Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

«Manchester Siti»: 12 yillik harakat samarasi

«Manchester Siti»: 12 yillik harakat samarasi

Baho:
+ | -

Badavlat shayxlar ajratgan yirik sarmoya ko‘magida qaddini rostlab olgan «Manchester Siti» mavsum-2020/2021dagi muvaffaqiyatlari hisobiga nihoyat, daromad bobida ham «MYU»dan o‘zib ketdi.

To‘g‘ri, «shaharliklar»ning bu yo‘lda uzoq yil izlanishlari va tinimsiz ishlashlari talab etildi. Chunonchi, futbol biznes maqomini olganidan buyon «MYU» pul topish borasida nafaqat Angliya, balki butun dunyoda yetakchilikni qo‘ldan bermayotgandi. Hattoki, «qizil iblislar» va boshqa top-klublar o‘rtasidagi farq abadiydek tuyulgandi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, «MYU» oxirgi 10 yillik (2010-2020)da biznes yo‘nalishida 4,7 mlrd. funt topgan, «Manchester Siti», «Chelsi», «Liverpul» va «Arsenal» kabi klublardan hech biri 4 milliard dovoniga ham yetgan emasdi. 

*** 

Mana, yangi asrning uchinchi 10 yilligiga kelib, «MYU»ning moliyaviy gegemoniyasi nihoyasiga yetgandek. Har holda, «Manchester Siti» 2020G‘2021 yillar mavsumida daromad miqdori bo‘yicha Angliyada eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi - o‘z tarixida ilk marta! Raqamlarda aytsak, «shaharliklar» azaliy raqiblaridan 75 mln. funt («MYU» - 494 mln., «Siti» - 569 mln.) ko‘p topishdi. Vaholanki, «qizillar» 1 yilcha avval ham 31 mln. funtga teng farq bilan oldinda edilar. Xo‘sh, keskin o‘zgarish qanday yuz berdi? Umuman, «Siti» o‘rtadagi katta farq (chamasi 100 mln. funtdan ko‘p)ni nimaning evaziga yo‘qqa chiqardi? Bu Angliya va futbol olami biznesi uchun qanday ahamiyatga ega?

*** 

«Manchester Siti»ga «MYU»dan ko‘proq pul topishda asosan 3ta jihat qo‘l keldi: koronavirus pandemiyasi, yevrokuboklar va moliyaviy yil muddatining surilgani. Birinchidan, «shaharliklar» o‘tgan mavsumni o‘ta muvaffaqiyatli o‘tkazishdi: YECHL finali, APL chempionligi va Liga kubogi. Ayni shu parvoz ta’sirida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tushum hajmi ortdi. Faqat stadionlarga muxlislar tashrifi ortidan yig‘iladigan daromad bundan mustasno. Sababi - barchaga ma’lum cheklovlar. Oddiy ifoda etganda, «Manchester Siti» 2020G‘2021 yillar mavsumida 1 yil avvalgiga nisbatan 92 mln. funt ko‘proq topdi:

APL TV huquqlari: +60 mln. funt

YECHL TV huquqlari: +47 mln. funt

Homiylik shartnomalari: +26 mln. funt

O‘yin kuni tushumi: - 41 mln. funt

Bunday shiddatli o‘sish o‘ta hayratlanarli tuyulsada, sababi oddiy. «Siti»ga YECHLdagi natijalar va turnirlar taqvimiga kiritilgan o‘zgarishlar qo‘l keldi. Gap shundaki, Yevropada klublarning moliyaviy yili 31 iyunda yopiladi, bu pallada milliy chempionatlar va yevrokubok turnirlari nihoyasiga yetgan bo‘ladi. 1 iyulda esa transferlar oynasi ochiladi. Lekin mavsum-2019G‘2020da koronavirus tufayli turnirlarni odatiy muddatda yakunlash iloji topilmadi. Xususan, APL 26 iyul kuni, YECHL esa 23 avgustda yakunlandi. Shuning ortidan Angliya chempionati (26 mln.) hamda YECHL (9 mln.) TV huquqlari to‘lovining ma’lum qismi keyingi moliyaviy yilga ko‘chirildi. Oqibatda 35 mln. funtdan ayrilgan «Siti» mavsum bo‘yicha Angliyaning eng serdaromad klublari reytingida 3-o‘ringa tushib qoldi:

«MYU» - 509 mln. funt

«Liverpul» - 490 mln. funt

«Manchester Siti» - 478 mln. funt

Keyingi mavsum esa o‘sha qolib ketgan 35 «limon» «Siti» hisobiga rasmiylashtirildi. Umuman, agar «shaharliklar» hammasini vaqtida olishganida, o‘sha yiliyoq «MYU»dan o‘zib ketishardi. «Manchester Siti»ning moliyaviy shiddati asosli bo‘lsada, uning munosib raqobat taqdim etganida raqibning koronavirusdan ko‘proq aziyat chekkani ham katta rol o‘ynadi, albatta. Chunonchi, pandemiya tufayli «MYU»ning daromadi 20 foizga pasaydi, «Siti»da esa yo‘qotish hahmi 10 foizni takil etdi. 

*** 

«MYU» 10 yil muqaddam moliyaviy tomondan mutlaq gegemon edi. Deylik, mavsum-2010G‘2011da «Yunayted» 331 mln. funt topgan va bu «Siti» va «Tottenxem» ulushidan 2 baravar, «Liverpul»nikidan 1,8, «Arsenal» va «Chelsi»nikidan 1,5 baravar ko‘p edi. Shundan buyon vaziyat keskin o‘zgardi. Jumladan, 2015G‘2016 va 2016G‘2017 yillar mavsumlari yakunida dunyoning eng badavlat klubi maqomi aynan «MYU»ga nasib etdi. Bunda klubga Adidas bilan tuzilgan 10 yillik shartnoma (umumiy qiymati - 750 mln. funt)ning kuchga kirgani qo‘l keldi. Pandemiya davrida esa umumiy vaziyat yana o‘zgardi. Xususan, 2020 yili ta’qibchi klublar reytingda «MYU»ga ancha yaqinlashib oldi: 

«MYU» - 509 mln. funt

«Liverpul» - 490 mln. funt

«Manchester Siti» - 478 mln. funt

Buning asosiy sababi - o‘yin kuni (matchdey) tushumi deyarli nolga tushgani. Binobarin, klub bu yo‘nalishda har mavsum chamasi 110 mln. funt topardi. Shuningdek, o‘yin saviyasining pasayib ketgani ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. «Qarang, MYU» CHLning oxirgi 7 mavsumida atigi 2 marta guruhdan chiqdi. Bu oraliqda chorak final jamoa uchun eng yaxshi natija bo‘ldi. «Manchester Siti» aksincha, bu davrda 7 marta «pley-off»ga ko‘tarildi, final va yarim final raundlarida qantashdi. Shu tariqa «shaharliklar» va boshqa klublarda «MYU»ga yetib olish imkoniyati tug‘ildi. Chunonchi, ular yevrokubok musobaqalaridan ko‘proq ulush oldilar, muxlislar tashrifiga ham bog‘lanib qolmagandilar. Taqqoslash uchun mavsum-2018G‘2019ning o‘yin kuni tushumi ko‘rsatkichlarini keltiramiz: 

«MYU» - 110 mln. funt

«Arsenal» - 96 mln. funt

«Liverpul» - 83 mln. funt

«Tottenxem» - 81 mln. funt

«Chelsi» - 66 mln. funt

«Manchester Siti» - 55 mln. funt

*** 

«Yunayted» masalasida hammasi tushunarli. Qiziq, «Siti» nimaning evaziga katta pul topyapti? Jamoada hammasi olihimmat homiylar ajratadigan mablag‘ miqdoriga bog‘liq emasmi? Ha va yo‘q. «Siti» va BAA shayxlari munosabati - alohida mavzu. Hozircha raqamlarni keltirish bilan cheklanamiz. «Shaharliklar»ning daromadi azaldan «MYU»niki kabi faqat homiylarga bog‘lanib qolgan emas. «Qizil iblislar» tijorat evaziga pul topish bo‘yincha oxirgi 10 yillik (2011-2021)ning yaqqol yetakchisi edilar. Endi «shaharliklar» oldinda:

«Manchester Siti» - 272 mln. funt 

«MYU» - 232 mln. funt

Vaholanki, o‘tgan yili ham «MYU» ustun edi (279ga 246 «limon»). Shunday bo‘lsada, «MYU»ning holati «Siti»ga nisbatan homiylarga sal ko‘proq bog‘liq: 49ga 49,7 foiz. Bir tomondan, «Siti»ning barcha yirik homiylari BAA bilan bog‘liq emaslar. Lekin boshqa jihatdan qarasak, ma’lumotlarga qaraganda, bir qator hamkorlar klub sohiblari bilan yaqin aloqadalar. Ayni shu jihat anchadan buyon UYEFAga tinchlik bermayapti. 2020 yili homiylik shartnomalari qiymatini sun’iy ravishda oshirgani uchun «Siti»ni yevrokuboklardan chetlatishgan, biroq keyin afsuslanishgandi. Ajabtovur homiylar orasida biror xodimsiz soxta kompaniyalar ham yo‘q emas. Jamoa yiliga Etihad guruhidan 65 mln. funt (45 mln. funt futbolkadagi logotip va 20 mln. stadion nomi huquqi uchun) oladi. Bundan tashqari, Puma 65 mln. va Nexen Tire 10 mln. to‘layli yigiga. Yana «Marafon» (bukmekerlik guruhi) bor. 

*** 

Buyog‘i nima bo‘ladi? «MYU» yana moliyaviy jihatdan gegemonlikka qaytishi mumkinmi? Buning uchun 3ta omil zarur: muxlislarga to‘la tribunalar, CHLda oxirgi bosqichlarga chiqish va homiylik tushumini oshirish. Homiylik daromadi bobida siljish bor - Tezos kompaniyasi mashg‘ulotlar futbolkalaridagi reklama uchun yiliga 20 mln. funt (deylik, «Inter» va «Lion» bosh homiylarinikidan ko‘p) to‘lashga rozi bo‘ldi. Lekin shunda ham «MYU»ning homiylik daromadi «Siti»nikidan kam. «Shaharliklar»dagi iqtisodiy o‘sish jahon futbol biznesiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. 2009 yili shayxlar jamoasi «MYU»dan 3 baravar kam pul topgandi. Mana, 12 yil davomida shu kamomad butunlay yo‘qotildi. «Siti» shu ketishda dunyodagi eng serdaromad klubga aylanishi ham mumkin. U 1 yilcha oldin «Barselona», «Real», «MYU», «Bavariya» va «PSJ» kabi klublardan ortda edi. Endi jamoa «Bavariya», «MYU», Real», «Barselona», «Chelsi» va «Tottenxem»dan oldinda... 

ALOHIDA

«Manchester Siti» hamkorlari

• Etihad Airways (BAA milliy aviakompaniyasi)

• Visit Abu Dhabi (Abu-Dabi madaniyat va turizm departamenti)

• Expo 2020 Dubai (BAAdagi butunjahon ko‘rgazmasi-2020)

• Emirates PalaceAbu Dhabi (BAA mehmonxonasi)

• Masdar (Mubadala Investment Company tashkiloti sho‘’ba korxonasi)

• Healtpoint (Mubadala Investment Company tarkibiga kiruvchi Abu-Dabi shifoxonasi)

• First Abu Dhabi Bank (BAAning yirik banki)

• Etisalat (BAA milliy internet-provayderi, Emirates Telecommunications Corporation savdo belgisi)

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:54, 07.06.2022.
O'qildi: 3362 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.