Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Vunderkindlar: «Orzular ushaladi, albatta»

Vunderkindlar: «Orzular ushaladi, albatta»

Baho:
+ | -

Futbolda orzular chindan ham ro‘yobga chiqadi - kecha Lionel Messi bilan birga suratga tushishni o‘ylab yurgan, o‘z gollarini xuddi Krishtianu Ronaldu kabi Siiiu usulida nishonlashdan uyalmagan bolakay bugun Argentina milliy jamoasida! Xo‘sh, gap kim haqida ketmoqda?

17 yoshli vinger Alexandro Garnacho yaqindagina, ya’ni mart oyida «MYU» U-18 jamoasining o‘z yosh toifasida Angliya kubogi finaliga chiqishiga katta hissa qo‘shgandi. Aniqrog‘i, argentinalik iqtidorli yigit «Vulverxempton»ga qarshi kechgan va 3:0 hisobida yosh «qizil iblislar» foydasiga hal bo‘lgan bahsda gollardan biriga mualliflik qilib, turnirdagi aniq zarbalari sonini 4taga yetkazib qo‘ydi. U shundan so‘ng birdaniga Argentina milliy jamoa­sidan chaqiruv oldi. Oddiy aytganda, «albiselestlar» bosh murabbiyi Lionel Skaloni Venesuela va Ekvador termalariga qarshi o‘yinlar (JCH-2022 saralashi)ga tayyorgarlik jarayonida Alexandroni ham  amalda sinab ko‘rishni istadi. Qarang-a, yigitcha «MYU»ning asosiy tarkibida hali 1 daqiqa o‘ynamay turib, keng tanlov imkoniga ega Argentina milliy jamoasida paydo bo‘ldi.

Salohiyatli hujumchi «Old Trafford»ga 2020 yilning yozida «Atletiko» akademiyasidan ko‘chib o‘tdi. Garnacho bunga qadar Ispaniyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalari safida bir necha marta maydonga tushgan, yaqinda esa fuqaroligini o‘zgartirgandi. U endi o‘z kumiri - Lionel Messi bilan birga o‘ynashi mumkin. Chunonchi, Alexandro ona tomondan aynan argentinalikdir. Mana, 17 yoshli yigitcha ilk mashg‘ulotlardayoq Messi bilan suratga tushdi va uni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Imzo o‘rnida yozuv ham zo‘r: «Orzular chindan ham, amalga oshadi». Alexandro terma jamoa ixtiyoriga yo‘l olishdan oldin «Yunayted» kanaliga bergan qisqacha intervyusida ham shu haqda gapirgandi: «Bu - men uchun katta sharaf. Ikki mamlakat pasportiga egaligim qo‘shimcha imkoniyat hisoblanadi. Ha, Madridda tug‘ilganman, lekin onam argentinalik. Hozir bag‘oyat xursandman, yana hayajon darajasi baland. Oilamiz har doim ahilligi bilan ajralib turgan. O‘zim bolaligimda har ikki terma jamoani birdek qo‘llab-quvvatlaganman. Yaqinlarim bundan faxrlanadilar, albatta!»

Joriy mavsum Garnacho uchun chindan ham, zo‘r o‘tmoqda. «Yunayted» U-18 jamoasi avvalgi oy Angliya yoshlar kubogi doirasida «Everton»ni 4:1 hisobida yengganida, qahramonimiz raqibni aldab o‘tish asnosida urgan golini Krishtianu Ronalduga xos xatti-harakat bilan nishonladi - «Old Trafford»da yana Siiiu...

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 15:15, 08.04.2022.
O'qildi: 2973 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик