Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Anxel Lopes: "Men o‘z yigitlarimdan faxrlanaman. Biz g‘alabaga loyiq edik"

Anxel Lopes: "Men o‘z yigitlarimdan faxrlanaman. Biz g‘alabaga loyiq edik"

Baho:
+ | -

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Surxon" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes Peres o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Men o‘z yigitlarimdan faxrlanaman. Ammo hisob meni qoniqtirgani yo‘q. Sababi, biz "Paxtakor"dan ko‘ra yaxshiroq o‘ynadik. Ayniqsa birinchi bo‘limda biz juda yaxshi harakat qildik, ko‘proq vaziyatlar yaratdik. Shunday bo‘lsa ham kurashishda davom etdik va "Paxtakor"ga qarshi durang qayd eta oldik. Ammo men natijadan xursand emasman. Sababi, biz g‘alabaga loyiq edik

Ikkinchi bo‘limni "Surxon" futbolchilari biroz xotirjam boshlashdi va passiv o‘yin ko‘rsatishdi. Bunga sabab nima?

Albatta, "Paxtakor" o‘yinchilarining saviyasi juda yuqori. Biz o‘yindan avval "Paxtakor"ning o‘yin uslubini juda sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqan edik. Ikkinchi bo‘lim boshida ular haqiqatdan ham juda kuchli bosim uyushtirishdi. Ammo biz keyinchalik o‘yindagi ustunlikni tenglashtirib, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishni boshladik

"Surxon"ning bugungi o‘yiniga o‘n ballik shkalada necha baho qo‘ygan bo‘lardingiz?

10 baho qo‘ygan bo‘lardim

Kezadani birinchi bo‘limda maydonga tushirmadingiz. Bu birinchi bo‘limda hisobni saqlab, ikkinchi bo‘limda g‘alaba qozonishni o‘ylab qilingan harakatmidi?

Kezada to‘liq tiklanishga ulgurmagandi. "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinda u zarba qabul qilib olgandi. Shu sababli, u biz bilan har kuni mashq qila olmayotgandi. Ammo biz futbolchilarni legioner yoki mahalliy deb ajratmaymiz. Ularning barchasi "Surxon" o‘yinchilari. "Surxon" - bir butun oila", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Manba: "Сурхон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 09:21, 13.05.2022.
O'qildi: 1592 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.