O‘zPFL rasmiy telegram-kanali Superliga joriy mavsumiga oid qiziqarli faktlar taqdim etishda davom etmoqda.
Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”) joriy mavsum o‘zi amalga oshirgan ikkala penaltini ham golga aylantira olmadi:
— “Olimpik”ga qarshi 16-daqiqada;
— “Paxtakor”ga qarshi 2-daqiqada.
“Paxtakor”ning Superligadagi g‘alabasiz seriyasi 4 o‘yinga yetdi.
“Qo‘qon-1912” so‘nggi ikki bahsda 90+ daqiqalarda kiritilgan gol evaziga ochko olmoqda.
“So‘g‘diyona” so‘nggi bor raqib darvozasiga 4 ta golni 373 kun oldin kiritgan (11-may 2021-yil “Andijon”ga qarshi) edi.