Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

JCH oldidan siyqasi chiqqan gaplar davom etadi

JCH oldidan siyqasi chiqqan gaplar davom etadi

Baho:
+ | -

Infantino JCH-2022ni allaqachon «tarixdagi eng yaxshisi» deb atamoqda. Bu ibora albatta qadrsizlanib ulgurgan. Chunki mundialga u boshlanishidan oldin har doim shunday ta’rif berib kelinadi.

Quyida ushbu bayonotlar xronologiyasini kuzatib chiqamiz.

2022 yilgi jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimida Janni Infantino bo‘lajak turnirga tayyorgarlik misli ko‘rilmagan darajada tashkil etilganini ta’kidladi. Biroq biz buni ilgari ham juda ko‘p bor eshitganmiz.

«Bu tarixdagi eng yaxshi jahon chempionati, dunyodagi eng qiziqarli shouga aylanadi», - deydi Janni Infantino qur’a tashlash marosimidan bir kun oldin 31 mart kuni ishonch bilan. Marosim chog‘ida mezbon tashkilotchilar tomonidan ham sahnada shunday so‘zlar yangradi.

JCH-2018 yakunida ham Infantino bundan kam bo‘lmagan so‘zlarni aytgan: «Bu jahon chempionati tarixdagi eng yaxshisi bo‘ldi. Bir necha yil davomida men shunday bo‘ladi deb o‘ylagan edim, ammo hozir buni bemalol ishonch bilan aytishim mumkin, deb asoslaydi funksioner. «Biz ushbu tadbir ichida u bilan birga yashadik va futbol havosidan nafas oldik. Ushbu tashkilotda ishtirok etgan barchaga, shuningdek, futbolchilar, hakamlar va murabbiylarga rahmat aytmoqchiman. Shuningdek, Rossiya xalqi va prezident Putinga mamlakatni futbol yurtiga aylantirgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman», - deydi Infantino.

Yozef Blatter Braziliyadagi jahon chempionati payti FIFA prezidenti edi. Aksincha o‘laroq u mahalliy hokimiyat organlarining turnirga tayyorgarligini tanqid qilgan. Ammo yakunda o‘z so‘zlariga teskari jumlalar keltirgan. «Barcha tanqidlarga qaramay, bu tarixdagi eng yaxshi jahon chempionati bo‘ldi. Futbolning umumiy ritmi boshqa, bu turnir boshqa. Italiya-1990 kabi qiziqarli kechgan ko‘plab musobaqalar bo‘lgan. Biroq u paytlari biz stadionlarga o‘rindiq qo‘yish bo‘yicha muammolarga uchragan edik, ammo bu yerda hamma narsa o‘zini oqladi va zamonaviy arenalar tomoshabinlar va futbolchilarning umidlarini qondirdi deb bemalol aytishim mumkin», — deydi Blatter.

Ajablanarlisi, futbol mutasaddilari JCH-2010 turnirini kamroq faollik bilan maqtashdi - ehtimol bu yuqori shovqinli karnaylar tufaylidir. JAR hatto translyasiyalarda ham muammolarga duch keldi. Ammo ijobiy tomonlar ham bor edi.

«Janubiy Afrikadagi jahon chempionati hamma uchun ulkan moliyaviy muvaffaqiyat bo‘lganini ta’kidlash joiz. Bu butun qit’a uchun, Janubiy Afrika uchun VA FIFA uchun katta yutuq bo‘ldi», - deydi Blatter.

2006 yilgi mundial Germaniya uchun juda muhim edi. O‘z o‘rnida Zepp Blatter tashkilotdan juda ham mamnun bo‘ldi: «Bu tarixdagi eng yaxshi jahon chempionati. Hech qachon bunday hissiyotli va global turnir ko‘rmaganman. Va sport nuqtayi nazaridandir, biz eng yuqori darajaga erishdik», — deydi funksioner.

Jahon chempionati 2002

Ammo Yaponiya va Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati ko‘plab sud janjallari va koreyslarning to‘satdan yarim finalga yo‘l olishi bilan esda qolishi aniq. Hatto Blatter ham ularning ishini qoralagan (lekin hamma narsadan mamnun edi).

«Bu jahon chempionatining yagona salbiy jihati hakamlik bo‘ldi. Bosh referilar yaxshi taassurot qoldirdi, lekin laynsmenlar ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi, ayniqsa, ofsayd haqida gap ketganda. Ular o‘shanda ofsayd bo‘yicha qoidalarning farqiga borishmagan», - deydi Blatter.

Darvoqe, ushbu turnirdan so‘ng FIFA jahon chempionatlarida faqat bir mamlakatdan bo‘lgan hakamlar brigadasi ishlashi haqida qonun chiqardi. Qo‘shimcha ravishda ikkala referi kamida ikki mavsum birga ishlagan bo‘lishi kerak. Bungacha turli mamlakatlar va jamoalarning laynsmenlari va hakamlari birga ishlashi odatiy hol edi - ularning ba’zilari hatto o‘yin paytigina, birinchi marta bir-birini ko‘rishgan.

Kiritildi: 00:44, 05.04.2022.
O'qildi: 4129 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.