Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay - Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

La Liga moliyaviy hisobot berdi. "Barselona" ularni orqaga tortmoqda

La Liga moliyaviy hisobot berdi. "Barselona" ularni orqaga tortmoqda

Baho:
+1 | -

 

Ispaniya La Ligasi 2020/2021 yilgi mavsum uchun byudjetning daromad va xarajatlar ko‘rsatkichlari haqida hisobot berdi. Vaziyatni yaxshi deb aytib bo‘lmaydi. Liga 892 million yevro zarar ko‘rdi, uning yarmidan ko‘pi “Barselona” tufayli qoplanishi kerak edi.

Ispaniya klublarining umumiy daromadi 3,818 milliard yevroni tashkil etadi, bu 2019/2020-yilgi mavsumdagidan qariyb 25 foizga kam. O‘yinlar va o‘yinchilarning transferidan tushgan daromad 53% va 52% ga kamaydi. Bu La Liganing so‘nggi 10 yildagi ilk yomon natijasi bo‘ldi. Buning asosiy sababi “Barselona” bilan bog‘liq.

Albatta, vaziyatni hisobga olish kerak. 2020/2021 yilgi mavsum koronavirus pandemiyasi soyasida qoldi. Muxlislar stadionlarga borishmadi va klublarga odatdagi daromad keltirmadi. Transfer faolligi pasaydi, teleko‘rsatuvlardan olinadigan foyda kamaydi. Shunga qaramay, agar "Barselona"ning minusi barbir sezilarli bo‘ldi. "Blaugranas" Ispaniya chempionatidagi sof yo‘qotishlarning 56 foiziga "javobgar".

La Liga keyingi ikki mavsumda pandemiya sabab bo‘lgan inqirozdan to‘liq qutulishni kutmoqda. “Ko‘pchilik klublarning yuqori moliyaviy barqarorligi va mas’uliyati Ispaniya professional futboliga inqirozni yengib o‘tishga yordam berdi”, — deyiladi liga bayonotida.

Deyarli yakunlangan 2021/2022 yilgi mavsumda yo‘qolgan pozisiyalarning sezilarli tiklanishi kutilmoqda, garchi hozircha aniq raqamlar yo‘q. 2023/2024 yilgi mavsumda ispaniyalik funsionerlar moliyaviy jihatdan “butunlay normal holat”ga erishishni kutishmoqda.

Ammo keling, so‘nggi paytlarda faqat La Liga uchun muammo tug‘dirayotgan "Barselona"ga qaytaylik. Klubning katta nomi va tarixiga qaramay, bu achinarli fakt. Ispaniya chempionatining moliyaviy yo‘qotishlari 2020 yil oktyabr oyida prezident Xosep Mariya Bartomeuning shov-shuvli iste’fosi bilan cho‘qqisiga chiqqan "Barselona"dagi inqiroz va dahshatli boshqaruv tizimi tufayli ortib bordi. O‘tgan yilning avgust oyida Lionel Messining "PSJ"ga ketgani ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Bartomeuning o‘rnini egallagan Joan Laporta joriy mavsum boshida klubning qarzi 1,35 milliard yevroni tashkil etgani va tashkilot umumiy daromadining 103 foizi xodimlar maoshiga sarflanganini aytdi. Bunday loyihani saqlab qolish shubhali ko‘rinadi.

"Barselona" shu paytgacha La Liga tomonidan SVSinvestisiya fondi bilan kelishilgan shartnomani imzolashdan bosh tortdi, u keyingi 50 yil davomida turnirning translyasiya huquqini boshqaradigan kompaniyaning 8,2% ulushi evaziga ispan futboliga 2 milliard yevroga yaqin sarmoya kiritmoqda.

"Real" ham kelishuvdan bosh tortdi, ammo Madridda boshqaruv unchalik yomon emas. Klub katta hajmda oylik to‘lamaydi, lekin mavjud resurslarni samarali boshqaradi. "Real Madrid" va "Barselona" Yevropa Superligasi g‘oyasiga sodiq qolishadi, chunki loyiha amalga oshsa, moliyaviy daromad olish mumkin. Ammo murosasiz raqiblarning ahvoli boshqacha. "Barselona" ulkan inqiroz botqog‘idan chiqishi kerak.

Yaqinda "Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman klub DNKsini yo‘qotgani, dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari bilan shartnoma imzolay olmagani va "Liverpul" hamda "Manchester Siti"dan ancha ortda qolayotganini aytdi. Ko‘p jihatdan, moliyaviy muammolar bilan qoplangan adolatli bayonot. Eng yaxshi o‘yinchilarni sotib olish huquqiga ega emasligini "Blaugranas"ning hozirgi murabbiyi Xavi yaqinda Erling Xolandning "Siti"ga o‘tganidan keyin tan oldi.

“Boshqa loyihalarga hurmatsizlik qilmaslik uchun bu haqda ko‘p gapirmayman. Nafaqat bizning loyihamiz yaxshi. "Siti" sovrinlarni oladi, ular uchun kurashadi. Agar Xoland haqiqatan ham «Siti»ga o‘tsa, bu «Barselona»ning moliyaviy qiyinchiliklari tufayli, bunga shubham yo‘q. Yolg‘on gapirmayman, bu transfer moliyaviy sabablarga ko‘ra amalga oshmadi», - dedi Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi.

Messining yo‘qotilishini qisman bo‘lsa ham to‘ldirish uchun "Barselona"ga haqiqatan ham katta nom kerak. Robert Levandovski va Sadio Mane "blaugranas"ning manfaati doirasida, ammo ularni qo‘lga kiritish ehtimolini yuqori deb atash qiyin. “Barselona” sotib oluvchi jamoadan ko‘ra sotuvchi jamoa bo‘lishni afzal ko‘radi. Masalan, u Frenki de Yongni «Manchester Yunayted»ga 75+ million yevro evaziga sotar emish, bu haqda uzoq vaqtdan beri va doimiy ravishda mish-mishlar yuribdi. Bu hech bo‘lmaganda moliya bilan bog‘liq muammolarni biroz yaxshilaydi, ammo pul bilan muammoni to‘liq hal qilmaydi. "Barselona" albatta zarar ko‘radigan loyiha bo‘lib qoladi va butun Ispaniya chempionatining moliyaviy ko‘rsatkichlarini sekinlashtiradi.

La Liga 2020/2021 yilgi mavsumdagi yo‘qotishlar "umuman Yevropa professional futboli boshidan kechirganidan ko‘ra nisbiy jihatdan engilroq pasayish" ekanligini aytdi. Ispaniyadagi falokat haqida gapirishning hojati yo‘q, lekin mahalliy futbolda bitta asosiy muammoli jihat bor. Afsuski, bu afsonaviy "Barselona" o‘zining yaqin tarixidagi eng yoqimsiz davrni boshidan kechirmoqda.

 M.Pardaboyev tarjimasi. 

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 19:04, 17.05.2022.
O'qildi: 5570 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.