UEFA prezidenti Aleksander Cheferin futboldagi irqchilik haqida gapirdi.
“Irqchilik futbolda ham, jamiyatda ham mavjud va bu bizning muammomiz. Biz sportimizni buzayotgan bir guruh ahmoqlarni jazolashdan qo‘rqmasligimiz kerak", - deya Cheferin so‘zlarini keltiradi Marca.
Cheferin nutqi oldidan FIFA prezidenti Janni Infantino shunday dedi: "UEFA birdamlikni namoyish etdi va bu eng yaxshi yo‘l".
Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionati - 2020 finali vaqtida ingliz muxlislari irqchi haqoratli so‘zlarni aytishgan, bundan tashqari, polisiya bilan ko‘plab to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan.