Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

“Olimpik” effekti. Niyatimiz Olimpiada va Jahon chempionati

“Olimpik” effekti. Niyatimiz Olimpiada va Jahon chempionati

Baho:
+ | -

 

Yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi U23 ko‘plab futbol ishqibozlarida qiziqish uyg‘otayotgani bor gap. Termamiz o‘yinida bo‘layotgan muxlislik albatta boshqa mavzu. Lekin yoshlarimizning 2-turda ko‘rsatgan o‘yini tahsinga sazavor. Aslida ochilish o‘yinida ham biznikilar yomon taasurot qoldirmadi. Faqatgina vaziyatlardan foydalana olmaganligi ishqibozlar uchun biroz yoqimsiz holat bo‘ldi. Umuman olganda Timur Kapadze musobaqag‘a jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilganda ba’zi muxlislarning hafsalasi pir bo‘ldi. Ular sharhlarda shunday deyishdi: “nega faqat “Olimpik” boshqa jamoa yo‘qmi?”. Bu fikrlar esa juda o‘rinsiz va bahslashish uchun arzigulik emas!

“Olimpik” o‘zi nima uchun tashkil qilingan?

Yuqorida aytganimdek, bu shunchaki oddiy va aqlli g‘oya. Mana necha yildirki olimpiyada futbolchilarimiz uchun faqatgina orzu bo‘lib qolmoqda. Hozirgi holatimizda har qachongidan ham vaziyatimiz yaxshiroq “Olimpik” sababli. Jamoaning superligada g‘alaba qozonish yoki chempion bo‘lish maqsadi ikkinchi masala. Asosiy maqsad kuchli jamoa tashkil etish va eng nufuzli sport musobaqasida ishtirok etish. Jamoa yurtimizdagi ma’lum yosh toifasidan tuzilgan bo‘lib, tarkibda birorta ligeoner va yoshi katta futbolchi uchramaydi. Sabab oddiy yoshlar termamizni shakllantirish! Shu sabab murabbiy jalb qilgan futbolchilar bu tanish-bilishchilik degan fikrni muxlislar ilgari surishi mutlaqo noto‘g‘ri. Chunki “Olimpik” aynan mana shunga o‘xshash musobaqalarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilish uchun tashkil qilingan. Umuman olganda bu g‘oyaning kelajagi ham bo‘lishi kerak. Jamoa faqatgina mana shu yoshlarni yetishtirib berish bilan kifoyalanmaydi deb umid qilamiz. Ya’ni bu g‘oya va jamoa deyarli har bir yoshni qamrab olishi zarur.

G‘oyaning berayotgan “meva”lari

Kirish qismida birinchi tur yurtimiz futbol ishqibozlari uchun istaganidek bo‘lmadi dedim. Aslida raqibga ham to‘g‘ri baho berish kerak. Turkmaniston futboli so‘ngi yillarda yaxshigina o‘sdi. Yorqin misol so‘ngi qit’a chempionati va barcha yosh toifasida favoritlar qatorida turadigan Eron ustidan “Bunyodkor” ustidan qozonilgan g‘alaba. Futboli rivoj topayotgan davlat ustidan har qanday hisobdagi g‘alaba osonlikcha qo‘lga kiritilmaydi. Ikinchi tur esa umuman boshqa darajadagi Qatar bilan bo‘lgan o‘yin edi. Qatar kuchli jamoa. Ular ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alaba quvonarli, albatta. “Olimpik” asosida qurilgan o‘yinning o‘rni beqiyos bu joyda. Asosiy ijrochilar boshqa klub vakillari ekanligi to‘g‘ri. Lekin ular ham hozir Kapadze boshqarayotgan klub futbolchilari  bilan bir yig‘inda “katta” bo‘lishgan. Umuman olganda ular uchun bu uslub begona emas. “Olimpik” Superligamizda tajribali futbolchilar bilan futbol o‘ynab o‘sib bormoqda. Oldindagi musobaqalarda bu faktor katta rol o‘ynashi aniq. Klub tarkibida “porlab” borayotgan yulduzlar ham bor. Ammo termamizning asosiy quvontirayotgan jihati jamoaviy o‘yindagi ustunligidir.

Poydevorli kelajak

Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasining darajasi hammaga ma’lum. Ularda yaxshi jamoa shakllandi. Ammo buning uchun mutasaddilar yaxshigina sabr va mehnat qilishdi. Ular 1990-1991 yilda tug‘ilgan futbolchilarni 15 yoshidan Mahdi Aliga topshirishdi. To‘g‘ri o‘sha paytda mutaxassis yerdamchi murabbiy sifatda ish olib borgan. Ammo yigitlar 17 yoshida to‘liq Alining qo‘li ostida bo‘ldi. 19ga to‘lganida o‘sha yoshdagilar uchun ham Mahdini murabbiy qilib berdi. Shu tariqa ular 22 yoshga kirganida London-2012 olimpiya o‘yinlariga chiqishdi. Keyin esa termaning asosi o‘sha futbolchilar negizida qurildi va murabbiy yana Mahdi Ali. O‘sha tarkibdagi yorqin yulduzlar: Umar Abdulrahmon, Ali Mabhut, Ahmad Xalil, Abdulaziz Haykal va Majid Xasan. Umuman olganda bu loiha juda ham ajoyib. Ammo ohirigacha yetmadi. 2017 yilga kelib rahbariyat Jahon Chempionatiga yo‘llanma olishi kerak bo‘lgan, ammo eplay olmagan Mahdi Alini iste’foga chiqarishdi. Shundan so‘ng yangi “Qatar”cha g‘oya ustida ishlashdi. Ya’ni chet-ellik futbolchilarni mahalliylashtirish. Buni qarangki Qatarda bu uslub eskirgan va yoshlarga bo‘lgan e’tibor kuchaytirilish boshlangan edi. Shunday qilib Ali va Abdulrahmon ertagi tugadi. Balki mutasaddilar biroz shoshmaganida BAA va Abdulrahmon hozir ham Osiyoning eng kuchlilaridan biri bo‘lishi mumkin edi. Bular bir misol, yaxshi tarkibga ega terma jamoani yig‘ishning bir usuli haqidagi misol. Endi o‘zimiznikilarga qaytsak, hozirgi 20-21 yoshli futbolchilardan iborat olimpiya termamiz oldiga “5 halqa” o‘yiniga yo‘llanma uchun kurashayotgan bo‘lsa, ularda imkon bor. To‘g‘ri hozirda yurtimizda o‘tayotgan turnir Olimpiadaga chipta bermasa-da, kerakli tajriba va raqiblarni o‘rganishimizga imkon beradi. Chunki o‘sha 4 yillik musobaqa saralashida ham tarkibimiz asosi hozirgidek bo‘lishi katta ehtimol. Olimpiada futbolchilarimizga katta klublar uchun eshik ochadi. Bu esa asosiy termamiz uchun faqat va faqat foyda degani.  Balki kelajakda Kapadze va uning yigitlari Olimpiadada ishtirok etar. Termamizning asosini ular tashkil qilar. Nima bo‘lganda ham yurtimiz ishqibozlari futbolchilarimizni mundialda ko‘rishni juda-juda istashadi. Umid qilamizki oz qoldi. Bizning madhiyamiz ham Jahon chempionatida yangrashiga oz qoldi.  

Mirjalol Pardaboyev maqolasi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:13, 05.06.2022.
O'qildi: 3512 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.