Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Skudetto uchun jiddiy kurash, Yevropa musobaqalari yo‘llanmasi va elitada qolish uchun qizg‘in jang yoxud A seriyaning asosiy intrigalari

Skudetto uchun jiddiy kurash, Yevropa musobaqalari yo‘llanmasi va elitada qolish uchun qizg‘in jang yoxud A seriyaning asosiy intrigalari

Baho:
+ | -

Yaqin kunlarda Italiya chempionatida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Shu sabab, bugun bizturnir jadvaliga va A Seriyaning asosiy intrigalariga to‘xtalib o‘tishga qaror qildik.

Italiya chempionatining so‘nggi turidagi intrigalar haqida gapirishdan oldin reglament haqida ham biroz ma’lumot berib o‘tishni lozim topdik. Agar A seriyada ochkolar teng bo‘lsa, birinchi mezon o‘zaro uchrashuvlar (ochkolar, to‘plar farqi), keyin - umumiy to‘plar farqi va kiritilgan gollarning umumiy soniga qaraladi. Endi mavzuga batafsil to‘xtalsak.

Chempionlik kurashi

"Sassuolo" - "Milan"

"Inter" - "Sampdoriya"

“Milan” so‘nggi 11 yil ichida ilk bor Italiya chempioni bo‘lishi mumkin. Skudettoni qo‘lga kiritish uchun Stefano Pioli jamoasi so‘nggi turda “Sassuolo”ga yutqazmasligining o‘zi kifoya. Gap shundaki, ochkolari teng bo‘lgan taqdirda “Milan” turnir jadvalidagi asosiy raqibi “Inter”dan yaxshiroq natija qayd etgan (ikki o‘yinda “Milan” 4 ochko qo‘lga kiritgan – 1 g‘alaba, 1 durang).

Uchinchi o‘rin “Napoli”ga, to‘rtinchi o‘rin “Yuventus”ga kafolatlangan. Ya’ni Chempionlar ligasining guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladigan jamoalarnomi allaqachon ma’lum bo‘lgan.

YEvropa musobaqalari uchun yo‘llanma

"Torino" - "Roma"

"Fiorentina" - "Yuventus"

“Atalanta”– “Empoli”

Keling, Yevropa Ligasi va Konferensiyalar ligasi yo‘llanmalari uchun kurashga e’tibor qaratamiz. "Lasio" yashil qit’aning klublar o‘rtasidagi ikkinchi o‘rinda turadigan musobaqa Yevropa Ligasida Italiya sharafini himoya qiladi. "Burgutlar" keyingi turda qanday natija qayd etsa ham,oltinchi o‘rindan pastga tushib ketmaydi. A Seriyaning beshinchi va oltinchi o‘rinni egallagan jamoalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yevropa Ligasi guruh bosqichiga yo‘l olishadi.

“Roma”, “Fiorentina” va “Atalanta” klublari Yevropa ligasining ikkinchi yo‘llanmasi va Konferensiyalar ligasining bitta yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Qayd etib joizki, agar “Roma” so‘nggi tur natijalariga ko‘ra sakkizinchi o‘ringa tushib ketsa va Joze Mourinyo jamoasi kelasi haftada Konferensiyalar ligasi finalida g‘alaba qozonsa, Yevropa ligasiga yo‘llanma olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Umuman olganda, "Roma", "Fiorentina" va "Atalanta" o‘rtasidagi kurashda vaziyat oddiy. Ammo ochkolar teng bo‘lib qolsa,holat biroz chigallashadi. Hozir esa aynan o‘sha holatning to‘rt xil ko‘rinishini ko‘rib chiqamiz:

  1. Agar "Fiorentina" va "Atalanta" bir xil ochko to‘plasa, “binafsharanglilar” yuqoriroq o‘rinni egallaydi (ikki o‘yin ham “Fiorentina” foydasiga hal bo‘lgan).
  2. Agar "Roma" va "Fiorentina" bir xil ochko to‘plasa, u holda rimliklar yuqori pog‘onani egallaydi (o‘zaro o‘yinlarda tenglik, ammo to‘plar nisbati “Roma”da yaxshiroq).
  3. Agar "Roma" va "Atalanta" bir xil ochko to‘plashsa, u holda rimliklar oldinda bo‘ladi (o‘zaro o‘yinlarning ikkisida ham “Roma” g‘alaba qozongan).
  4. Agar "Roma", "Fiorentina" va "Atalanta" 60 ochko to‘plagan bo‘lsa, ular shu tartibda musobqani yakunlanadi. Sababi har uchala jamoaning o‘zaro o‘yinlarda qo‘lga kiritgan ochkolar soniga qarasak, rimliklarda yaxshiroq ko‘rsatkich – 9. "Binafsharanglar" ham “bo‘rilar” kabi 9 ochkoni o‘ziniki qilgan, biroq to‘plar farqi Florensiya klubida yomonroq – 6:4. Bergamoliklar esa “Roma” va “Fiorentina”ga qarshi o‘yinlarda faqat mag‘lubiyatga uchragan – 0 ochko.

Yana shuni qo‘shimcha qilish kerakki, "Atalanta"ning yevrokuboklar zonasiga kirish imkoniyati ancha yuqori, chunki "Fiorentina" so‘nggi turda "Yuventus" bilan kuch sinashadi.

Elitada qolish uchun kurash

“Venesiya”– “Kalyari”

“Jenoa” va “Venesiya”da A seriyada qolish uchun imkoniyati qolmadi. Agar “Jenoa” ochkolar bo‘yicha “Salernitana”ga yetib olsa ham, genuyaliklar o‘zaro o‘yinlarda yomon natija qayd etgan(ikki o‘yinda 1 ochko). “Salernitana” va “Qizil ko‘klar” oxirgi turda elitada jon saqlab qolishuchun kurash olib boradi. Jamoalar o‘zaro o‘yinlarda tenglik qayd etgan, ammo “Kalyari”da to‘plar farqi raqibiga qaraganda yaxshi. Shuningdek, ular A seriyada qolishi uchun “Venesiya”ni mag‘lubiyatga uchratishining o‘zi kifoya qiladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:08, 19.05.2022.
O'qildi: 3510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.