"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele kelajagi borasidagi qarorni "Chelsi"ni sotish tugaguniga qadar qoldirdi, deya xabar beradi Purewal. 25 yoshli fransiyalik futbolchi faoliyatini davom ettirish variantlaridan biri sifatida London klubini ko‘rmoqda.
Shartnomasi tugaydigan futbolchiga "PSJ" va "Bavariya" ham qiziqmoqda.
2021/22 yilgi mavsumda Dembele kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.