Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Vulverhempton - Liverpul
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Anchelottining final uchun rejasi tayyor

Anchelottining final uchun rejasi tayyor

Baho:
+ | -

 

Karlo Anchelotti jamoani Chempionlar ligasi finaliga mukammal shaklda olib chiqish rejasini tuzdi. La Ligadagi erta chempionlik italiyalik murabbiyga o‘z jamoasi formasini yaxshilab olishiga imkon beradi: o‘yin vaqtini barcha o‘yinchilar o‘rtasida taqsimlash, uning asosiy o‘yinchilari Parijdagi maydonga tayyorlash uchun ham. Anchelotti La Liganing "Espanyol" va "Atletiko Madrid"ga qarshi so‘nggi ikki o‘yinida shu rejaga amal qilgan va o‘yindan keyin "Vanda Metropolitano"dagi niyati haqida gapirgan.

Keyiingi turda ham bu mavsum kam o‘ynaganlar asosiy tarkibda boshlaydi, xuddi “Kadis”ga qarshi bo‘lgani singari. “Betis”ga qarshi o‘yinda men Chempionlar ligasi finalida bo‘ladigan tarkibni maydonga tushiraman”, - dedi italiyalik mutaxassis.

Karlo Anchelotti bu rejani “Espanyol”ga qarshi o‘yin oldidan qo‘llay boshlagan: La Ligadagi g‘alabaga bir ochko qolganida, “Siti”ga qarshi o‘yinga esa 4 kun qolganida. Murabbiy tarkibiga faqat uchta "asosiy" o‘yinchi kirdi: Kurtua, Kazemiro va Modrich. Braziliyalik futbolchi himoya markazida o‘ynashga majbur bo‘ldi, chunki Alaba jarohat olgan, Militao va Nacho esa diskvalifikasiya qilingan. Bernabeudagi g‘alabali o‘yinda boshlang‘ich tarkib quyidagicha bo‘lgan edi: Kurtua, Lukas Vaskes, Kazemiro, Valexo, Marselo, Modrich, Kamavinga, Sebalyos, Asensio, Mariano va Rodrigo.

"Asosiy" jamoa "Siti"ga qarshi o‘ynadi, yagona o‘zgartirilish Alabani majburiy ravishda Nachoga almashtirish bo‘ldi. Dastlabki tarkib esa: Kurtua, Karvaxal, Militao, Nacho, Mendi, Valverde, Modrich, Kazemiro, Kroos, Benzema va Vinisius edi.

Madrid klubi La Ligada mavsum yakunlanishiga 3 ta o‘yini bor. Shu payshanba kuni "qaymoqranglilar" Bernabeuda "Levante"ni qabul qiladi. Bu o‘yinda Anchelotti o‘z g‘oyasiga sodiq qolishda davom etsa, maydonga Lunin, Karvaxal, Militao, Nacho yoki Valexo, Mendi, Valverde, Kazemiro yoki Kamavinga, Modrich, Asensio yoki Rodrigo, Benzema va Vinisiuslar tushishi mumkin.

"Levante" bilan uchrashuvdan so‘ng, yakshanba kuni “Real Madrid” "Kadis"ga tashrif buyuradi va Bernabeuda La Ligadagi mavsumni "Betis"ga qarshi o‘yin bilan yakunlaydi, bu esa "Liverpul"ga qarshi final oldidan chigal yozdi mashqlari bo‘ladi. Ushbu o‘yin 22 may kuni bo‘lib o‘tadi, "Betis" Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmayapti, chunki Pellegrini shogirdlari uchun turnirga chiptasi Qirol kubogida g‘alaba qozonganidayoq kafolatlangan edi.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 22:48, 11.05.2022.
O'qildi: 7228 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.