Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-2 Persib
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta

Manchester «qizil iblislar» qo‘liga qaytadimi?

Manchester «qizil iblislar» qo‘liga qaytadimi?

Baho:
+ | -

Bundan o‘n yil avval Manchester shahrida inqilob sodir bo‘ldi. O‘sha mavsumda (2011-2012) Angliya premyer ligasining bosh sovrinini Manchester shahrining boshqa jamoasi qo‘lga kiritdi. "Manchester Siti" butun shaharni moviy rangga bo‘yadi va bundan buyon bu shaharda ikkita katta klub borligini e’lon qildi.

Lekin o‘sha paytlarda "Manchester Yunayted" murabbiyi bo‘lgan Ser Aleks Fergyuson tizginni qo‘ldan boy bermadi. U keyingi mavsumdayoq chempionlikni "qizillar" qo‘liga qaytardi va boshini baland ko‘tarib jamoani tark etdi.

Fergyuson ketganidan buyon oradan o‘n yil vaqt o‘tdi. O‘n yildan beri shahar moviy tusga burkangan. Gvardiola qo‘lida "Manchester Siti" borgan sari vahshiylashib borayotganda "Manchester Yunayted" turli xil murabbiylar qo‘l ostida muxlislarini ranjitib keldi. O‘n yilda jamoa ikki dona sovrinni qo‘lga kiritdi. Ulardan biri Angliya kubogi bo‘lsa, ikkinchisi Yevropa ligasining bosh sovrinidir. Lekin bu natijalar bilan muxlislarni aldab bo‘lmasdi, chunki bu turnirlar ikkinchi darajali ekanligini barcha yaxshi bilardi.

Bu yillar davomida "qizil iblislar" ishqibozlari ancha qiynalishdi. Murabbiylarning birin-ketin almashishi, noto‘g‘ri amalga oshirilgan transferlar, titulsiz quruq o‘tgan mavsumlar muxlislarni tinkasini quritdi. Lekin shu mavsumning avvalida ularning qurib borayotgan qalblarida umid novdalari kurtak yozdi. Jamoaga Ronaldu, Varan kabi katta futbolchilar olib kelindi. Hamma xursand.

Ko‘pchilik "Manchester Yunayted"ni chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan qilib ko‘rsatdi. Lekin bu futbolchilar Sulsher bunyod etayotgan jamoaga mos kelmadi, natijada murabbiy jamoani ularga qarab moslay boshladi. O‘z g‘oyasidan voz kechgan Sulsher esa, bu qarori xato ekanligini kech tushunib etdi va iste’foga chiqarildi.

Navbatdagi murabbiy Ralf Rangnik esa jamoada judda katta o‘zgarishlarni amalga oshirolmadi. Jamoa hali ham inqiroz ko‘chasida, o‘ziga yarashmaydigan o‘rinlarda yuribdi. Muxlislar germaniyalik mutaxassisdan umidlarini uzib bo‘lishgan, Rangnikning vazifasi, jamoani eson-omon yilni oxirigacha yetkazib qo‘yishdir.

ERIK TEN XAG

Hammasi avvalgidek, lekin bu safar boshqacha. Klub rahbariyati doimgidek muvaffaqiyatsiz mavsumni murabbiyning bo‘yniga qo‘yib ishdan bo‘shatadi va o‘rniga boshqa murabbiyni olib keladi. Lekin bu safar boshqacha, jamoa o‘z imzosiga ega bo‘lgan murabbiy qo‘l ostiga o‘tyapti. Nihoyat "Manchester Yunayted" yulduzlariga tayanib emas, tizimli futboli evaziga natija qayd etadigan bo‘ldi.

Muxlislar va ko‘plagan futbol ekspertlari niderlandiyalik mutaxassis variantini to‘g‘ri deb qabul qilishdi. Nima uchun? Uni tizimli futbolidan boshqa nimasi bor? Shuncha nomzodlar ichidan nega aynan u? Buni yetarlicha sabablari bor. Ten Xagning "Ayaks"da tuzgan jamoasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, qariyalar va yosh iste’dodlar o‘rtasidagi jarlik ustiga ko‘prik qura olganiga guvoh bo‘lamiz.

Bundan bir necha yil avval "Ayaks" Yevropa chempionlar ligasining yarim finaliga yetib kelganiga asosiy omillardan biri shudir. De Ligt, De Yong, Van De Bek kabi yoshlar Blind, Tadich, Shyone va yana bir qator qariyalar bilan yaxshi chiqisha olishgan.

Niderlandiya mutaxassis shu uslubni "MYU"da ham joriy etishi kerak. Bundan tashqari endi yosh hisoblanmaydigan, o‘rta yoshli, futboldan uzilib qolgan Reshford, Lingard, Marsyal va o‘zining "o‘gay o‘g‘li" bo‘lmish Van de Bek kabi futbolchilarni yana futbolga qaytarishi lozim.

Shu bilan birgalikda yangi murabbiy jamoadagi katta futbolchilar bilan til topishib ketishi zarurdir, aks holda biz Yevropaning "Ikkinchi Pochettino"siga guvoh bo‘lamiz...

Ten Xag agar shu dovonlardan muvqffaqiyatli tarzda o‘tib olsa, "Manchester Yunayted"ni chempionlik poygasiga qaytarishi va shaharni yana qizil rangga bo‘yashi mumkin...

Norboy muallim.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:13, 24.04.2022.
O'qildi: 3384 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.