarda, yana qaytaramiz, agarda(!) Garet Sautgeyt Angliyani yana bir finalga yetaklay olsa, u yerda «Uch Sherlar» uchun Jahon chempionatiga chiqa olgan istalgan raqib qarshilik qilishi mumkin. Mundial finali esa 18 dekabr kuni, Rojdestvodan atigi bir hafta oldin bo‘lib o‘tadi.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 22:15, 03.04.2022.
O'qildi: 2826 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик