Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Neymar Braziliya terma jamoasi mashg‘ulotini muddatdan oldin tark etdi

Neymar Braziliya terma jamoasi mashg‘ulotini muddatdan oldin tark etdi

Baho:
+ | -

"PSJ" hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasining bugun bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotini muddatidan avval tark etdi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Braziliya terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Ochiq mashg‘ulot vaqtida 30 yoshli Neymar o‘ng oyog‘ida og‘riq sezdi va jamoa mashg‘ulotlarini davom ettira olmadi.

Ertaga, 2 iyun kuni Seuldagi "Jahon kubogi" stadionida Janubiy Koreya va Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2010 yildan beri Braziliya terma jamoasiga chaqirilib keladi. Terma jamoa tarkibida hujumchi Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlarining futbol turniri g‘olibi (2016) va Konfederasiyalar kubogi (2013) g‘olibi hisoblanadi.

Kiritildi: 16:59, 01.06.2022.
O'qildi: 2531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик