Kecha portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu "Norvich"ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etib, bir qator rekordlarni qayd etdi.
Ushbu natija Krishning faoliyatidagi 60-si bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, u bu gollarning naq teng yarmini 30 yoshdan keyin kiritgan. Bu esa megayulduzning darajasini belgilab beradi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu "Liverpul" yarim himoyachisi Diogo Jota bilan APL to‘purarlari ro‘yxatida 3-o‘rinni bo‘lishib turibdi. Faqatgina “Tottenxem” futbolchisi Song Xyong Min va “Liverpul” to‘purari Muhammad Salohlar ulardan yuqori turibdi.