Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Messining faoliyatidagi eng yomon o‘yin. Leo «Barselona»ni «qulatdi» va kiyinish xonasida ko‘zyoshlarini tiyib tura olmadi...

Messining faoliyatidagi eng yomon o‘yin. Leo «Barselona»ni «qulatdi» va kiyinish xonasida ko‘zyoshlarini tiyib tura olmadi...

Baho:
+ | -

2012 yilning 24 aprelida «Barselona» muxlislari eng dahshatli voqealardan birini boshdan kechirishdi. 2011 yilning may oyida kataloniyaliklar Chempionlar ligasi finalida «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etishdi va futbol ahlini o‘zlari haqida tarixidagi eng buyuk jamoalardan biri sifatida gapirishga majbur qilishdi.

2011/12 yilgi mavsumda «Barsa» turnirdagi ketma-ket ikkinchi g‘alabasi sari ishonch bilan harakat qilardi. Messi-Xavi va Inyesta triosini hech kim to‘xtata olmadi, hujumda David Vilya porladi, jamoaga qo‘shilgan Fabregas va Aleksis Sanches kataloniyaliklarni to‘xtatib bo‘lmas qilib qo‘ygandek edi. Bularning barchasi Pep Gvardiola boshchiligida amalga oshirilganini esdan chiqarmaslik kerak.

Yarim finalda «Chelsi»ni mag‘lub etish juda osondek tuyuldi. Londonliklar uchun butun mavsum shov-shuvli o‘tdi - Andre Villash-Boash muhim bahslar oldidan ishdan bo‘shatildi, jamoani bir oydan sal ko‘proq vaqt davomida murabbiy yordamchisi Roberto Di Matteo boshqardi. Uzoq vaqt davomida hammaga Drogba, Lempard, Terri va Chexning eng yaxshi davrlari ortda qolgandek tuyuldi.

Yarim finalning ilk uchrashuvidagi «Chelsi»ning g‘alabasi (1:0) ham ko‘pchilik muxlis va mutaxassislarni ishontira olmadi. «Kamp Nou»da dahshatli «Barselona» qariyalardan tashkil topgan jamoani hech qanday qiyinchiliksiz musobaqadan chiqarib yuboradigandek tuyuldi. Qolaversa, javob o‘yiniga uch kun qolganida «Barsa» o‘z maydonida «Real»ga yutqazib qo‘ydi (1:2) va chempionlik imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Klubda bor e’tiborini Chempionlar ligasiga qaratish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi.

Birinchi bo‘limning oxiriga kelib, «Chelsi» «nokaut»ga uchragandek edi. 12-daqiqada jarohat olgan markaziy himoyachi Gari Keyxillni almashtirishga to‘g‘ri keldi; 35-daqiqada Serxio Buskets mezbonlarni oldinga olib chiqdi; 37-daqiqasida Jon Terri ahmoqona qoidabuzarligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi; 43-daqiqada Inyesta hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Televizorni o‘chirib qo‘yish va o‘yin taqdiri hal bo‘lgandek mumkindek tuyuldi. Sababi «Chelsi»dan ko‘p narsa kutishni iloji yo‘q edi.

Agar birinchi bo‘limda qo‘shib berilgan vaqtda Ramires to‘p kiritmaganida, albatta shunday bo‘lardi. Bu ko‘p jihatdan hatto «Chelsi»ning o‘zi uchun ham kutilmagan gol bo‘ldi. Bu ikkinchi bo‘limda finalga chiqish imkoniyatini shunchaki qo‘yib yubormaslik kerakligini anglatardi.

Ikkinchi taym boshlanganida darhol Messida uchrashuvga nuqta qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ldi - Drogba o‘z jarima maydonchasi ichida Fabregasni yiqitdi, Leo penaltini bajardi va... U kutilmaganda darvoza to‘siniga zarba berdi. Faoliyati davomida Messi Petr Chex darvozasiga biror marta ham gol ura olmagan: 8ta o‘yin, 0ta gol.

«Bu hal qiluvchi daqiqa edi», — deb eslaydi Chex. - Ushbu o‘yin oldidan Messining penalti tepish texnikasi haqida o‘ylardim. Mening strategiyam u qayerga tepishini ko‘rmagunimcha kutish, kutish, kutish edi. Shunday qilib, men u urmoqchi bo‘lgan tomonga qarab harakat qilganimda, u gol urish uchun balandroq tepish kerakligini tushundi. Ammo u to‘pni juda baland ko‘tarib, darvoza to‘siniga zarba berdi».

Keyingi 40 daqiqa davomida «Chelsi» shunchaki o‘z jarima maydonchasi ichida turib, qahramonlarcha himoyalandi. Futbol tarixida o‘sha davrdagi «Barselona»dan yaxshiroq to‘pga egalik qilgan jamoa bo‘lmasa kerak, chunki londonliklar Chex darvozasi oldida turib, har daqiqada to‘pni jarima maydonchasi tashqarisiga tepishdan boshqa iloji yo‘q edi.

Raqamlar nima deydi?

- «Chelsi»ga qarshi ikkita o‘yinda «Barsa» 73% to‘pga egalik qildi.

- Xuddi shu 180-daqiqada kataloniyaliklar darvoza tomon 46 ta, «Chelsi» esa 12 ta zarba berishdi.

- To‘p uzatishlar soni bo‘yicha (1537) «Barselona» raqibdan 5 (!) marta o‘zib ketdi.

- Burchaklar soni 18:2 ni tashkil qiladi, kimning foydasiga ekanligini bilasiz.

- Bu o‘yinlarda Xavining o‘zi 295 ta uzatmani amalga oshirdi. Bu «Chelsi»ning barcha futbolchilari qayd etgan natijadan atigi 34 ta kam.

Ammo o‘sha oqshom shuni ko‘rsatdiki, na mahoratdagi ustunlik, na to‘liq tashabbus, na son jihatdan ko‘pchilik bo‘lib o‘ynash uchrashuv taqdirini kafolatlamaydi. Chex butun o‘yin davomida o‘z darvozasidan boshqa to‘p olib chiqmadi. Qolaversa, ko‘plab tanqidlarga uchragan Fernando Torres so‘nggi daqiqada maydon markazidan Viktor Valdes bilan yakkama-yakka chiqib, ajoyib yakun yasadi. «Kamp Nou» sukunatga cho‘mdi.

«Menda bitta imkoniyat bo‘lishini kutmagandim», — deb tan oldi Torres. - Men deyarli chap qanot himoyachisidek o‘ynadim. Faqat qarshi hujumda o‘ynashim mumkindek edi».

«Bunday natijda bo‘lishi mumkin emas», - deb afsus qildi Gvardiola o‘yindan keyin. - Bu muxlislar uchun tasalli bo‘lmaydi. Biz 180 daqiqa davomida ajoyib o‘ynadik, finalga chiqish uchun bor kuchimizni sarfladik. Biz hech qachon finalga chiqish uchun bunchalik mehnat qilmaganmiz».

Bu mag‘lubiyat Messiga qattiq ta’sir qildi. Zero argentinalik 11 metrlik nuqtadan hammasini hal qila olardi, ammo uddalay olmadi. Ehtimol, bu uning faoliyatidagi eng katta xatosi edi. Leo maydonni alam bilan tark etdi.

«Agar siz finalda yutqazsangiz, o‘yin davomida yig‘lashingiz mumkin», — dedi keyinroq Aleksis. - Bularning barchasi futbolning bir qismi. «Chelsi» bilan o‘yindan keyin «Barselona»ning kiyinish xonasida men Leoning yig‘layotganini ko‘rdim».

«Bu yerda ekanligimiz uchun unga rahmat aytaman», — dedi Gvardiola o‘z futbolchisini himoya qilib. -  Men undan har doim minnatdorman. Men unga qoyil qolaman».

Uch kundan so‘ng Gvardiolaning o‘zi mavsum oxirida «Barsa»ni tark etishini e’lon qiladi.

«Agar siz o‘yinchilaringizga boshqa narsa bera olmasangiz, ketish vaqti kelgan bo‘ladi», — dedi u.

 

 

 

Kiritildi: 23:22, 25.04.2022.
O'qildi: 6695 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.