Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Mixael Ballak: «Afsuslanadiganlar toifasidan emasman»

Mixael Ballak: «Afsuslanadiganlar toifasidan emasman»

Baho:
+ | -

Germaniya futbolida katta iz qoldirgan sobiq yarim himoya­chi Mixael Ballak yaqin o‘tmishda bir mavsumning o‘zida 4ta finalda omadsizlikka uchragan.

Deylik, u JCH finali oldidan diskvalifikasiyaga mubtalo bo‘lgan va CHL-ning eng bahsli kechalaridan bi-ri markazida qolgandi. Lekin Mixael FourFourTwo nashriga bergan intervyusida faoliyatidan aslo o‘ksinmasligini ta’kidladi. Binobarin, «Bayer», «Bavariya», «Kayzerslautern» va «Chelsi» klublarida to‘p surgan Ballak katta muvaffaqiyatlarga ham erishgan, albatta...

- 1998 yili kamtarin «Kayzerslautern» bilan chempionlikni nishonlagansiz. Bu Bundesliga tarixidagi eng katta shov-shuvmi?

- Ha, aqlga sig‘mas ko‘tarilish. Har holda, Bundesligaga chiqqani bilan ilk mavsumdayoq chempion bo‘lgan boshqa klubni bilmayman. Shubhasiz, bu rekord uzoq vaqt saqlanib qoladi. Esimda, o‘sha mavsumning birinchi o‘yinida «Bavariya»ni yengganimizdan keyin barchamizda ishonch hissi oshgandi: «Bu yerda nimadir qila olamiz». Murabbiy Otto Rexagel butun shaharni klub ajoyib ishga qodir ekanligiga ishontirdi, futbolchilarni ham. Aytgancha, Yurgen Klopp «Liverpul»da aynan shu ishni takrorladi. Otto bir so‘zni tez-tez aytardi: «Uyga bor, telematnni yoq, turnir jadvaliga qara, keyin miriqib uxla». Shu arzimas so‘zlari bizga mislsiz ishonch bag‘ishlardi.

- Mavsum-2001/2002da «Bayer» bilan «trebl» qayd etishga juda yaqin kelgan, ammo yakunda hech vaqosiz qolgandinglar. Zidanning o‘sha mashhur zarbasi sizga hozir ham tinchlik bermasa kerak...

-Yo‘q, endi o‘sha zarbani tushda ko‘rmayapman. Karantin payti televizorda klassik o‘yinlarni qo‘yishdi, ularni tomosha qildim. Muhimi, bu yoqimli xotiralarni qaytardi. O‘shanda ajoyib jamoa shakllangandi, ha, chempionlik nasib etmadi, vaholanki, «Bayer» yetarli darajada kuchli edi. Nima derdim, futbolda ba’zan shunday bo‘ladi. Yana bir tomoni, 3 yillik «iztirob»dan keyin Leverkuzendan ketgandim, boshqa chora qolmagandi.

- 2001 yil. Bundestim Ang­liya termasiga 1:5 hisobida yutqazgan, keyin JCH-2002 final bosqichiga chiqqandi, baribir... Qanaqasiga?

- Chindan ham, saralashda o‘zimizga o‘xshamagandik - 1:5dan tashqari, oxirgi o‘yinda, boz ustiga, o‘z uyimizda Finlyandiya termasini yengolmaganmiz. Vaholanki, JCHga borish uchun g‘alaba qozonishimiz talab etilardi, biroq 0:0... Qolaversa, Angliya termasining greklar bilan o‘yin­ning so‘nggi soniyalarida gol urgani ham pand bergandi. Muhimi, «pley-off»da maqsadga erishdik. O‘shanda katta bosim borligiga qaramay, Ukraina termasiga qarshi ikki o‘yinda ham gol urgandim.

- Agar diskvalifikasiyaga uchramaganingizda, Germaniya termasi JCH-2002  finalida g‘alaba qozonarmidi?

- Mundialda ham gol urishda davom etdim. Xususan, chorak va yarim final o‘yinlarida g‘alaba gollariga mualliflik qildim. Bunday tezlik olgan payt hal qiluvchi o‘yinni o‘tkazib yuborish alamli edi. Lekin «Maydonga tushganimda, g‘alaba qozonardik», deyishimdan ma’no yo‘q. Zero, finalgacha sifatli ishladik va ehtimolki, eng yaxshi o‘yinimiz aynan hal qiluvchi bahs­ga to‘g‘ri kelgandir. Qolaversa, Germaniya standartlari bo‘yicha o‘sha yilgi Bundestim eng yaxshisi emasdi, shuning uchunmi, bizdan hech kim finalga chiqishni kutmagan.

- «Bavariya»dagi 4 mavsumdan keyin, 2006 yili «MYU» emas, «Chelsi»ni tanladingiz. Bunda Joze Mourinyo rol o‘ynaganmidi?

- Mourinyoni ta’riflashim shart emas. Chindan ham, agar o‘zi xohlasa, har qanday futbolchiga ta’sir ko‘rsata olardi. Qisqasi, o‘sha payt chorlovidan bosh tortish oson emasdi. Yana bir tomoni, «Chelsi» endigina ikkinchi chempionlikni nishonlagan, tarkibida 6-7ta terma jamoa sardorlari yig‘ilishgandi. Shuningdek, 29 yoshda oilam bilan Londonga ko‘chib o‘tish jozibali ko‘ringandi. To‘g‘ri, «Chelsi»ga CHLda g‘alaba qozonish ilinjida borganman. Chunki u o‘sha vaqt  Angliyaning eng kuchli klubidek tuyulgandi.

- Sizni «Barselona» va «Real»ga ham «bog‘lashgan». Ispaniyada o‘ynab ko‘rmaganingizdan afsuslanmaysizmi?

- Yo‘q, nadomat chekadiganlar toifasidan emasman. Muayyan qarorga keldimmi, tamom, uning to‘g‘riligiga 100 foiz ishonaman. Hattoki, boshqalari ming chandon yaxshiroq bo‘lsa ham. Kim bilsin, «Barselona» yoki «Real»da ishlarim yanada yurisharmidi...? Ammo APLda o‘ynash imkoniyatini qo‘ldan chiqarishni istamadim. Agar vaqt orqaga qaytarilsa ham, yana shu yo‘ldan borardim. Qisqasi, ishonch bilan aytaman - o‘shanda tanlovdan adashmaganman.

- Mourinyo bilan munosabatingiz qanday edi? Germaniyada jarrohlik amaliyo­tini o‘taganingizdan so‘ng uning klub rahbariyati oldiga shartnomangizni bekor qilish talabini qo‘ygani rostmi?

- Futbolda murabbiy bilan munosabat juda muhim, albatta. Mourinyo bilan birinchi uchrashuvdan keyin uyga qaytgach, uning uchun o‘ynashni xohlayotganimni tushundim. Ha, Joze ba’zida o‘z qarorlari bilan hammani aqldan ozdirardi, lekin qobiliyatimga hamisha munosib baho bergan. Deylik, hech qachon o‘rtamizda uzoq muddatli muammo yuzaga kelmagan, chunki bir-birimizga ishonardik.

- To‘yingizda qo‘shiq kuylagan Elton Jon sizni «Uotford»ga olib o‘tishga uringan ekan...

- To‘y marosimiga kelgani va qo‘shiq aytgani rost. Eltonning katta muxlis ekanligini bilardim va taklifimga osongina rozi bo‘ldi. Lekin «Uotford» haqida gap ham ochilmagan, chunki u «Chelsi»ni qanchalik sevishimdan xabardor edi.

- 2010 yili «Chelsi»dan ketdingiz. Ixtiyor o‘zingizda bo‘lganida, uzoqroq muddat qolishni xohlarmidingiz?

- 4 yillik shartnoma yakunida 33 yoshda edim. Klubning faxriy futbolchi bilan 1 yildan kattaroq muddatga shartnoma tuzmaslik qarorini to‘g‘ri tushundim. Aksincha, bundan xursand bo‘ldim ham. Chunki Leverkuzenga qaytish imkoniyati tug‘ilgandi. Ha, o‘tmishga nazar tashlasak, «Chelsi»dan ketishim xato bo‘ldi. Lekin 1 yildan keyin nimalar ro‘y berishini hech qachon bilolmaysan. Qolaversa, «Chelsi»dagi oxirgi mavsum yakunida jarohatlandim. Ehtimol, klub shuning ta’siri va oldingi jarohatlarimni hisobga olib, meni yana 1 yil olib qolish masalasida ikkilangandir…

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:00, 30.05.2022.
O'qildi: 1765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.