Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shuhrat Maqsudov: “Muxlislardan uzr so‘rayman!

Shuhrat Maqsudov: “Muxlislardan uzr so‘rayman!

Baho:
+ | -

Superliganing 6-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Olimpik” (1:5) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bunaqangi o‘yin, bunaqa natija uchun birinchi navbatda muxlislardan uzr so‘rayman! Men o‘zim ham tushunolmay qoldim, yigitlarda bugun hech narsa o‘xshamadi. “Neftchi” bilan o‘yinning ertasigayoq “Olimpik” bilan bahsga tayyorgarlik ko‘rishga kirishgandik. Har bir mashg‘ulotda qiyin o‘yin bo‘lishini ta’kidlagandik. Ammo hech qaysi futbolchimizning o‘yini chiqmadi. Aytishadiku, jamoa g‘alaba qozonsa hamma yutadi, mag‘lubiyatga uchrasa murabbiy yutqazadi. Lekin bugun butun jamoa yutqazdi. “Olimpik”ni haqqoniy g‘alaba bilan tabriklayman!" - dedi Maqsudov.

Kiritildi: 00:01, 01.05.2022.
O'qildi: 1275 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик