Kirish Ro'yxatdan o'tish

APLda chempionlik poygasi uchun intriga qolmadi (mi?)

APLda chempionlik poygasi uchun intriga qolmadi (mi?)

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Pol Merson APLda chempionlik poygasida endi intriga yo‘qligini aytdi.

Mersonning ta’kidlashicha, mavsum yakuniga qadar hali ko‘plab o‘yinlar qolgan, ammo «Manchester Siti» liga chempionligini qo‘ldan boy bersa, o‘ta hayratlanarli bo‘ladi. Pol «Liverpul»ni oldinda juda ko‘p qiyin o‘yinlar borligini, shuning uchun Klopp shogirdlari albatta ochko yo‘qotishini ta’kidladi. Sobiq futbolchining qo‘shimcha qilishicha, chempionlik uchun kurashda hech qanday intriga yo‘q, chunki «Siti» osonlik bilan chempionlikni qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda «shaharliklar» turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va «Liverpul»dan atigi bir ochkoga oldinda bormoqda.

Kiritildi: 13:18, 13.04.2022.
O'qildi: 2924 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.